Гавҳар ИБОДУЛЛАЕВА,
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси
вилоят бўлими раҳбари.
YOSHLIK TARANNUMI
Ko‘hna va navqiron Xorazm diyori azal-azaldan san’atkorlar, shoirlar, adiblar, alloma zotlar yurti sanaladi. Bugungi kunda ham Xorazm diyorida ulug‘ bobokalonlarning vorislari adabiyot ilmini, xususan, Xorazm she’riyatini, dunyoga tanitayaptilar. Ustoz ijodkorlar E. Samandar, E. Madrahimov (Oshiq Erkin), Komil Avaz, M. Abdulhakim, B. Ro‘zimuhammad, G. Ibodullaeva kabi shoirlar izidan borib, o‘z yo‘li va uslubini topishga harakat qilayotgan yosh shoirlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ana shunday katta yo‘lga chiqqan iste’dodli yoshlardan biri Dilnura Rahmonovadir. Tabiatan ancha dadil, aniq maqsadlarni ko‘zlagan, Olam va Odam sinoatlarini yangicha tushunishga, anglatishga chog‘langan tirishqoq Dilnura o‘z she’rlarida ona Vatanga muhabbat, do‘stga sadoqat, ona tabiatga mehr, yoshlik va go‘zallik tuyg‘ularini tarannum etadi.
U qalamga olgan tuyg‘ular samimiyati, tabiiyligi bilan o‘quvchi e’tiborini tortadi. U, ayniqsa, Vatan haqida o‘ziga xos jo‘shqinlik bilan kuylaydi:
Ostonadan boshlangan oilamdursan
Zulfiyadek buyuk shoiramdursan
Nay, rubob, jarangdor doiramdursan
Jonim baxshidadur o'zbegim, vatan.
Ma’lumki, o‘z ota-onasi haqida she’r yozmagan qalam sohibi topilmasa kerak, lekin ularning har biri o‘z ovozi, o‘z sozi bilan qalb qo‘ridan chiqqan mehrni qog‘ozga to‘kadilar.
Dilnuraning she’rlarida ham ona mavzusi alohida o‘rinni egallaydi va ulardagi ohorli tashbehlar, kutilmagan ifodalar kishi qalbini hayajonga soladi, musaffo bolalik sari yetaklaydi. “Jannatim onam”, “Xudojon menga ko‘zmunchoq, ona” kabi she’rlarida bu jihatlar yaqqol namoyon bo‘ladi:
Ko'nglimda ne bo'lsa ayttirmay sezgan
Dostları ilə paylaş: |