So‘z ma’nosining metafora usulidagi ko'chishida narsa-
hodisalar orasidagi o'xshashlikka asoslaniladi. Mohiyatiga
qaragan holda qadimdan metaforani «siqiq o'xshatish»,
«yashirin o'xshatish» deb atash urfga kirgan. Buning sa-
babini yorqin tasavvur qilish uchun metaforaning yuzaga
chiqish mexanizmini kuzatish kifoya: ikki narsa-hodisa
bir-biriga o‘xshatiladi, so‘ng o'xshatilayotgan narsani ang-
latuvchi so'z tushiriladi-da, o'xshayotgan narsani ang-
latuvchi so‘z bilan o'xshatilgan narsa ataiadi. Masalan,
hazrat Navoiy «Muni dog‘i anbarin hilolingg'a fido» degani-
da oshiq «jon»idagi «nun»ni yorining qoshiga fido etish-
ga tayyorligini nazarda tutadi. Ya’ni bunda yorning qoshi
«hilol» - yangi chiqqan oyga o‘xshatiladi-da, o'xshayot
gan narsa (hilol)ni anglatuvchi so‘z o‘xshatilayotgan narsa
(qosh)ni anglatuvchi so‘z o‘rnida ishlatiladi. Ko'ryapmizki,
bunda o‘xshatish amali bor, biroq o'xshatilayotgan narsa
(qoshj ham, o‘xshatishga asos bo'layotgan belgi («nozik,
qayriïma») ham, o'xshatish vositasi ham («xuddi», «go‘yo»
kabi) tushirib qoldirilgan, ya’ni o'xshatish amali o‘ta siqiq
shaklda, ayni chog'da, yashirin tarzda amalga oshgan.
Ta’kidlash joiz, metaforaning, umuman ko'chimning ko‘-
rib o'tganimiz kabi bir so‘z doirasida voqelanishi nisbatan
kamroq uchraydigan hodisa hisoblanadi. Aksariyat hollarda
ko'chma ma’no so‘z birikmasi, gap darajasida yuzaga chi-
qadi. Misol uchun A.Oripovning quyidagi satrlarini olaylik:
Dostları ilə paylaş: