0
‘ziga yemish topish-u kushandalaridan omonlik topish
uchun yovvoyi jonivorki «hiyla» ishlatadi. Shunday ekan,
nega aynan tulkining nomi majozan «ayyorlik» ifodasiga
aylangan? Sababi, atrof-javonibida tulki keng tarqalgani
uchun ham ajdodlarimizda uni bevosita kuzatish imkoni
katta bo‘lgan: «ayyorlik»larini ko'rganlar, zavqlanib kul-
ganlar. Xullas, tulkining «ayyor» ekaniga ko'pchilik beshak
ishonch hosil qilgan. Avvalida ayyor kishilar tulkiga meng-
zalgan, so‘ng esa, ko‘p
ishlatilaverishi natijasida, «tul
ki» va «ayyorlik» so‘zlar¡ go‘yo ma’nodoshga aylangan,
shu ma’noda qollashga tabiiy ravishdagi kelishuv sodir
bo'lgan, «shartlashib olingan». Shu tariqa badiiy asarlar-
da, masalan, «bo'ri» - vahshiylik, «eshak» - farosatsiz-
lik, «bedana» - qo‘nimsizlik, «buqalamun» - beqarorlik,
«musicha» - ojizlik, «chayon» - zararkunandalik tarzidagi
allegoriyalar urfga kirgan. Bu nav allegoriyalarning aksari-
yati,
yuqorida ham aytdik, ayni tushunchalarning turg‘un
belgisiga - emblemaga yaqinlashib qolgan.
Adabiyotshunoslikda allegoriyada ma’no ko‘chish
asosi masalasida ham yakdillik yo‘q: ayrim mutaxassis-
lar bunda
o ‘xshatishn\
asos deb bilsa, boshqalari
aloqa-
dorlikni
ko‘rsatadilar. Haqiqatda esa, agar teranroq o‘ylab
ko‘rilsa, allegoriyada ma’no ko‘chishi sinekdoxa qolipida
amalga oshishini anglash uncha qiyin emas. Yana «tul
ki» misoliga qaytsak, jonivor
{butun
)ni atovchi so‘z uning
bir xususiyati (qism)ni ifodalashga
xizmat qilayotganini
ko‘ramiz.
Badiiy adabiyotda mohiyatan allegoriyaga yaqin bo‘l-
gan ko‘chimning bir turi sifatida simvol (ramz) ham keng
qollanadi. Simvolning allegoriyadan farqi shundaki, u
muayyan kontekst doirasida ham o‘z ma’nosida, ham
ko‘chma ma’noda qollanadi. Masalan, Cholpon she’riyati-
dagi «yulduz», «bulut», «bahor», «qish» obrazlari buning
yorqin misoli bo‘la oladi. Jumladan, mashhur «Qalandar
ishqi» she’rini o'qiganda, uni ishqiy mavzudagi she’r sifati-
288
www.ziyouz.com kutubxonasi
da tushunaverishimiz mumkin. Biroq bu she’rdagi ramzlar
qatida boshqa bir ma’no ham mustaqil holda mavjud bo'lib,
uni o‘z vaqtida shoirga ruhan yaqin kishilar yaxshi tushun-
ganlar. Sababi, uiar ramziarning ma’nosi anglashiladigan
kontekstdan - shoirning hayot yo‘li, orzu-intilishlari, she’r
yozilgan paytdagi ruhiy holati va b.
omillardan xabardor
bo'lganlar. Demak, hozirda ham she’rni Cho'lponning ha-
yoí yo'li va ijodiy merosi kontekstida o‘rganilsa, ramziy
ma’no anglashilishi mumkin. Ramzning tabiati haqidagi
fikrlarni R.Parfi she'ridan olingan quyidagi parcha misolida
ham koYishimiz mumkin:
Yana keldim mahzun go'shaga,
Bunda bir nay yotibdi sinib.
Qo‘y, sig'inma ortiq o'shanga,
Qo'y, sig'inma unga, sevgiiim...
Parchadagi «singan nay» ramzdir. Mazkur ramzni o‘z
ma’nosida ham (ya’ni o‘sha go‘shada chindan-da singan
nay yotibdi degan ma’noda), shuningdek, iirik qahramon-
ning yo'qotilgan hisiari, armonga ayiangan orzulari ma’no
sida ham tushunish mumkin bo‘ladi. Ikkinchi holatda biz
«singan nay»ni ramz sifatida qabul qilgan bo'lamiz. Masa-
laning yana bir muhim tomoni shuki, «singan nay»
bilan
«yo'qotilgan hislar, armonga ayiangan orzular» orasida na
meíaforadagi kabi o'xshashlik va na metonimiyadagi kabi
aloqadorlik asosidagi munosabat mavjud. Ya’ni «singan
nay» faqat shu kontekst doirasidagina va shartli ravish-
dagina o‘sha mazmunni ifodalashi mumkin, xolos. Xuddi
shu gap Cho‘lponning «Qalandar ishqi» she’ridagi «yor»,
«muhabbat», «dengiz», «yulduz», «quyosh» ramzlariga
ham tola taalluqlidir. Zéro, ular ham o‘zlari ifodalayotgan
ramziy ma’no bilan o'xshashlik yoki aloqadorlik munosa-
batida emas, faqat shartli ravishdagina (va shartdan, kon
tekstdan boxabar kishilargagina) ramziy ma’noni ifoda-
289
www.ziyouz.com kutubxonasi
laydi.
Shartdan, kontekstdan bexabar o'quvchi uchun esa
she’rning faqat bevosita mazmuni, yuzadagi mazmunigina
mavjuddir.
Badiiy nutq semantikasi masalasiga, xususan, ko'chim-
larga to'xtalar ekanmiz, adabiyotimizda qo'llanuvchi
ko'chimlaming hammasini ko'rib chiqish, ta’rifiash-u tasnif-
lashni maqsad qilmaganmiz. Zero, ko'chimlarning har biri
alohida mashg‘ulot mavzusi bo'lish uchun bemalo! yeíarli,
balki undan-da ko‘proq materia! bera oladi. Yuqoridagi mu-
lohazalar mazkur mavzuga kirish vazifasini o‘tasa kifoya.
Siz endi adabiyotshunoslikka oid lug‘atlar, badiiy til xusu-
siyatlariga oid ishlar bilan tanishish, badiiy asarlarni mu-
tolaa qilish jarayonida ko'chimlarga, umuman til unsurlari-
ga jiddiy e’tibor
qilishingiz, biz to‘xtalmagan yoki misollar
keltirmagan vositalar mohiyatini mustaqil o'rganishingiz va
o‘zlasht¡rishingiz zarur bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: