«Keys-stadi» metodi. «Keys-stadi» - inglizcha so‘z bo‘lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «stadi» – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Kim? (Who?), Qachon? (When?), Qayerda? (Where?), Nima uchun? (Why?), Qanday?/Qanaqa? (How?), Nima? (What).
“Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari
1-bosqich: Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishtirish
yakka tartibdagi audio-vizual ish;
keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media shaklda);
axborotni umumlashtirish;
axborot tahlili;
muammolarni aniqlash
2-bosqich: Keysni aniqlashtirish va o‘quv topshirig‘ini belgilash
individual va guruhda ishlash;
muammolarni dolzarblik iyerarxiyasini aniqlash;
asosiy muammoli vaziyatni belgilash
3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o‘quv topshirig‘ining еchimini izlash, hal etish yo‘llarini ishlab chiqish
individual va guruhda ishlash;
muqobil еchim yo‘llarini ishlab chiqish;
har bir еchimning imkoniyatlari va to‘siqlarni tahlil qilish;
muqobil еchimlarni tanlash
yakka va guruhda ishlash;
muqobil variantlarni amalda qo‘llash mkoniyat-larini asoslash;
ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;
yakuniy xulosa va vaziyat еchimining amaliy aspektlarini yoritish