Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 4,2 Mb.
səhifə32/42
tarix09.09.2023
ölçüsü4,2 Mb.
#142146
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
dinshunoslik 14

Hadisi sharif. Arabcha sunna (as-sunna, ko'plikda sunan)-yo'l, yo'nalish, ya'ni «rivoyat», «naql»,
«xotira», «odat», «an'ana», «hatti-harakat» ma'nolarini anglatadi.
Sunna islomda Qur'ondan keyingi, uni to'ldiruvchi manba, islom islohiyoti va shariatining ikkinchi asosi sifatida e'tirof etilgan. U VII asr o'rtalaridan e'tiboran yig'ila boshlagan. Unda arab xalifaligidagi sinfiy munosabat, ijtimoiy ziddiyatlar, islom mafkurasi doirasidagi ichki kurashlar o'z ifodasini tolpgan. Islomgacha davrdagi Arabistonda bu nom bilan odat tusini olgan ahloqiy-huquqiy yo'l-yo'riqlar majmuasi – Shimoliy Arabistondagi eski jamoaning oddiy huquqlari atalgan. Sinfiy jamiyat va islom vujudga kelgandan so'ng bu eski arab majusiy sunnasi rad etilib, asta sekin yangisi, musulmon sunnasi bilan almashtiroila boshlangan.
Musulmon sunnalari ko'plab hadislardan tashkil topgan. Hadis so'zining dastlabki ma'nosi (ar. Ko'plikda «ahadis» so'zidan) «xabar», «hikoya», «bildirish», tor ma'noda - «parcha»(sitata). Rasmiy ma'noda hadis Muhammad Payg'ambar (s.a.v.) so'zlari va amaliy ishlari haqidagi rivoyatlardir. Bu ma'noda hadis faqat Muhammad Payg'ambar (s.a.v.) so'zlariga nisbatangina ishlatiladi.
Hadis-Islomda Qur'ondan keyingi muqaddas manba hisoblangan. Bunda Muhammad Payg'ambar (s.a.v.) ning hayoti, faoliyati va ko'rsatmalari, uning diniy, ahloqiy dasturlari ham o'z ifodasini topgan. Muhammad Payg'ambar (s.a.v.) biror gap aytgan yoki ma'lum ishni qilib ko'rsatgan bo'lsa, yohud boshqalarning qilayotgan ishini ko'rib, uni man etmagan bo'lsa, shu uch holatning har biri hadis deb atalavergan. Ma'lumki, hadislarda islom ahkomlari, ya'ni farz, vojib, sunnat, mustahab, halol, harom, makruh, muboh kabi amal turlaridan tashqari ahloq-odobga doir dasturlar talqin etiladi. Unda xalq orasida keng tarqalgan ahloq-odobga oid maqol, qimmatli hikmatli gaplar ham qamrab olingan.
Hadislarda ibodatning tartib qoidalari va ularni astoidil bajarishga da'vat etish bilan birga insoniy fazilatlar keng tashviq qilingan, insoniylik sha'niga dog' tushiradigan razil hatti-harakatlar keskin qoralangan. Shuning uchun ham islomning ilk tarqalish davridanoq musulmonlar orasida hadislarda juda katta ahamiyat berilgan. Eshitgan har bir hadisni yanglishmay, asl holicha boshqalarga yetkazishga qat'iy rioya qilingan. Bu to'g'rida Muhammad Payg'ambar (s.a.v.) o'zi musulmonlarni tez-tez ogohlantirib turgan. Hadis mazmuni va iborasini bo'zib yoki o'ziga yangi hadis to'qib tarqatuvchilar qattiq qoralangan. Bunday talabchanlik Muhammad Payg'ambar (s.a.v.) vafotidan ancha keyingacha ham hadislarning sof holda saqlanib turishida imkon bergan.
Hadislar asosan Muhammad Payg'ambar (s.a.v.) vafotidan keyin yozila boshlagan. Islomda Muhammad (s.a.v.)ga Payqambarlik uning 40 (qirq) yoshida nasib bo'lgan, deb hisoblanadi. Shunga ko'ra, Qur'on oyatlari payg'ambar umrlarining oxirigacha, ya'ni 23 yil davomida turli munosabatlar bilan nozil bo'lib turgan. Payg'ambar safdoshlari sahobalar bu oyatlarni maxsus sahifalarga yozib borganlar, ularning ba'zilari payg'ambarning aytgan so'zi va hatti-harakatlarini ham yoza boshlaganda payg'ambar bu ishni davom 'ttirishni taqiqlagan va bunga ular Qur'on bilan Sunnani ajratolmay qolishlaridan cho'chishligini sabab qilib ko'rsatgan.
Ilk yozilgan hadislar qatoriga Muhammad Payg'ambar (s.a.v.)ning horijiy o'lkalarga Vizantiya imperatoriga, Eron shohiga, Misr ham Habashiston hukmdorlariga yo'llagan maktublari ham kiradi. Undan tashqari ko'plab vasiqa va hujjatlar ham bo'lganki, ular ham ilk bor yozilgan hadislardan hisoblanib, ularda islomga da'vat etish, muayyan vazifalarga tayinlash, yer va undan olinadigan soliqlar, imon va tavsiya maktublari, payg'ambarga kelgan xatlarga javoblar o'rin olgan.
Hadislarni saqlab, kelajakka yetkazuvchilar birinchi navbatda sahobalar-payg'ambarning qarindoshlari, do'stlari, yordamchilar va shogirdlari, ularning vafotidan keyin asosan Madinada yashab kelganlar hisoblanganlar.
Umuman «sahoba» so'zi arabcha bo'lib, «suhbat» so'zidan olingandir. Hadislardan biriga ko'ra payg'ambarni ko'rgan, u bilan muloqotda bo'lgan har bir musulmonni «sahobi deyilgan. Imom Bo'xoriy
ham shu fikrni tasdiqlagan. Ibn Hambal ta'biricha, Payg'ambar bilan bir yil, yo bir oy, yo bir kun va yoki hatto bir soat suhbat etgan, yo bo'lmasa hayotida bir marta bo'lsa hamki uni ko'rgan musulmon kishi sahobalardan hisoblanaveradi.
Shakllangan an'anaga ko'ra hadis ikki qismdan iborat bo'lishi kerak edi:

  1. Isnod (ar. Aynan-«tayanch»), ya'ni shu hadisni yetkazgan kishilarni sanab o'tish;

  2. Matn, ya'ni hadisning mazmuni.



Ishonchliligiga qarab hadislar uch guruhga ajratilar edi. Hikoya qiluvchilar ro'yxati hech qanday shubha tug'dirmasa, bunday hadis sahih (ar. Ishonchli, to'g'ri) deyilgan. Agar hikoya qiluvchilar ro'yxatida ayrim nuqsonlar bo'lsa, masalan, isnodda aytilgan biror shaxs kam tanilgan bo'lsa yoki hamma muhaddislar uni benuqson deb topmagan bo'lsa, yoki ro'yxatda biror xalqa, bo'lim o'zilib qolgan bo'lsa, hadis to'la qimmatga ega deb tan olinmasa-da baribir, qabul qilingan; bunday hadis hasan (ar. yaxshi, marhamatli) deb nomlangan. Nihoyat, agar hikoya qiluvchilar ro'yxatida taqvodorli yoki ahloqiy obru-e'tibori nuqtai- nazaridan muvofiq kelmaydigan kishilar bo'lsa, hadis ishonchsiz hisoblangan va a'if (ar. zaif) deb nomlangan.
Hikoya qiluvchilar ro'yxati muntazam bayon etilagn bo'lsa, bu hadis mutassil deyilgan. Birorta nom, ayniqsa ikkinchi nom ya'ni sahoba shogirdi nomi tushirib qoldirilgan bo'lsa, munqati (o'zilgan) deyilgan. Hadis isnodida shogird-tabi' ko'rsatilgan bo'lib, hadis qaysi sahobadan eshitilganligi noma'lum bo'lsa, unda mursal-«tushirib qoldirilgan» deb nomlangan.
Hadislar VII asr ikkinchi yarmi IX asr oxirlarida yaratilagn hadislarning ko'p qismi xalifalik mamlakatlarida ijtimoiy munosabatlar, tarixiy siljishlar va o'sha davrda shakllangan huquqiy qarashlarni o'zida aks ettirgan. Hadislar ilk o'rta asr davrida xalifalik mamlakatlari ijtimoiy va davlat taraqqiyoti tarixi uchun manba ahamiyatiga egadir.



Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin