Dinamik makroiqtisodiyot



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə35/39
tarix05.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#125043
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Dinamik makroiqtisodiyot fanidan amaliy mashgulotlar otkazish boyicha uslubiy

Mustaqil ish


Talabalar dasturda belgilangan hajmda bilim olishlari talab qilinadi, ammo dars soatlari chegaralangani uchun ular hamma kerakli mavzularni darsda o‘zlashtirib ulgurmaydilar. Dars jarayonida olib ulgurulmagan bilimlarni
mustaqil ishlash orqali o‘zlashtiriladi. Talabalar fan dasturida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha ball to‘plashlari zarur, buning uchun esa mustaqil ish topshiriqlarini bajarishlari topshiriq tariqasida, albatta yakuniy testlarga kiritiladi. Mustaqil ish 2 qismli bo‘ladi: 1) mustaqil ravishda referat yozish; 2) mustaqil ravishda dasturda tavsiya etilgan masalalarni o‘rganib chiqish. Mustaqil ishlash jarayonida talabalar belgilangan topshiriqlarni, adabiyotlarni qunt bilan o‘rganish asosida bajarib, bilimlarini to‘ldiradilar. Mustaqil ishni bajarilishiga qarab (referatlarni inobatga olgan holda) talabalarga ball qo‘yiladi.


    1. Amaliy mashg‘uloti davomida aqliy munozara shaklida o‘tkaziladigan ishchi o‘yinning qoidalari


Aqliy munozara shaklida o‘tkaziladigan ishchi o‘yinning barcha qatnashchilari 3 (2) ishchi guruhga va 1ta ekspertlar guruhiga bo‘linadi.


Har bir guruh o‘qituvchi tomonidan topshiriq oladi.
Har bir guruhga yordam tariqasida tegishli yo‘nalishlarni amalga oshirishni tezlashtirish yuzasidan taxminiy tadbirlar rejasi beriladi.
Har bir guruhning asosiy vazifasi yuqoridagi 10 ta savoldan iborat tadbirlarni ishlab chiqishdan va uni barcha Amaliyot qatnashchilari oldida taqdimot tarzida himoya qilishga tayyorlashdan iborat.
Taqdimotni tayyorlashga 5 daqiqa va uni himoyasiga ham 5 daqiqa ajratiladi.
Ishlab chiqilgan tadbirlarning taqdimoti ma’ruzaning asosiy qismidan keyin o‘tkaziladi va boshqa guruh a’zolari tomonidan to‘ldiriladi.
Ishchi guruhlar taqdimot o‘tkazganidan keyin bosh ma’ruzachi aqliy munozara natijalarini umumlashtiradi, ekspert guruhi a’zolari esa, har bir taqdimotni baholagan holda, g‘olibni aniqlaydilar.
Ishchi guruhlar tomonidan tayyorlangan taqdimotni baholashning asosiy mezonlari quyidagilardan iborat:

  1. Taqdimotdan olingan umumiy taassurot.

  2. Tanlangan tadbirlar rejasining istiqbolligi;

  3. Muammoni yechimiga kompleks yondashuv;

  4. Tanlangan savollarning dolzarbligi;

  5. Muammoning yechimiga ishtirokchilar yondashuvining yangiligi;

  6. Belgilangan chora-tadbirlarning o‘zaro bog‘liqligi;

  7. Belgilangan chora-tadbirlarning aniq bayon qilinganligi;

  8. Savol qo‘yilishining kengligi;

  9. Taqdimot jarayonining jonliligi;

  10. Tadbirlarni ishlab chiqishda jamoaviylik. Har bir mezon 0,5 balldan baholanadi.

Guruhlar taqdimoti eng yuqori balli – 5 ballni tashkil etadi.



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin