SEVGI NIMA?
Sevgi nima o'zi, ayting, sevganlar,
To'lqin-la mavj urgan sirli ummonmi?
Quyoshmi, oymi yo yulduzmi ayting,
Qalblar makoni yettinchi osmonmi?
Bu pok tuyg'u asli nedan yaralgan,
Kechasi farishta solami qalbga?
Yo yomg'ir misoli mayda-maydalab,
Har tomchi jo'sh urib, yog'ami qalbga?
Sevgi nima o'zi, tushdagi tushmi,
Orzu og'ushi tuyilgan xayolmi.
Mard, jasur erkak-u mehrga to'la,
Timsoli: vafoli, ko'rkam ayolmi?
Bebaho gavhardir, nozik, xushbichim,
Ko'zni quvontirgan hiloldir sevgi.
Yulduz-u falakdir, jahon ul afsun,
Dillarni rom etgan biloldir sevgi.
Kechasi uxlolmay, ko'zlar intizor
Yorni oy aksida ko'rgan tunimdir.
O razin bezagan xunrez ko'zlari
Tushimda jon olib, o'lgan kunimdir.
Asl yorin ishqida kuygan Mashrabdek,
Bedilman, kundan kun seni suyguvchi.
Ishqim yurakdadir, yuragim senda,
Jahonso'z hajringda hamon kuyguvchi.
Sevgi bu–hayotdan zavqlanib har kun
Uzoq umr ko'rib, yuzga to'lishdir.
Yettinchi osmonda umrbod qolib,
Suyukli yor bilan baxtli bo'lishdir.
JANNATIM ONAM
Ilk allam kuychisi, ko'zimning nuri
Hayotim mazmuni, so'zimning duri.
Ona Vatan, yuksak yurtning g'ururi,
Tunlari bedorim, jannatim onam.
Ko'nglimda ne bo'lsa, ayttirmay sezgan,
Hasratin bildirmay bag'rida ezgan.
Umrimning yo'lini mehr-la chizgan,
Tunlari bedorim, jannatim onam.
Siqilsam, bag'riga bosguvchim bo'ling,
Yiqilsam, turg'azib qo'yguvchim bo'ling,
Azobni kulguga yo'yguvchim bo'ling,
Tunlari bedorim, jannatim onam.
Yuzimda eng shirin kulguchim bo'ling,
Hamisha yonimda turguvchim bo'ling,
Taxtimni, baxtimni ko'rguvchim bo'ling,
Tunlari bedorim, jannatim onam.
Farzandlar baxtin ko'rsin, ota-ona,
U lar ham girdida bo'lsin parvona,
Duosin olaylik, aytib shukrona,
Tunlari bedorim, jannatim onam.
Hech kimga o'xshamas yagonamizsiz,
O'zbegim ayoli, durdonamizsiz,
Alloh mo'jizasi, ne'mati onam,
Davlatim otamning jannati onam.
Firdavsni netaman ko'klardan izlab,
Oyog'i ostida jannati onam.
Birisin Oy bilsam, birisin Quyosh,
Davlatim otamning savlati onam!
Dostları ilə paylaş: |