Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

Tayanch tushunchalar:
semantik sathda normadan og‘ish, ko'chim (trop, majoz),
«xususiy muallif ko‘chimlari», metafora, istiora, metonimiya,
sinekdoxa, ironiya (kinoya), ramz (simvol), jonlantirish (antropo-
morfizm), tashxis (personifikatsiya), majoz (allegoñya), emble­
ma, perifraz, mubolag'a, litota, perifraz.
Savol va topshiriqlar:
1. «Ko'chim», «majoz» va «trop» istilohlarining ma’nosi, ularning 
ilmiy iste’molga kirib qolishi sabablarini tushuntiring. Hozirda 
ushbu terminlarni qo'llashda qanday yo‘l tutgan ma’qul deb 
o'ylaysiz? Birini qoldirib, qolganlaridan voz kechish to'g'ri 
bo'iadimi?
2. Tildan foydalanishda «umumodatlangan normadan og‘ish» 
tushunchasiga izoh bering. Har qanday normadan og'ish ba- 
diiyat fakti bo‘la oladimi? «Og'ish» badiiyat faktiga aylanishi- 
ning sharti nima?
3. Leksik sathdagi «og'ish» turlarini sanang. Ularning har birini 
misollar yordamida tushuntiring.
290
www.ziyouz.com kutubxonasi


4. Semantik sathdagi «og‘ish»lar deganda nimani tushunasiz? 
Ko'chimlar badiiy bo'yoqdorligi, ta’sirdorligi jihatidan qanday 
darajalanadi?
5. «Xususiy muallif ko'chimlari» tushunchasiga izoh bering. 
Metaforaning matn ichidagi ma’no diapazoni qay yo'sin ken- 
gayadi? Buni misollar yordamida tushuntirib bering. Ma’no 
ko'lami keng ko‘chimlarga misollar topib, ularni daftaringizga 
ko'chiring.
6. «Ramz», «majoz» atamalarining qo'llanilishidagi turlichalik 
nimalarda ko'rinadi? Mavjud lug'at va qo'llanmalarda ulaming 
qanday qo'llanganligiga diqqat qiling, ularga berilgan ta’riflarni 
daftaringizga ko‘chiring.
Adabiyotlar:
1. Бобоев Т. Шеър илми таълими. - Тошкент, 1996.
2. Григорьев В. Поэтика слова. - М., 1979.
3. Истоков Ё. Суз санъати сузлиги. - Тошкент: 0 ‘zbekiston, 
2014.
4. Мамажонов 3. Мумтоз шеърий санъатларнинг назарий 
таснифи. - Тошкент, 2016.
5. Поляков М. Вопросы поэтики и художественной семан­
тики. - М., 1986.
6. Теория метафоры. - М., 1990.
7. Томашевский Б.В. Стилистика. - П., 1983.
8. Хожиахмедов А. Шеърий санъатлар ва мумтоз кофия. -
Тошкент, 1998.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin