Muammoliseminarningboshqaruvdastaklari Boshlovchi barcha vazifalarni o‘ziga oladi – munozara bosqichlarini boshqarish, javoblarning asoslanishi va to‘g‘riligini tasdiqlash, qo‘llangan ibora va tushunchalarni aniqlash, munosabatlarni to‘g‘ri qo‘llash va taqdimotlarning taqsimotini to‘g‘ri boshqarish.
Taqrizchi – tomonlarning ma’ruzalarini yo‘nalishlar bo‘yicha belgilash va to‘liq xarakterda baholash: dolzarbligi, ilmiy jihati, mantiqiyligi va masalalarning aniq qo‘yilganligi, xulosalarning aniq ko‘rsatilishi.
Raqib – qabul qilingan tadqiqot o‘rtasida raqobatchilik jarayonini shakllantiradi. U faqatgina ma’ruzachining asosiy holatini tanqid qilish emas, shu bilan birgalikda, uning aytgan fikrlaridan zaif yoki xato tomonlarini topish
hamda o‘zining hal qiluvchi fikrlarini taklif qilishi ham mumkin.
Ekspert– barcha munozaralarning, jumladan, munozara qatnashchilari tomonidan aytilgan fikrlarning, qilingan xulosalarning, taklif va taxminlarning
samaraliligini baholaydi.
Munozarareglamentinio‘tkazishtartibi Boshlovchi ma’ruza mavzusi va ma’ruzachilarning taqdimot-larini e’lon qiladi.
Ma’ruza 5 daqiqa davom etadi.
Taqrizchi – 2 daqiqa.
Raqib – ma’ruza mavzusi bo‘yicha fikrlarini 1-3 daqiqa taqdim etadi.
Jamoa bo‘lib muhokama qilish – 5-10 daqiqa.
9.2-ilova Muhokamauchunsavollar Naqd pullar va depozitlar.
Tijorat banklari tomonidan “pul massasining yaratilishi”.
Depozitlarni majburiy zahiralash normasi.
Bank multiplikatori.
Pul bazasi. Pul multiplikatori.
Pulning likvidliligi egri chizig’i (LM)- Xansen modeli.
Pul massasining ko’payishi va yalpi taklifning oshishi