Dinshunoslik” fanining O‘quv-uslubiy majmuasi ta’lim yo‘nalishi



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə11/204
tarix22.09.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#146953
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   204
Dinshunoslik MAJMUA 2023 tayyor

5-reja bayoni. Dinlarning tasnifi. Ibtidoiy eʼtiqodlar.
Dinlar tasnifi. Kishilar turmush tarzidagi va jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar insoniyatning diniy ishonch, e’tiqod haqida ham ma’lum evolyusiyaning yuz berishiga sabab bo‘lgan. Ana shu asosda turli din shakllari yuzaga kelgan. Bular urug‘-qabilachilik (ibtidoiy) dinlari, milliy dinlar va jahon dinlari. Shu bilan birga dinlar mazmun va mohiyatiga ko‘ra politeistik (ko‘p xudolik) va monoteistik (yakka xudolik) dinlariga ham bo‘linishini qayd etish lozim. Xozirda jaxon dinlari bo‘lmish Zardo‘shtiylikka sayyoramiz axolisining 130 mingga yaqini, Buddaviylikka 800 million, Xristianlikka 2 milliard, Islomga 2 milliarga yaqin e’tiqod qilishi rasmiy ma’lumotnomalarda qayd etilgan. Dinshunoslik nuqtai nazaridan din shakllarini quyidagicha tasniflash va ularni shu tartib asosida o‘rganish maqsadga muvofiq.
Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari (klassifikatsiyasi) mavjud:

  1. Tarixiy geografik jihatga ko’ra turlari

  2. Etnik jihatga ko’ra turlari

  3. E’tiqod qiluvchilar soniga ko’ra turlari

  4. Hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o’lik diniy tizimlar) va h.k.

Ularning har birini izohlab chiqamiz.
Tarixiy geografik jihatga ko’ra turlari O’rta Yer dengizi havzasi dinlari: Yunon Rim Illinistik Qadimiy Yaqin va O’rta Sharq dinlari. Misr Shumer Akkat G’arbiy Somiy Islomgacha Arablar dinlari Yaqin va O’rta Sharqning payg’ambarlik dinlari: Zardushtiylik Yaxudiylik Xristianlik Islom Hindiston dinlari Vedalar Braxmanizm Hinduizm Xind Buddizmi Jaynizm Sharqiy va JAnubiy Sharqiy Osiyo dinlari Shirilanka Tibbet Janubiy Sharqiy Osiyo havzasi Buddizmi Xitoy dinlari (daosizm, konfutsiylik, buddizm maktablari)Koreya va Yaponiya dinlari Amerika xindulari dinlari Toltek va Astekla dinlari Inklar dinlari Mayalar dinlari.
Etnik tasnifga ko’ra turlari Urug’ qabila dinlari: Totemizm, Fitishizm, Animizm, Shomanizm, Sehrgarlik. Milliy dinlar: Ma’lum bir xalq millat, e’tiqod qiladigan boshqa xalqlar o’rtasida keng tarqalmagan dinlarga aytiladi, Yahudiylik, Vedalar, Braxmanizm, Xinduizm, Sintoizm, Daosizm, Konfutsiylik va boshqalar.
E’tiqod qiluvchilar soniga ko’ra turlari Jahon dinlari: Jahon xalqlari ichida keng tarqalgan dinlarga aytiladi, Buddaviylik, Zardushtiylik, Xristianlik , Islom. Rasmiy ma’lumotga ko’ra hozirda Buddaviylikka 80 mamlakatda 700 mln ; Xristianlikka 254 mamlakatda 2 mlrd.dan oshiq; Islom diniga 172 mamlakatda 1.6 mlard kishi e’tiqod qiladi.
Ta’limotiga ko’ra tasnif (klassifatsiyasi) Dunyoviy dinlar – odamlar tomonidan yaratilgan ta’limotlarga asoslanadi. Vedalar, Braxmanizm, Xinduizm, Sintoizm, Daosizm, Konfutsiylik va boshqalar. Ilohiy dinlar –Alloh tomonidan berilgan ilohiy kitoblarga asoslanadi. Iudaizm, Xristianlik, Islom.
Monoteistik dinlar – yakka xudolikka asoslangan dinlar.Iudaizm, Zardushtiylik, Xristianlik , Islom.
Politestik dinlar – ko’p xudolikka asoslangan aytiladi. Buddaviylik, Vedalar, Braxmanizm, Xinduizm, Sintoizm, Daosizm, Konfutsiylik.
Ibtidoiy dinlar. Ibtidoiy odamlar hozirgi davrdagi singari to'la shakllangan diniy sistemaga ega bulmagan. Ularda boshlang'ich diniy tasavvurlargina bulgan, xolos. Dinning ana shunday ibtidoiy shakllari urug'chilik tuzumi shakllanayotgan davrda paydo bulgan.
Ibtidoiy odamlarning diniy e'tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, shomonliq magiya(sehrgarlik) shakllarida tarqalgan; ularning elementlarim hozirgi zamon dinlarida ham uchraydi.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin