Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

Majnunning firoq chohida tanur ichidagi otd e k tobi
va hajr bandida tuzoqqa tushgan qushdek iztirobi
va hakim fusunidin jununining tug'yoni
va tabib parhezidin isitmasining g ‘alayoni
va o ‘z zahrkomlig‘ig‘a to'kkan talx-talx sho robasi
va bu sho‘robadin komida achchig'-achchig1 xunobasi
va ko‘ngli o tidin temur bandi suv bo‘lg ‘oni
va suvdek sahro azmi qilib
ashki suyidin vodiylar to‘lg ‘oni.
Muallif uchun sarlavha shunchaki bob nomi yo unda- 
gi asosiy voqealar haqida muxtasar ma’lumot - «anons»
300
www.ziyouz.com kutubxonasi


emas, yo‘q, uning asosiy vazifasi o‘quvchini bobda tas- 
virlanajak voqealar ruhiga olib kirish, bobning mohiyatiga 
yo‘g‘rilgan ohangini his etishiga ko'maklashishdan iborat. 
Ya’ni sarlavha o‘quvchini emotsional jihatdan sozlaydi, 
uning ritmi asosida yuzaga keluvchi ohang esa bobning 
asosiy matni ritmiga hamohang bo‘lgani uchun go‘yo 
0
‘quvchi qalb torlarini sozlashga xizmat qiladi. Tamsil 
qilsak, bu jihati bilan saj’li sarlavha musiqadagi 
prelyudi-
yaga
monand. Opera yoki katta simfoniyaga kirish qismi 
bolmish prelyudiya ham tinglovchini asarni qabul qilish- 
ga emotsional jihatdan tayyorlaydi, uning asosiy motivlari 
haqida ilk tasavvurni hosil qiladi. Agar maqomda 
sarax-
bor
bajaruvchi funksiya ham mohiyatan shunga yaqinligi 
yodga olinsa, mumtoz adabiyotimiz bilan mumtoz musiqa 
san’atining aloqalari nechog'lik mustahkam ekaniga yana 
bir bor amin bolish mumkin. Bu esa mumtoz adabiyot- 
ni, ayniqsa, undagi ritm masalalarini o'rganishda mumtoz 
musiqa xususiyatlarini nazarda tutish zarurligini ko‘rsa- 
tadi. *
Aslida, sajning adabiyotimizdagi benazir namunasi sifa- 
tida eng avval Hazrat Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asa- 
ri ko'rsatilishi kerak edi, biroq nazariy ta’riflarni izohlash 
zarurati bilan ushbu tartibni buzishga to‘g‘ri keldi. Asarni 
mutolaa qilarkan, ulug‘ mutafakkirning qofiyali, fikr oqimi- 
yu mazmun-mohiyatiga muvofiq marom - ritmda bayon 
qilingan teran fikrlari hech bir to'siqsiz o'quvchi shuuriga 
singib, xotirasiga muhrlanib qoladi. Nega shunday? Bu 
savolga javob topmoq uchun, masalan, podshoh va rai- 
yatni boglovchi ko‘zga ko'rinmas rishtalarxususidagi quyi- 
dagi parchani ko‘rib o‘tamiz:
Shohg‘a har kimki mulozim va tobe’ bo‘lg‘ay,
ishi va tavri shoh ishig'a mushobih voqe’ bo'lg'ay.
Agar shohg'a adolat shior,
ulusi shiorida ham adolatdin osor.
301
www.ziyouz.com kutubxonasi


Agar zulmpesha -
elida ham zulmidin andesha.
Agar ul islomoyin,
xalq shiori ham islom bila din.
Agar ul kufrxisol -
elga dog‘i kufr tariqi afol.
Ilk juftlikdagi kolonlar keyingilaridan uzunligi bilan yaq- 
qol ajralib turibdi: birinchisi 13, ikkinchisi 16 bo‘g‘indan 
tarkib topgan. Bu esa teran falsafiy fikrlar ifodasiga mos 
vazmin, salobatli ritmni yuzaga keltiradi. Keyingi juftliklar 
sintaktik parallelizm usulida qurilgan, oxirgi uchtasining 
kolonlari esa taqriban teng (6-10, 7-10, 6-10); har bir juftlik 
kolonlari o‘zaro qofiyalangan. Bu juftliklardagi kolonlarning 
birinchisi shartni atasa, ikkinchisi qat’iy tarzda shuning 
natijasiga oid hukmni ifodalaydi. Ularning birinchi kolon­
lari «agar» bilan boshlangani shartni ta’kidlasa, ergash va 
bosh gaplardagi bog'lamalar («bo'lsa» - «bolur») tushirib 
qoldirilgani qat’iy hukm ohangini keltirib chiqaradi. Xulias, 
nutq ayni shu tarz qurilgani uchun ham o‘ziga xos ohang 
tug'iladi, shu ohangga yo‘g‘rilgan fikr-g‘oya o'quvchi qal- 
bi-yu ongiga kirib boradi, beixtiyor uning botinida aks sado 
bera boshlaydi.
Mumtoz adabiyotimizda, badiiy nutq sifatida asosan 
nazm e’tirof etilgan bir sharoitda, nasriy asarlar nutqining 
ham ko'proq she’rga tortib ketgan bo'lishi tabiiy hoi, albat- 
ta. XXasr boshiariga kelib, birtomondan, poetiktilning jon- 
li so'zlashuv tiliga yaqinlashuvi, ikkinchi tomondan, yangi 
tipdagi nasrchilikning shakllana boshlashi bilan bogliq hol- 
da nasr badiiy nutqning teng huquqli ko'rinishi sifatida tan 
olina boshladi. Tabiiyki, nasriy nutqdan yangilanish - yan­
gi davrning, shakllanayotgan yangi prozaning talab-eh- 
tiyojlariga moslashish taqozo etildi. Ayni shu sharoitda 
xalq og'zaki ijodi va mumtoz nasrimizdagi yutuqlar bilan
302
www.ziyouz.com kutubxonasi


so'zlashuv nutqiga xos jonlilikni uyg'unlashtirgan nasriy 
nutq shakilana boshladi. Albatta, bu jarayonda ko'pchilik
- publitsistik maqolalari bilan davriy nashrlarda qatnashib 
turgan ziyolilarimiz, ilk «milliy ro'mon», «feleto'n», «hayo- 
tiy hikoya», badiiy-publitsisíik etyudlar, sayohatnomaSar-u 
«teatru kitoblari» mualliflarining ulkan xizmatlari borligi 
shubhasiz. Ayni chog'da, bu boradagi ijodiy izlanishlarning 
natijalari, ya’ni badiiy nasr nutqidagi yangilanishlar ilk bor 
« 0 ‘tkan kunlar» romanida to'laqonli bo‘y ko'rsatdi desak 
ham adashmagan bolamiz.
Mazkuryangilanish romanning ilkjumialaridayoq ko'zga 
tashlanadi:
Bir ming ikki yuz oltmish to'rtinchi hijriy, / 
dalv oyining o‘n yettinchisi, / 
qishki kunlarning biri, / 
quyosh botqan, /
tevarakdan shorn azoni eshitiladir... //
Avvalo, bu jumla leksik tarkibi nuqtayi nazaridan ham, 
qurilishiga ko'ra ham jonli so'zlashuv tiliga yaqin ekan- 
ligini ta’kidlash joiz: unda na mumtoz poetik nutqqa xos 
tashbeh-u istioralar, na turg‘un epitetlar, na arabiy-u forsiy 
izofalar bor. Jumlaning ritmik qurilishi ham vazmin-saio- 
batli epik hikoyalashga mos - uzoq cho'ziladigan hikoyani 
so'zlab berishga choglangan odamning xotirjam joyla- 
shib olib, shoshilmasdan salmoqlab gap boshlayotganiga 
monand ohangni hosil qiladi. Ko‘rib turganimizdek, bunda- 
gi dastlabki to‘rtta kolon uzunligi izchil qisqarib ( 1 2 - 9 - 7
- 4 ...) va shunga mos ravishda 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin