Dinamik makroiqtisodiyot fanidan amaliy mashgulotlar otkazish boyicha uslubiy
«Davra suhbati»
«Davra suhbati» amaliyot darsining faol shakli hisoblanadi.
Talabalar tavsiya etilgan adabiyotlar ustida ishlashlari va erkin muhokamada, o‘rtoqchilik bahslashishda rejada ko‘rsatilgan savollarni muhokama qilib, o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishlari lozim.
Qo‘yilgan savollar-muammolarni muhokamasini bank, moliya va soliq organlarining faoliyati bilan bog‘lab, ko‘rilishi talab qilinadi.
“Davra suhbati”ni erkin vaziyatda o‘tkazish, talabalarni o‘zaro bemalol fikr almashishini tashkil qilish, ularning faolligini oshirish maqsadida darsni o‘qituvchi emas, talabalar guruhi tomonidan demokratik ravishda saylangan, tasdiqlangan yetakchi olib boradi.
“Davra suhbati”ga oldindan tayyorgarlik ko‘riladi, kerak bo‘lsa, o‘qituvchilar o‘tkazadi.
O‘qituvchi guruh yetakchisi dars olib borish uchun ham mazmunan, ham uslubiy nuqtai nazardan tayyorlaydi.
“Davra suhbati”ni yetakchi qisqacha kirish so‘zi bilan boshlaydi. Talabalar rejada ko‘rsatilgan savollarni navbat bilan ko‘rib chiqadilar. So‘zga chiqqan talaba guruh a’zolaridan tushgan savollarga javob beradi.
Har bir muhokamaga qo‘yilgan savol bo‘yicha asosiy so‘zga chiqqan talabadan tashqari boshqalar qo‘shimcha yoki tanqidiy chiqishlar qilishlari mumkin.
Guruh yetakchi har bir muhokama qilinayotgan savol bo‘yicha oxirida qisqa xulosalar chiqaradi.
Darsning yuqori samarali bo‘lishi uchun imkoniyat boricha muhokamada ko‘proq talabalar ishtirok etishlari lozim.
“Davra suhbati”ning oxirida yakuniy so‘z bilan o‘qituvchi chiqadi. O‘qituvchi talabalarni so‘zga chiqishlarini xulosalaydi va noto‘g‘ri chiqishlar bo‘lgan bo‘lsa, ularni to‘g‘rilab o‘tadi, masalaning mohiyatini oxirigacha ochib beradi, yoritilmay qolgan savollarni yoritadi.
Dars oxirida davra suhbati ishtirokchilariga ball qo‘yiladi.
Yuqorida keltirilgan uslublarni qo‘llash bo‘yicha amaliyot rejasida har savol oxirida ko‘rsatmalar beriladi, ya’ni qaysi masalani qanday usulda muhokama qilish ma’qulligi ko‘rsatiladi.