Insert – samarali o‘qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o‘qib -o‘rganishda yordam beradi. Bunda ma’ruza mavzulari, kitob va boshqa materiallar oldindan talabaga vazifa qilib beriladi. Uni o‘qib chiqib, «V; +; -; ?» belgilari orqali o‘z fikrini ifodalaydi.
(v) – men bilgan narsani tasdiqlaydi. (+) – yangi ma’lumot.
(-) – men bilgan narsaga zid.
(?) – meni o‘ylantirdi. Bu borada menga qo‘shimcha ma’lumot zarur.
4.3-ilova
Nazoratsavollari: Inflyatsiyaning mohiyati faqatgina muomaladagi pul massasining ortiqchaligi bilan izohlanishi to’g’rimi?
Inflyatsiyani tushuntirib berishga keynchilarning va neoklassiklarning yondoshuvlari qanday farq qiladi?
Inflyatsiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari qanday?
Talab inflyatsiyasi qanday sodir bo’ladi?
Taklif inflyatsiyasiga izoh bering?
Fillips egri chizig’i qaysi ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatadi? Bu bog’liqlik qanday tavsiflanadi?
Aksilinflyatsiya siyosatining mohiyatini tushuntirib bering.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida inflyatsiga qarshi kurash siyosatining xususiyatlari nimada?
Tavsiya etilgan adabiyotlar
Prezident Islom Karimovning 2015 yil 16 yanvardagi Mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi /Халқ сўзи газетаси, 17 январ/
I.A.Karimov. “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” – Toshkent: «O’zbekiston», 2010. – 34- 50 b.
Axmedov D.Q., Ishmuxamedov A.E., Jumaev Q.X., Djumaev Z.A. Makroiqtisodiyot. - T.: «O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining Adabiyot jamg’armasi nashriyoti», 2004 - 240 b.
Vahobov A.V., Abdullaev Yo.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari asarini o’rganish bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanma. T: “IQTISOD - MOLIYA”, 2009