Dinamik makroiqtisodiyot fanidan amaliy mashgulotlar otkazish boyicha uslubiy
Referat yozish yuzasidan tavsiyalar
Referat mustaqil ishning muhim bo‘g‘inidir, uning mazmuni va o‘z vaqtida yozib topshirilishiga qarab talabalar bilimi ball bilan baholanadi. Odatda, har bir referat uchun, agar u yaxshi yozilgan bo‘lsa 5, eng ko‘pi 10 ball beriladi. Ballni ko‘proq olish uchun 2-3 ta referat yozish mumkin emas. Referatlar umumnazariy yoki yirik iqtisodchilarning taniqli asarlari yuzasidan yoziladi. Referatlar mavzularidan qaysi birini tanlab olish talaba ixtiyorida bo‘ladi.
Talaba referat mavzusini bo‘lg‘usi dissertatsiyasi yoki o‘zi qiziqqan masalaga yaqin qilib tanlab olgani ma’qul. Ammo tanlangan mavzular bir-birini takrorlamasligi zarur, lekin ayrim asarlardan yoziladigan referatlar bundan mustasnodir.
Umumnazariy mavzudagi referatlar ro‘yxati o‘zgartirib va to‘ldirilib boriladi, shu bois rasmiy ro‘yxatda bo‘lmagan mavzuda ham referat tayyorlash mumkin, ammo yangi mavzu o‘qituvchi tavsiyasiga binoan yoki uning roziligi bilan tanlab olinadi. Mavzu aniq bo‘lgach, talaba mustaqil ravishda unga oid adabiyotlarni o‘rganib chiqadi.
Umumnazariy tusdagi referatlar yozilganda faqat yirik kitob va risolalar emas, balki jurnal maqolalari, turli tashkilotlar tayyorlagan to‘plamlar, statistika ma’lumotlari ham o‘rganiladi. Mavzu bilan tanishilgach, referatning rejasi tuziladi va o‘qituvchi bilan kelishiladi.
Rejaga binoan qo‘lda yozilgan referat belgilangan vaqtda o‘qituvchiga topshiriladi. Referat kech topshirilsa, unga beriladigan ball kamaytiriladi. Yuqori ball olish uchun referatni sermazmun qilib va o‘z vaqtida tayyorlash kerak. Topshirilgan referat vaqti ko‘rsatilgan holda kafedra jurnalida qayd etiladi. Referatni Amaliyot mashg‘uloti o‘tkazuvchi o‘qituvchi tekshirib chiqadi, uning mazmuni, vaqtida topshirilishi va qanday shaklda rasmiylashtirilishiga qarab, ball qo‘yib chiqadi va uni referatning bosh betiga yozib, o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Referatning asosiy mazmuni Amaliyot mashg‘uloti chog‘ida uning muallifi tomonidan bayon etilishiga yo‘l beriladi. Eng yaxshi referatlar konferensiyalarga tavsiya etiladi.