Dinamik makroiqtisodiyot


Kichik guruhlarda ishlash



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə31/39
tarix05.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#125043
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Dinamik makroiqtisodiyot fanidan amaliy mashgulotlar otkazish boyicha uslubiy

Kichik guruhlarda ishlash. Bunda tinglovchilar 3-5 kishilik guruh hosil etadilar. Har guruh mustaqil topshiriq olib, uni birgalikda bajaradi va ishlash natijalarini katta guruh oldida bayon qiladi, har xil natija olinganda, bu asoslab beriladi, boshqa guruhlar bilan bahs qilinadi. Kichik guruhda tinglovchilar bir- biridan o‘rganadi. Kichik guruhda ishlash uchun nazariy muammo, misol va masala yechish, topishmoqqa javob topish, qo‘yilgan aniq muammoni yechish, grafiklar tuzish, jadvallarni to‘ldirish kabilar bo‘lishi mumkin.

Vaziyatli videolavhalar tahlili


Telelavhalar iqtisodiy faoliyatga bag‘ishlangan sahnalar va kino kadrlardan iborat bo‘lib, badiiy-ilmiy materiallarni qamrab oladi. Ularda badiiy obraz orqali iqtisodiy jumboqlar qo‘yilgan, iqtisodiy yechimlar va amaliy xatti- harakatlar tasvirlangan. Badiiy lavhalar mavzularga qarab ekranda namoyish etiladi, har lavha so‘ngida savollar qo‘yilgan, ularga javobni talabalar topishlari kerak.
Bunda o‘qituvchi lavhalarda qanday muammo qo‘yilganligiga urg‘u beradi, shu bilan birga, qabul qilingan qarorlar to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqidagi masala o‘rtaga tashlanadi, agar xato bo‘lsa, u nimadan iborat degan savolga e’tibor beriladi. Tinglovchilar o‘z fikr-mulohazasini bildirib, bahslashadi, ular kichik guruhlarga bo‘linib, boshqa guruh bergan javobni sharxlaydi, to‘g‘ri va noto‘g‘ri ekanligini asoslaydi. O‘qituvchi bahslar yuzasidan ajrim qiladi. Telelavhalar ketma-ket mavzusiga qarab bahs usulida tahlil etiladi. Lavhalar tahlilining kengligi va chuqurligiga qarab, unda ishtirok etgan talabalarga ball beriladi va u jurnalda qayd etiladi.


Savol-javob va suhbat


Amaliy mashg‘ulot o‘tkazishning eng tarqalgan shakli. Bunda Amaliyot rejasida ko‘riladigan masalalar yuzasidan o‘qituvchi qo‘ygan savollarga talabalar javob berishadi. Yirik savollar bilan birgalikda mayda savollar ham o‘rtaga tashlanadi, ularga ixtiyoriy ravishda javob beriladi, javoblarga tanqidiy e’tirozlar ham tinglanadi, savollar yana boshqa javoblar bilan to‘ldirib boriladi. Darsda talabalar o‘qituvchi oldiga ham savol qo‘yadilar. Savollar yechilmay qolgan taqdirda ular yuzasidan o‘qituvchi suhbat o‘tkazadi. Savol-javoblar natijasiga qarab, talabalarga ball qo‘yiladi.



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin