Dilorom qosimova menejment nazariyasi


M iqdoriy yon d ash u vn in g ta ’siri



Yüklə 8,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/230
tarix27.09.2023
ölçüsü8,03 Mb.
#149835
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   230
Menejment nazariyasi. Qosimova D.S

M iqdoriy yon d ash u vn in g ta ’siri. 
M enejm ent fanining yoki 
miqdoriy yondashuvning t a ’siri bixevioristik yondashuv t a ’siridan 
ancha kam roq edi, chunki, qisman, rahbariarning ko ‘pchiligi har 
kuni operatsiyalar tadqiqoti predmeti bo'lgan m uam m olarga qara- 
ganda inson axloqi va insoniy m unosabatlar m uam m olariga ko'proq 
duch keladi. Bundan tashqari, 60-yillargacha ozgina rahbariarning 
m urakkab miqdoriy usullarni tu sh u n ish va ulam i qo'llash uchun 
y etarli t a ’limi b o 'lg a n . A m m o, hozirgi v a q td a bu v a z iy a t tez 
o'zgaryapti, chunki ko'pdan-ko'p biznes maktablari miqdoriy usul­
lar va kompyuterlarni qo'llash kurslarini taklif etishyapti.
2.6. M enejm ent n azariyasi asosch ilari
M e n e jm e n t n az ariyasining asoschilari Teylor, Ford, Gilbert, 
Emerson, Fayol va boshqalardir. Menejm ent nazariyasining tarixan 
dastlabki yo'nalishi «klassik» (a n ’anaviy) maktab nomini olgan. Bu 
m aktabning vujudga kelishida amerikalik muhandis va tadqiqotchi 
Frederik Teylorning xizmati katta. Teylor xizmat pog'onasining bar­
cha darajalarini AQShdagi Bestlegemdagi yirik metallurgiya korxo- 
nasining kichik xizmatchisidan boshqaruvchisigacha bo'lgan lavozim- 
larni egallagan. U birinchilar qatorida ishlab chiqarishning ayrim 
jarayonlarini tashkil etish hamda butun korxonani boshqarishga ilmiy 
yondoshishni qo'lladi. Uning «Korxonani ilmiy boshqarish asoslari», 
«Menejmentni ilmiy tashkil etishning tamoyil va usullari», «Sanoat 
korxonalarini m a ’muriy-texnikaviy tashkil etish» kabi m ashhur asar- 
lari xorijda chop etilgan ishlab chiqarishni boshqarishni ilmiy tashkil 
etish bo'yicha adabiyotlarning katta to'plamiga asos soldi. Teylor 
m ehnat jarayonlarini maxsus funksional boshqarish zarurligini asos- 
lab berdi, jismoniy m ehnat bilan bir qatorda ishlab chiqarishni tash­
kil etishni tarkibiy unsurlarga ajratib ko'rsatishga harakat qilgan 
holda ishlangan sxemada o'lda-jo'lda, pala-partish ishlash m umkin 
emasligi, har bir narsa oldindan qilingan, ishning barcha shartlari va 
usullari oldida aniq, belgilangan bo'lishi aks ettirilgan.
Teylor kishi aql-zakovatiga k atta e ’tibor bergan. M asalan, u 
korxona u s ta s i quyidagi to'qqiz sifatga eg a bo'lishi kerakligini 
t a ’kidiagan:
37


1. Aql-zakovatga.
2. M a ’lum m a ’lumotga.
3. Ish tajribasiga.
4. Odobga.
5. G 'ayratga.
6. Ziyraklikka.
7. Halollikka.
8. T o'g'ri fikr yuritishga.
9. Yaxshi salomatlikka.
S hu bilan birga Teylor bu sifatlarning barchasiga ega bo'lgan 
kishini topish juda mushkul ekanligini aytgan. Ko‘pchilik faqat uchta 
sifatga ega bo'ladi - ular oddiy ish haqi to'lanadigan ishga olinishi 
m um kin. Bu sifatlarning t o ‘rttasiga ega bo ‘lgan kishi nisbatan k o ‘p 
haq to 'lan ad ig a n ishga olinishi kerak. B e sh ta sifatni o'zida jam
etgan kishini topish ancha m ushkul, olti, yetti, sakkiz sifatga ega 
kishini topib bo'lmaydi. Agar yuqorida sanab o'tilgan to'qqiz sifat­
ga ega bo'lgan kishi topilsa, uni u s ta lavozimiga em as, boshqaruv- 
chi lavozimiga qabul qilish lozim. Teylor, ayniqsa, ish joyiarini 
tashkil etish, ishlashning maqbul usullarini tanlash, aniq vazifalar­
ni belgilash, kishilarni to 'g 'r i tanlash va ishga qo'yishga alohida 
a h a m i y a t b era rd i. U t o m o n id a n ish lab c h iq a r ish n i b o s h q a rish
bo'yicha qator tavsiyalar ishlangan. M asalan, u m enejm ent bo'yicha 
faoliyatning 8 ta vazifasini ajratib ko'rsatgan:
1. Ishlarni bajarish va taqsim lash tartibi.
2. Chizmalar va qo'llanmalarni tuzish.
3. Vaqtni m e ’yorlash va m eh n atg a haq to'lash.
4. Intizom ga rioya qilish.
5. Ish uslublarini belgilash.
6. U skunalar ish tartibiga rioya qilish.
7. Uskunalarni t a ’mirlash va saqlash.
8. Sifatni nazorat qilish.
Teylorning funksional m en ejm en t tizimi hozirgi davrda sanoatda 
q o 'l l a n m a s a - d a , m e n e j m e n t j a r a y o n i n i f u n k s i o n a l t a q s i m l a s h
g'oyasidan m e n e jm e n tn in g tartibli (lineyniy) tizimidan h am foy- 
dalaniladi. Teylor m a ’m u riy at va t a ’minlovchi ijtimoiy jihatlarni 
hisobga olishi muhimligini t a ’kidlab, bu ishlab chiqarishni tashkil
38


etish va m enejm entning muhim tamoyillaridan biri ekanligini ayt- 
gan. U ijtimoiy dem agogiya usullarini inkor etmay, ulardan foy- 
dalanishni tavsiya qilgan. U ishchilar va tadbirkorlar o'rtasida «sinfiy 
hamji-hatiik»ni t a ’minlash, uiar o ‘rtasida m unozaraga yo ‘l q o ‘ymaslik 
zaruriyatiga tayangan va uni m en ejm entning en g muhim vazifalar- 
idan biri deb hisoblagan. Teylorning fikriga ko'ra, bunday vazifani 
faqat ilmiy jihatdan tashkil etilgan menejment tizimi - menejment nazari- 
yasigina hal etishi mumkin.
Teylorizm ilmiy m enejm ent harakatini boshlab berdi. Bu harakat 
AQShni qamrab olib, boshqa kapitalistik m amlakatlarga ham yoyildi. 
Teylor tizimi ilmiy m en ejm en tn in g rivojlanishi uchun asos bo‘lib 
xizm at qildi.
Iqtisodiyotni boshqarish sohasining yana bir yirik nazariyotchisi 
G a rrin g to n E m erson ( 1 8 5 3 - 1 9 3 1 ) edi. U «U num dorlikning o‘n 
ikki tamoyili» asarini yozib, bu asarda birinchi bo'lib inson faoliyatini 
m aqbullashtirishga qarashlar tizimini bayon qilib berdi. Em erson 
quyidagi tamoyillarga asoslangan maksimal m ehnat unumdorligiga 
erishish usulini ishlab chiqdi.
1. Aniq belgilangan g ‘oya va maqsadlar.
2. Aqli rasolik.
3. Asosli maslahat.
4. Q a t ’iy intizom.
5. Xodimlarga nisbatan adolatli munosabat.
6. M arkazlashtirish.
7. Tezkor, ishonchli, t o ‘liq, aniq va doimiy hisob.
8. M e ’yor va tartib.
9. Sharoitni normallashtirish.
10. Operatsiyalarni m e ’yorlash.
11. Yozma standart qo‘llanmalar.
12. Unumdorlik uchun rag'batlantirish.
0 ‘z xulosalariga qo ‘shim cha qilib m en ejm en t uslubini bayon 
qilish bilan muallif klassik konsepsiyaga salmoqli hissa qo'shdi.
S anoat korxonalarini tashkil etish va m enejm ent masalalarini 
o'rgangan yana bir amerikalik iqtisodchi Gamilton Cherch (1 866— 
1936) o‘z diqqat e’tiborini menejmentning umumiy nazariy tamoyil- 
lariga qaratdi. Amerikalik boshqa nazariyotchilardan farqli G.Cherch
39


tayyor qonun-qoidalarni tavsiya qilmagan. U barcha sanoat korxo- 
nalarini boshqarishning um um iy nazariy tamoyillarini belgilab. m e­
nejmentning umumiy vazifalari bilan uni tashkil etish tamoyillarini 
ko'rsatib berdi. 0 ‘zining «Ishlab chiqarishni boshqarish asoslari» 
kitobida m e n e jm e n t vazifalarining quyidagi tasnifini bayon qilib 
bergan: loyihalashtirish, u s k u n a bilan t a ’m inlash, buyuruvchilik, 
hisob va am alga oshirish. G.Cherch kitobining ayrim nazariy qoi- 
dalari hozirgi davrda ham ilmiy va amaliy qim m atga egadir.
Ilmiy m en ejm en tn in g rivojlanishiga hisob va rejalashtirishning 
chizma usulini ishlab chiqqan Genri G ant ( 1 8 6 1 - 1 9 1 9 ) va ishini 
m aqbullashtirish uchun s tandart harakatlarni qo'llab ayrim ishlar- 
ni bajarish usullarini taklif etgan Frenk Gilbert (1 868-1924) salmoqli 
hissa qo'shgan.
Shuningdek, m en ejm en t nazariyasiga fransuz muhandisi Anri 
Fayol m uhim hissa qo'shgan, u m en ejm en t vazifalarini, m aqbul­
lashtirish - oldindan k o ‘ra olish, tashkil etish, buyurish, kelishuv, 
n a z o ra t qilishga t e n g l a s h t i r g a n . 1916-yilda u n in g «U m um iy va 
sanoat boshqaruvi», 1924-yilda «Mehnatni ilmiy tashkil etish» va 
«Ijobiy m enejm ent» asarlari chop etildi.
Genri Ford ishlab chiqarish korxonalarini boshqarishning tash- 
kiliy-texnikaviy tamoyillarini y aratgan. Fordizm faqat m en ejm en t 
texnikasi va tashkil etish rivojlanishida emas, balki m eh n at unum- 
dorligi o'sishida ham yangi bosqich boldi. Ford ham Teylor sin- 
gari kam x a ra ja t bilan yuqori m e h n a t unum d o rlig ig a erishishni 
m aqsad qilib qo ‘ygan bo‘lsa-da, unga boshqa y o ‘l bilan erishishga 
harakat qildi. Teylor inson mehnatini tashkil etishga alohida e ’tibor 
bergan bo'lsa, Ford texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni tako- 
millashtirishga e ’tibor bergan.
S h u n d a y qilib, Teylor va u n in g izdoshlari burjua boshqaruv 
nazariyasi rivojlanishining m e n e jm e n t konsepsiyasi vujudga kel- 
gan X IX -X X asrlar chegarasidan XX asrning 20-yillarigacha davom 
etgan davrni qam rab olgan birinchi bosqichi namoyandalaridir.
XX 
asrning 20-yillaridan m enejm ent rivojlanishining yirik kapi- 
ta listik ishlab chiqarish ehtiyojlariga a so slan g a n yangi bosqichi 
boshlandi. N a z a riy o tc h ila r Teylorizmni n isb atan m o s la sh u v c h a n
tizim bilan a lm a s h tirish g a h a ra k a t qildilar. U lar m e n e jm e n tn in g
40


sotsiologik va psixologik jihatlariga e ’tibor berib, ularni ilmiy m e ­
n ejm ent tarkibiga kiritdilar.
«Klassik» m aktabga xos b o ‘lgan inson omilini hisobga olmas- 
lik, kishilar faoliyati sabablariga soddalashtirisn nuqtai nazaridan 
yondashish amerika m en ejm en t nazariyasida yangi yo'nalish - «in­
son m u n osabatlari» m aktabi vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Bu 
yo'nalishning asoschilari - amerikaliklar E. Meyo, F. Rotlisberger, 
Dj. Lizli va boshqaiardir.
G arvard univ ersiteti professori E. M e y o «inson m u n o s a b a t ­
lari» nazariyasini ilgari surdi. U ning g'oyalari mohiyati shunda-ki, 
m eh n at jarayonida psixologik va ijtimoiy omillar yetakchi ahamiyat- 
ga ega. Shu sababli, M eyoning fikriga k o ‘ra, ishlab chiqarish va 
m e n e jm e n tn in g barcha m uam m olariga inson m unosabatlari nuqtai 
nazaridan qarash lozim. Bu nazariya insonning m a ’lum ijtimoiy va 
psixologik ehtiyojlarini qondirish yo'li bilan uni y a n a d a unum li 
m ehnat qilishga rag‘batlantirishi mumkin degan g ‘oyaga asoslangan.
Bu m a k t a b n i n g y a n a bir n a m o y a n d a s i D. M a k G re g o rn in g
m enejm entni tashkil etishga 2 xil yondashuvi mavjud:
- m ajburlash va r a g ‘batlantirish usullari;
- tashabbuskorlik va mustaqillikni iloji boricha nam oyon qilish 
uchun sharoit yaratish.
Bu n a z a riy a n in g asosiy jihati shunda-ki, «inson m u n o s a b a t ­
lari» maktabi vakillari ijtimoiy m uammolarni butun jamiyat miqyosi- 
da em as, balki alohida korxona miqyosida hal etadilar. M e h n a t- 
kashlar ijtimoiy 

Yüklə 8,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin