Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


degan  /  5 o‘g‘il farzand  paydo



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

degan 

5
o‘g‘il farzand 
paydo 
bo'ldi. // 
8
Alpinbiydan / 
4
tag‘i ikki o‘g‘il 
paydo bo 'ldi:
// 
10
kattakonining 
otini 

8
Boybo'ri 
qo‘ydi, 

5
kichkinasinmg 
otini 

8
Boysari 
qo'ydi.// 
5
Boybo'ri bilan Boysari - / 
8
ikkovi katta 
bo‘ldi. 
// 
7
Boybo‘ri boy 
edi, 

6
Boysarisi shoy 
edi, 

7
bu ikkovi harn farzandsiz 
bo‘ldi. 
III
 
10
Keltirganimiz doston matnidagi ilk abzats, ya’ni rit- 
mik-intonatsion jihatdan nisbiy tugal qism. Odatda, katta 
epik asarlar shunday vazmin-salobatli ohangda boshla- 
nadi. Baxshi gapni uzoq o'tmishdan boshladi - ajdodlarni 
sanab, doston zamoniga yetkazdi, informatsiya e’tiroz-u 
shubhaga o‘rin qoldirmaydigan tarzda, ayni haqiqat olaroq
1 Ritmik bo'lak va vositalar ko'zga aniq tashlanib tursin degan maqsadda misol 
qilib keltiriladigan nasriy parchalar satrlarga ajratib berilyapti.
298
www.ziyouz.com kutubxonasi


taqdim etildi. Albatta, bunda o‘sha vazmin-salobatli ohang 
muhim. Ilk jumla ohangi - leytmotiv, kuy ilk pardalaridan 
tanib olingani kabi. Bu ohangni hosil qiladigan ritm esa, av- 
valo, ilk jumladagi kolonlarning uzunligi (8,11 va 7 bo‘g‘in) 
hisobiga yuzaga keladi. Agar, o‘rta martabadagi saj’da 
kalom bo'laklari bir-biridan «ozgina uzun (yo qisqa)roq» 
bo‘lishi mumkinligidan kelib chiqqan holda, 7 va 8 bo‘g‘inli 
kolonlarni yaxlitlab, shartli ravishda 8 bo‘g‘inli, 10 va 11 
bo‘g‘inlilarni 10 bo'g'inli, 4, 5 va 6 bo‘g‘inlilarni 5 bo‘g‘inli 
deb olsak, parchada 5, 8 va 10 bo‘g‘inl¡ kolonlar muayyan 
tartibda takrorlanayotganini ko‘rish mumkin bo'ladi. Albat­
ta, bunda she’rdagi kabi qat’iy o'lchov va tartib asosidagi 
ritm yo‘q, biroq taqriban teng bo'laklarning birmuncha er- 
kin tarzdagi takroridan o‘ziga xos ritmiklik yuzaga keladi. 
Kolonlar oxiridagi tovushlar ohangdoshligi, takror, sintak- 
tik parallelizm kabi ritmik vositalar esa ritmiklikni ta’kidlab 
kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tasvirlanayotgan narsa-hodisa, hayotiy holat ruhiyatga 
ta’sir qiladi, buning natijasida ko'ngilda boshlangan tuyg'ular 
harakati esa eng awal ritmda o‘z aksini topadi. Masalan, 
Ergash Jumanbulbu! o‘g‘li daryoda oqib kelgan sandiqdan 
Xolbeka oyimning surati chiqib, «ishqi yuz bo‘lgan»idan 
Kuntug‘mish to'ra «toqat qilolmay» behush yiqilgan paytda- 
gi tahlikali vaziyatni mana bu tarzda tasvirlaydi:
Qirq yigit shoshib, 
5
dami ichiga tushib
7
aqlidan adashib, 
6
barisi chuvlashib, 
6
to‘rani o‘rtaga olib, 
8
hay-hayni solib: 
5
- Ko'zingni och! - dedi. 
6
To‘rani asió o'ziga keltirolmadi. 
13
E’tibor berilsa, baxshining hayajoni qirq yigitnikidan asió 
kam emas, go‘yo qirq yigit qatori shahzoda uchun mas’ul-
299
www.ziyouz.com kutubxonasi


lik unga ham yuklangan-u, hozirgi holdan aqli shoshib, ne 
qilarini bilmay turibdi. Ayni hisní o'quvchiga yuqtirish, uni 
hayotiy holat ruhiga olib kirishda ritm hal qiluvchi ahami- 
yat kasb etadi. Tahlikali vaziyatga mos shiddaíli ritm 5-6 
bo‘g‘inli qisqa kolonlar, sanash ohangidagi uyushiq gap va 
bolaklardan tarkibiangani, ulardan oltitasining ohangdosh 
tugatiigani, mazmunning izchil kuchaytirib borilgani kabilar 
hisobiga yuzaga keladi. Yettinchi kolonning avvalgilari kabi 
ohangdosh emasligi, boshqacha tugallangani «zarb» ef- 
fektini hosil qiladi. Nihoyat, parchaning oxiridagi 13 bo‘g‘in- 
li kolon - jumladagi ruhiy holat bungacha kuzatilganiga 
tamom zid. Ya’ni endi nuqtayi nazar tamom o‘zgardi: bun­
gacha vaziyat ichdan tasvirlangan bolsa, endi unga chet- 
dan nazar solinyaptiki, bu asarning qabul qilinishini bosh- 
qarishda ham ritmning muhim rol o'ynashiga dalolat qiladi.
Mumtoz adabiyotimizning ko'plab namunalarida saj’dan 
g'oyat mohirona va samarali foydalanilgan. Yuqorida Haz- 
rat Navoiy qit’alarining nasriy sarlavhalaridan ayrim namu- 
nalarni ko'rib o‘tdik. Bundan tashqari, «Xamsa» dostonlari 
boblarining nomianishida ham saj’ning turli martabadagi 
navlari qollanganini ko‘rish mumkin. Masalan, «Layli va 
Majnun»ning XVII bobi mana bu tarzda sarlavhaianadi:

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin