Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

allegoriyaga,
benihoya ko‘p takrorlanishi esa 
emblemaga
- biron-bir tushunchaning turg'un belgisiga 
yaqinlashtiradi. Aytilganlardan ayon bo‘lyaptiki, konkret 
ko‘chimni aniq bir turga mansub etish doim ham to‘g‘ri 
bo'lavermaydi, sababi, u o‘zida ko'chimning turli ko'ri- 
nishlariga xos xususiyatlarni mujassam etishi ham mum- 
kin ekan. Xuddi shu narsa perifraz(a) misolida ham kuza- 
tiladi.
Manbalarda perifraz(a) ham ko'chim turlari sirasida 
sanalib, narsa-hodisa, joy yoki shaxsni o‘z nomi bilan 
emas, unga xos xarakterli belgilarni ifodalovchi so‘z birik- 
masi bilan atashni anglatadi. Mantiqan olib qaralsa, mo- 
domiki narsa (
butun
) uning belgisi (
qism)ri\
ifodalovchi 
so‘z birikmasi bilan atalar ekan, perifrazni sinekdoxaning 
bir ko‘rinishi deb tushunish to‘g‘ri bo‘lur edi. Biroq ma’no 
ko'chishi bundan tamom o'zgacha asoslarda amalga osh- 
gan perifrazlar ham talaygina. Masalan, Shavkat Rahmon: 
«Ikki daryo oralig‘ida Haq, adolat topmadi qaror», - dega­
nida jug'rofiy joylashishiga oid belgi orqali 0 ‘zbekistonni 
nazarda tutadi. Bu o‘rinda ko‘chma ma’no 
narsa
va 
uning
joylashish o'rni
orasidagi aloqadorlik asosida voqe bo'ladi, 
ya’ni ayni hoi uni metonimiyaga mansub etishga izn bera- 
di. Bundan farqli o‘laroq, «madaniyat beshigi», «Sharqning
285
www.ziyouz.com kutubxonasi


yulduzi» yoki «Sharq mash’aSi» ( 0 ‘zbekision), «yurtimning 
yuragi» yoki «Sharq darvozasi» (Toshkent) kabi perifraz- 
larda 
o'xshashlik
asosidagi ma’no ko‘chishi kuzatiiadi. 
Shuningdek, kinoyaviy tarzda zidlab o'xshatish - teskari 
o‘xshatishga asoslangan perifrazlar ham ko'plab uchraydi. 
Masalan, Cho'lpon Zebining advokatini bir o'rinda «uyezd 
miqyosiga yarasha ish ko'radigan kichkinagina bir Ple- 
vako», boshqa bir o'rinda «kichkina shaharning kichkina 
Pievakosi» deb ataydi. Aslida, u - «davlat xazinasining 
kattagina pulini yeb qo‘ygan askariy bir to‘ra» - dordan 
qochib Turkistonga kelib qolgan. Ya’ni u taraqqiyotdan 
ortda qolgan Turkistondagina «zakunchi»lik qilishga ya- 
roqli, shunchaki «suv bolmasa tayammum...» qabilidagi 
advokat, xolos. Shu odamning kasbi bilan bog'liq va o‘z 
davrining mashhur advokatiga o'xshatish orqali tavsiflab 
atalgani kinoyani yuzaga keltiradi. Ma’lum boMadiki, badiiy 
nutqda perifrazaning metaforik, metonimik, kinoyaviy va 
sinekdoxa qolipidagi ko'rinishlari uchrashi mumkin ekan. 
Yana bir jihati, perifrazda doim ham ko'chma ma’no ku- 
zatilavermaydi. Masalan, Toshkentni «yurtimiz poytaxti», 
A.Qodiriyni «milliy romanchiligimiz asoschisi», S.Ahmadni 
«qahramon adibimiz» tarzida atovchi perifrazlarda ma’no 
ko‘chishi mavjud emas, ulardagi obyektga xos belgilar o‘z 
ma’nosida qayta nomlashga xizmat qiladi.
Ma’no ko'chishining yana bir turi «kinoya» (ironiya) bo‘- 
lib, u zidlash, teskari o‘xshatishga asoslangan ko'chim 
sifatida tavsiflanadi. Masalan, A.Qodiriy Kalvak maxzum- 
ning badbashara qiyofasini chizib bergach, boshqa bir 
o'rinda uni «husni Yusuf» deb ataydiki, bu birikmaning 
teskari ma’noda qo'llanganini o'quvchi yaqqol fahmlay ola- 
di. Ta’kidlash kerakki, kinoyaning ma’nosi faqat kontekst- 
da ro'yobga chiqadi, ya’ni u alohida olingan holda mav­
jud bo'lolmaydi, kontekstdan xabardorlik uni anglashning 
qat’iy shartidir. Ayni shu jihati tufayli ham ayrim mutaxas- 
sislar kinoyani ko'chim turi o'laroq e’tirof etmaydilar.
286
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kinoya personajlar nutqida ham keng qo'llanadi. Biroq 
bu holda u ko'chim sifatida emas, ko'proq konkret hayo- 
tiy holaiga, sog'lom maniiqqa yoxud so‘ziovchining maq- 
sadiga muvofiq kelmaydigan gap sifatida koYinadi. Kinoya 
asosidagi bu usul 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin