Dilnura omonzoda


XOTIRA—MUQADDAS, XOTIRA—AZIZ!



Yüklə 322 Kb.
səhifə11/14
tarix11.02.2023
ölçüsü322 Kb.
#83819
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
ДИЛНУРА ОМОНЗО

XOTIRA—MUQADDAS, XOTIRA—AZIZ!

Yurt uchun, el uchun jonini bergan,


Kurash maydonida janglarni ko'rgan,
Goho bir mayizni qirq bo‘lib yegan,
Ey shahid ajdodim, yodimizdasiz,
Xotira—muqaddas, xotira—aziz!

Shoirlar siz uchun she'rlarin bitgan,


Ayovsiz janglarda azoblar yutgan,
Boshini egmasdan bayrog'in tutgan,
Ey shahid ajdodim, yodimizdasiz,
Xotira—muqaddas, xotira—aziz!

Mustaqil vatanning havosi uchun,


El-yurti, oilasi, bolasi uchun,
Onalar azobi, nolasi uchun,
Ey shahid ajdodim, yodimizdasiz,
Xotira—muqaddas, xotira—aziz!

Necha kun, necha oy nochor, och qolgan,


S hunda ham dushmanni larzaga solgan,
Elning orasida buyuk nom olgan,
Ey shahid ajdodim, yodimizdasiz,
Xotira—muqaddas, xotira—aziz!

Vijdonan pok inson, bulg'amay nomin,


Vatan deb, shu onda bergandir jonin,
Xalq ham unutmaydi el qahramonin,
Ey shahid ajdodim, yodimizdasiz,
Xotira—muqaddas, xotira—aziz!

Ishongan tog'inggiz, biz, suyachinggiz,


Charog'on hayotda biz quvonchinggiz.
Kelajak avlodmiz, biz ishonchinggiz,
Ey shahid ajdodim, yodimizdasiz,
Xotira—muqaddas, xotira—aziz!


TOPISHMOQ

Men bilaman uni


Chiqar har tuni.
U emasdir quyosh,
Bilar katta yosh.

Chiroq emas yoritar,


Boylik misoli gavhar.
Buni toping bolalar,
Nurli ko'z, gul-lolalar.
(oy)


AZIZ MUALLIM

O‘zligimni tanitgan tilim,


Nurli ko'zim, porlagan dilim,
Mehr ila berdinggiz ilm,
Rahmat sizga, aziz muallim.
Ustoz degan buyuk nom olgan,
Yuraklarga so‘z ishqin solgan.
Qalbimizda abadiy qolgan,
Rahmat sizga, aziz muallim.

Yurt ko‘ksida asrab-avaylab,


She'r aytaman sizni ulug‘lab.
Qoshingizda ta'zimlar aylab,
Rahmat sizga, aziz muallim.





Yüklə 322 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin