Ma`lumotlarga ko`ra, dunyoda 10 mingdan ortiq din mavjud. Salkam 8 milliardni tashkil etuvchi jahon aholisining etnik tarkibiga nazar solsak, ikki mingga yaqin millat va elatdan iborat ekaniga guvoh bo`lamiz. Qiziq millatlar sonidan ham ko`p bo`lgan dinlar qanday yuzaga kelgan. Bu borada nazariyada qanday faktlar va tarixiy ma`lumotlar bor. Ushbu maqolada shu xususda olib borgan izlanishlarimizni jamladik.

Fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil qarash mavjud. Birinchi qarashga ko`ra dinning paydo bo`lishi bevosita insoniyatning yaralishi bilan bog`liq. “Teologik yondashuv” ya`ni birinchi qarashga ko`ra, Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga O`zini tanitgan, natijada inson ilk dinga e`tiqod qila boshlagan. Bugun mavjud bo`lgan har qanday din o`zining tarixini insoniyat yaralishi – ilk inson bilan bog`lashini ko`rishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida – Odam va Havvo, yahudiylik va xristianlikda – Adam va Eva, zardushtiylikda – Govmard va boshqalar. Mazkur ta`limotlar dinlarning muqaddas manbalarida bayon qilingan
Raqamlarga murojaat qilsak, bugun eng ko`p tarafdorlarga ega dinlar 5 ta bo`lib, ular Islom, Xristianlik, Yahudiylik, Buddaviylik, Hinduizm sanaladi. Diniy e`tiqod mavzusi shaxsiy va erkin tanlovga asoslangan huquq bo`lishiga qaramay, bu borada turli-tuman statistikalar e`lon qilib boriladi. O`tgan 2021 yilgi raqamlarga ko`ra, xristianlik eng ko`p tarqalgan din bo`lib, unga dunyo bo`yicha 2,38 milliard kishi e`tiqod qiladi. Islom diniga e`tiqod qiluvchilar soni esa bugungi kunda 1,91 milliardni tashkil etmoqda. Hinduiylikka sig`inuvchilar soni esa 1,16 milliardga teng. Bu din tarqalish darajasi bo`yicha jahonda uchinchi o`rinda. Buddizmga esa esa 507 million kishi e`tiqod qiladi. Navbatdagi eng keng yoyilgan din yahudiylik bo`lib, unga e`tiqod qiluvchilar soni 14,6 million kishini tashkil etadi. Keling, endi eng ommalashgan ushbu besh dinning paydo bo`lish tarixiga nazar solsak.

1. Demak, izdoshlari soni bo`yicha dunyoda birinchi o`rinda turadigan Xristianlik (yunoncha christos – «muqaddas yog` surtilgan», «xaloskor») milodning I asrida Falastinda yuzaga kelgan. Xristianlik ta`limotining paydo bo`lishi Iso Masih shaxsi bilan bog`liq. Iso shaxsi haqidagi munozaralar fanda mifologik va tarixiy maktablarning paydo bo`lishiga olib kelgan. Mifologik maktab vakillari Isoni to`qima obraz sifatida bilishsa, tarixiy maktab tarafdorlari uning real shaxs bo`lganiga ishonch bildirishadi.