Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

o'shak, o'shakchi
so‘zlari misolida ko'rish 
murnkin. Dastlab, Biydi momo «Tursunoy guj-gujni 
o'shak-
c/7/ligi uchun yoqtirmasligi» haqida xabar topganida, o‘quv- 
chi Tursunoyning fe’l-amalidan kelib chiqib bu so‘z «g‘iy- 
bat qiluvchi», «gap tashuvchi» kabi ma’nolarni anglatishini 
tusmollab biladi. Keyinroq, Normat Biydi momoga «Agar 
shu martayam 
o'shak
surgan bo'lsang, kelib sen yalmo- 
g'izni otaman» deya tahdid qilganida esa so‘z ma’nosi 
birmuncha konkretlashadi - unda «g'iybat» ma’nosining 
ustuvorligi anglashiladi. Ayon boladiki, tushunchani ifo- 
dalovchi asi turkiy so‘z mavjud bo'lgani holda o‘zbek ada­
biy tilida uning arabiy muqobiü ishlatilar ekan. Shunga 
o‘xshash, o'jar qat’iyat bilan Anziratga o‘lim talab qilib tu- 
rib oigan Biydi momoga Sharif chavandoz tahdid-ia do‘q 
uradi: «Ayg'oqilik qilmang...» Ma’lum bo‘lishicha, o‘zi haq 
bo‘lmagani holda biíta fikrda qattiq turib olish «ayg‘oqilik» 
deyilar ekan. Xuddi shu tushunchani anglatuvchi boshqa 
so‘z esa adabiy tilimizda mavjud emas, shu sababli uni bir 
necha so‘z bilan ifodalashga majburmiz. Holbuki, agar bu
267
www.ziyouz.com kutubxonasi


so'z adabiy til mulkiga aylansa, ommalashtirilsa, tilimizning 
ifoda imkoniyatlari kengaygan bo‘lur edi.
Har qanday badiiy obraz singari inson obrazi - personaj 
ham konkretlilikxususiyatiga ega. Zero, uning asosi bo'lgan 
real inson konkret davr, hudud va ijtimoiy muhitda harakat 
qiladi, muayyan kasb-kor bilan mashg'ul bo‘ladi. Tabiiyki, 
bu omillarning bari uning nutqida o‘z aksini topadi. Shu 
bois ham personaj nutqiga xos xususiyatlarni qayta yara- 
tish obrazning tolaqonli va haqiqatga muvofiq boMishining 
muhim shartlaridan hisoblanadi. Personaj nutqining o‘ziga 
xosligi esa eng avval u qollayotgan so'zlarda namoyon 
boladi. 0 ‘z navbatida, o‘sha so‘zlardan tarkib topayot- 
gan nutq personaj tasviridagi muhim chizgiga aylanadi: 
madaniy-ma’rifiy saviyasi, dunyoqarashi, ma’naviyati, ax- 
loqi, kasb-kori haqida ma’lumot beradi. Epik va dramatik 
asarlarda personaj nutqini individuallashtirishga alohida 
e’tibor berilishining sababi shunda. Xususan, dramatik 
asarlarda bunga, ayniqsa, muhim ahamiyat zarurki, ularda 
personaj nutqi inson obrazini yaratishning asosiy vosita- 
siga aylanadi. Masalan, E.A’zamning «Jannat o‘zi qay- 
dadir yoki Jiydalidan chiqqan Jo'raqul» pyesasini olaylik. 
Asar qahramoni Jo‘raqul - Domlaning quyidagi replikasiga 
diqqat qiling:
«Domla (fikridan chalg‘imay): Yo‘q, xonim, siz gapni 
chalkashtiryapsiz. 
Mustaqillik
boshqa, 
ozodlik tushuncha-
si
bir boshqa, 
ijtimoiy adoiat, tenglik g'oyalari -
boshqa! 
Axir, 
milliy mustaqii mamlakatda
ham 
adolatsizlik,
bedodlik 
hukm surishi mumkin-ku. Misol kerakmi sizga?.. Bilgingiz 
kelsa, men 
ijtimoiy adoiat, insoniy tenglik
tarafdoriman, xo- 
los. Zinhor-bazinhor kechagi 
istibdodn'mg
emas! Qolaver- 
sa, odamzod muayyan bir g‘oyadan charchasa yoki 
Ijti-
moiy tabaqalashuv, haqsizlik
haddan oshsa, jamiyatda 
muvozanat buziladi. Ana shunda 
islohot
yo 
inqilob zaru-
rati
tug'ilib, 
mulk qo'ldan qolga o ‘tadi.
Huv, Oktabr inqilobi 
chog‘ida shunday bo'lgan, bilasiz».
268
www.ziyouz.com kutubxonasi


Avvalo, replikadagi gaplarning mantiqiy ¡zchillikda bog‘- 
langani, bir-birini to'ldirib-izohlagan holda fikriy butunlik 
hosil qilayotgani, mazmunida ilmiy mantiqning ustuvorligi
- bari uning chinakam (ya’ni shu asardagi Xonim yoki Tur- 
suniy kabi emas) íjtimoiyotchi olimga xoslígini ko'rsatadi. 
Unda ishlatilgan so‘z va birikmalarning aksariyati (kursiv 
bilan ajratildi) so‘ziovch¡ mashg'ui bo‘lgan ilm sohasining 
¡stilohiaridir. Hatto íilimizda faol qo‘llanuvchi «mustaqillik», 
«ozodlik» kabi so'zlar ham bu o‘rinda ¡stilohiy ma’noda ish- 
iatilmoqda. 0 ‘quvchi domlaning mustaqillikka munosabati 
íeran anglanganligi, ayrim hamkasblariga xos shiorbozlik- 
dan yiroqligini his qiladi. Fikri uyg‘oq odam sifatida u yuz 
berayoígan voqea-hodisalarga nisbaían tanqidiy mavqeni 
egallagan, biroq mustaqiliikni ich-ichidan yoqlaydi, chunki 
chinakam olim o'laroq mohiyatga qaramoqda.
Domlaning xotini Xonim nutqida 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin