Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 4,2 Mb.
səhifə21/42
tarix09.09.2023
ölçüsü4,2 Mb.
#142146
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
dinshunoslik 14

PRAVOSLAVIYE. Xristianlikning arqiy tarmog'i bo'lmish pravoslaviyening rivojlanishi jarayonida 15 mustaqil (avtokefal) cherkovlari: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Rus, Gro'ziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Albaniya, Polsha, Chexoslovakiya, amerika chorkovlari shakllangan.
O'zining ahamiyatiga ko'ra pravoslav dunyosida beshinchi bo'lgan, lekin muxlislari soni jihatidan birinchi bo'lgan rus pravoslav cherkovi X-XI asrlarda vujudga kelgan. Rusning xristianlashuvi darrov amalga oshgan ijtimoiy jarayon bo'lmay, bir necha asr davom etgan ziddiyatli tarixiy xodisa edi.
Pravoslaviyening Markaziy Osiyo axolisi orasiga kirib kelishi XVI-XIX asrlarga to'g'ri keladi. Avval savdo-sotiq keyin bu mintaqa xalqlarini mustamlakaga aylantirishdan iborat bo'lgan harbiy harakatlar jarayonida u kirib kelgan. 1870 yili Pokrovsk monastiri qoshida missionerlik jamiyati tashkil qilingan. Jamiyat a'zolari maxalliy millatlarga mansub axoli orasida, garchi jiddiy natijalarga ega bo'lgan bo'lmasa ham, xristianlik bilan bog'liq katta targ'ibot ishlarini olib borganlar. Shu maqsadda 1844 yili «Karomat ko'rsatuvchi Nikolayning hayot yuli» nomli risolani qirg'iz tiliga tarjima qildilar va chop etdilar, maxsus diniy maktablar ochildi. 1872 yili Rus pravoslav cherkoviga qarashli Turkiston (keyinchalik Toshkent, Urta Osiyo, yeparxial g'boshqarmalari ochildi Toshkent va O'rta Osiyo yeparxial boshqarmasi (unga 22 diniy jamoa bo'ysunadi) ham mustaqil jumhuriyatlarda vijdon erkinligi talablariga rioya qiladigan tadbirlar o'tkazmoqda, xalqlar o'rtasida osoyishtalik qaror toptirish uchun harakat qilmoqda.
Pravorslaviyening ijtimoiy, siyosiy qarashlarini va dindorlarning diniy onglari bilan bog'liq hamma o'zgarishlar ularning dunyoqarash mavqelarini majburan o'zgartirishlariga olib bormaydi. Zero, rusga xristianlik kirib kelishining ming yilligini tantanali tarzda bayram qilinishining o'zi jamoatchilikni keng doiralari orasida muayyan taassurot qoldirdi.
PROTESTANTLIK bu ham xristianlikdagi yana bir yunalish bo'lib, katolisizm va pravoslaviyedan farqli o'laroq, diniy qarashlar jihatidan ham, cherkovlar orasidagi munosabatlar jihatidan ham bir xil bo'lmagan yo'nalishlarni faqatgina kelib chiqishi jihatidan bir-birlari bilan, XVI asrdagi yangilanish harakati bilan bog'liq bo'lgan ko'pgina diniy jamoalar, cherkovlar, mazhablarni yuzaga keltirgan. Protestantlik xudojo'ylikning asosiy talabini dinda odamning tashqi ko'rinishidan ichki hayotiga olib utdi va uni ixtiyoriy diniy ishonch bilan bog'ladi. Protestantchilik Bibliyaga sig'inishning o'ziga xos shaklini qaror toptirdi. Bu bilan protestant islohotchilari dastlabki xristianlikning oliy maqsadlarini, yuksak orzularini qayta tiklash, uni keyingi davr cherkovlari «bo'zishlaridan» xalos qilishga intildilar.
Protestantlik diniy marosimlarning ko'pchiligini bekor qilgan.O'lganlarga bag'ishlab duo o'qish, aziz- avliyolarga sig'inish, ular sharafiga turli-tuman bayramlar o'tkazish, mukaddas murdalarga, sanamlarga topinishlar bekor qilingan.ibodat uylari ortiqcha bezaklardan, mehrob, sanam, haykallardan xoli qilingan; monostirlar va monaxlikdan ham voz kechilgan, ruhoniylarning uylanmaslik sharti bekor qilingan. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharhlash har bir xudojo'yning eng muhim burcha bo'lib qoldi.
Lyuteranliq anabaptizm, anglikanliq kalvinizm, svingchilik protestantlikning ilk shakllari bo'lgan. Keyinchalik «sunggi protestantlik» umumiy nomi bilan ma'lum bo'lgan bir qancha diniy oqimlar, tashkilotlar pay bo'lgan.
Hozirgi kunda Markaziy Osiyodagi protestantlik birlashmalari yangi mustaqil respublikalarda demokratik o'zgarishlarga muvofiqlashishga intilyaptilar; islohot jarayonlarining rivojlanish to'lqinlarida targ'ibot ishlarini faollashtirmoqdalar; dindorlarning ijtimoiy jarayonlardagi faol ishtirokchilarining o'zlariga ma'qul bo'lgan shakllarini belgilamoqdalar.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin