Din sotsiologiyasi



Yüklə 1,43 Mb.
tarix17.05.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#115667
Taqdimot

Din sotsiologiyasi.

Tayyorladi:Dehqonov Hasan.

Qabul qildi: Musurmonov Nodir.

Reja:

Din.

  • Din (arabcha: دين — „eʼtiqod“, „ishonch“, „itoat“) jamoat tomonidan shifrlangan qadimiy yozuvlar, mifologiya va rituallarga qatʼiy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar toʻplamidir[1]; shuningdek, shaxsiy e’tiqod hamda mistik kechinmalardan iborat boʻlishi ham mumkin. „Din“ atamasi ham jamoat eʼtiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan bajariluvchi rituallarga qoʻllanadi
  • Ijtimoiy hayotning muhim jabhasi bo‘lgan din va diniy e’tiqod masalasi sotsiologiya fanining muhim ob’etklaridan biri hisoblanadi. Sotsiologiya jamiyat hayotini o‘rganar ekan, shu hayotning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan va ayni paytda unga kuchli ta’sir o‘tkazuvchi omil – din doimo uning diqqat markaziybo‘lgan. Sotsiologiya fanining asoschisi hisoblanuvchi O. Kont jamiyat taraqqiyotini davrlarga bo‘lar ekan, asosiy mezonlaridan biri sifrtida dinga murajat qiladi. Uning tasnifida insoniyat o‘z rivojida uch bosqichni bosib o‘tadi. Bular quyidagilar; teologik, metafizik, va ilmiy bosqichlar. Kont firicha, har uchala bosqichda ham din muayyan rol o‘ynaydi.

Dinlar tasnifi.

  • Din sotsiologiyasi XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllandi. Din sotsiologiyasining shakllanishi M.Veber nomi va ilmiy faoliyati bilan bog‘liq. Maks Veber din va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekan umuman din to‘g‘risida emas, muayyan davrdagi muayyan din yoki diniy oqim to‘g‘risida fikr yuritiladi.
  • Dinning o‘ziga xos belgilari:
  • 1. Muayyan e’tiqod va ta’limotning mavjudligi. Har bir din dunyoni o‘z nuqtai nazariga izohlaydi va ishonuvchilarda muayyan e’tiqod shakllantiradi.
  • 2. Marosim va rasm-rusmlar. Har bir din o‘ziga xos marosim va rasm-rusumlarga ega.
  • 3. Diniy marosim va rasm-rusumlarning muayyan qismi faqat belgilangan joylarda jamoa bo‘lib bajarilishi.
  • Dinning dastlabki koʻrinishlari fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlik va b.dir. Shuningdek, urugʻqabila dinlari, milliy dinlar (iudaizm, hinduiylik, sintoizm, daosizm, konfutsiychilik), jahon dinlari (buddizm, xristianlik, islom) vujudga kelgan. Din avvaliga koʻpxudolik (poli-teistik), soʻngra yakkaxudolik (monoteistik) koʻrinishida boʻlgan. Har bir din diniy dunyoqarash, diniy marosim, diniy tuygʻu va sigʻinish obʼyektlarini oʻz ichiga oladi. Har qanday jamiyatda din maʼlum ijtimoiy, maʼnaviy va ruhiy vazifalarni bajaradi.

Fuqarolik dini.

  • XX asro‘rtalarida sotsiologiya fanida “fuqarolik dinlari” tushunchasi paydo bo‘ldi. Bu tushuncha ilohiy kuchlar va hodisalarga emas, ijtimoiy tumushidagi narsa-hodisalarga sig‘inishni anglatadi. Masalan, Buyuk Britaniya, AQSh kabi mamlakatlarda bayroq, madhiyaga cheksiz hurmatni, taxtga o‘tirish va innaugurasiya marosimlarini bu tushuncha tarafdorlari diniy marosimlar bilan tenglashtiradilar. Sobiq Sovet Ittifoqida Marks, Engels, Lenin shaxslari amalda ilohiylashtirilgan edi. Ular sha’niga, ayniqsa, Lenin sha’niga biror taniqdiy gap aytish man qilingan, ularning ishlari va gaplarini faqat madh etishga ijozat berilgan edi. Bu hodisalar XX asr ikkinchi yarimida diniy sotsiologiya yo‘nalishlarida fuqarolik dinlari, deb ataladi.

Islom dini

  • 1. Kalimai shahodat
  • 2. Namoz o’qish
  • 3. Ro’za tutish
  • 4. Zakot berish
  • 5. Haj qilish

Xristian dini

  • Manbalarning xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Shu bois yahudiylikning xristianlikning shakllanishida yaxudiylikning ta’siri salmoqli bo’lgani, shubhasiz. Xristianlikning asosiy g’oyasi – Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bo’lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.
  • Keyinchalik bu ta’limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki xil – odam va xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya’ni Isoning o’zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqidagi ta’limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik Ota-Xudo, o’g’il-Xudo va Muqaddas Ruh – Uch yuzlik Xudo (Trinity) to’g’risidagi ta’limotni, jannat va do’zax, oxirat, Isoning qaytishi haqidagi va boshqa aqidalarni o’z ichiga oladi.

Buddaviylik dini.

  • Ta'limot qisqacha bayoni :
  • 1 - azob uqubat mavjud
  • 2 - azob uqubat sababi - istak mavjud
  • 3 - azob uqubat tugashi - nirvana mavjud
  • 4 - azob uqubat tugashiga olib keluvchi 8 bosqichli yo'l mavjud

E’tiboringiz uchun tashakkur.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin