disiga teng bo'lsa, andin mustasnodir, chunki bu holda
ikki bo'lak uchunchi bo'lak qarshisida bir bo‘lak hukmida
bo'lur». Nihoyat, saj’ning
tuban martabasida kalomning
«keyingi bo‘iagi olding'i bolagidin ko‘p uzun (yokî ko‘p
qisqa - D.Q.) bolg’ay va bu aybdur».1 Bir qarashda ush-
bu ta’rifdagi saj’ning yuksak martabasi degani nazmga
- she’riy nutqqa taalluqlidek ko'rinadi. Sirasi, badiiy nutq
sifatida asosan nazm e’tirof etilgan bir sharoitda «yuksak
martaba» she’rga loyiq ko'rilishi tabiiydek ham. Biroq «ka-
lom bo'lagining uzunligi» deyilganidan (yoki o'sha kaîom
bo‘lagining
vazni,
ya’ni undagi uzun va qisqa hijolar kom-
binatsiyasi deyilmaganidan) bu o'rinda gap aruziy tushun-
chadagi
vaznda tenglik haqida emas, baiki nasrdagi ritmik-
lik haqida borayoigani yaqqol angiashiladi.
Shu oYinda yana bir muhim nuqiaga diqqat qilish maq-
sadga muvofiq: saj’ta’rifida «kaiom bo'laklari» tushunchasi-
ning asos qilib olingani mumtoz adabiyotshunosiigimiz
bilan zamonaviy adabiyotshunoslikning bu boradagi qa-
rashlarida mushtaraklik borligini ko'rsatadi. Negaki, ho-
zirgi adabiyotshunoslikda ham nasming ritmik bo'laklari
gap (kalom) bilan bog‘liq beigilanadi:
sintagma
(yoki /co
ton),
gap-komponentva gap.
Mazkur birliklar qo‘shma gap
doirasida to‘la namoyon bo'lishi mumkin. Qo'shma gap
tarkibidagi sodda gaplar
gap-komponent
bo'lsa,
ularning
tarkibidagi so‘z birikmalari
sintagmadlr.
Ayni chog‘da, rit
mik jihatdan qaraganda bitta so‘z ham, bitta so‘z birikmasi
ham, bitta gap (masalan, qo'shma gap tarkibidagi yig‘iq
sodda gap) ham sintagmaga teng kelaverishi mumkinligini
unutmaslik kerak. Nasriy matnning mazmuniy va ritmik-in-
tonatsion jihatdan nisbiy tugallikka ega bo'lagi esa abzats
bolib, u she’rdagi band kabidir.
Saj’ning ildizlari xalq og'zaki ijodiga borib taqaladi.
Buning sababi, xalq og‘zaki ijodi janrlarining
asosan ijro-
1 A T o y r u io * X ,yca ü H M ii. BaflOMMBy-c-caHOMMiD. - TotuKeH T: A f l a 6 n ë T Ba c a H ta T ,
1981. - B.67.
297
www.ziyouz.com kutubxonasi
ga moljallangani, ayrim janrlar ijrosining musiqa jo'rligida
amaiga oshirilgani bilan belgilanadi. Zero, ritmiklik matn-
ning eslab qolinishini osonlashtiradi,
ijro paytida xushja-
ranglik bag'ishlaydi, asarning har bir konkret qismiga ifo-
da etilayotgan mazmunga mos hissiy bo‘yoq beradi va
pirovardida o'sha hislarni tinglovchiga yuqtiradi. Masalan,
«Alpomish»ning Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan vari-
antidagi ilk jumlalarga diqqat qiling1:
Burungi o‘tgan zamonda, /
8
o‘n olti urug! Qo‘ng‘irot elida, /
11
Dobonbiy degan o‘tdi.//
7
Dobonbiydan /
4
Alpinbiy
Dostları ilə paylaş: