Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 4,2 Mb.
səhifə40/42
tarix09.09.2023
ölçüsü4,2 Mb.
#142146
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
dinshunoslik 14

Turtinchidan, dindan saboq beruvchilar, murabbiylar tegishli puxta bilimga va uni o'qitish haqidagi maxsus ruxsatnomaga ega bo'lishi shart;

  • Beshinchidan, qonun xususiy tartibda ta'lim berishni man etadi (9-modda). Bu qonunni buzganlar uchun O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 241- moddasida muayyan jazo belgilangan.

  • Oltinchidan, vijdon erkinligi to'g'risidagi 1991 yildagi qonunning 13-moddasida diniy tashkilot yuridik shaxs huquqiga ega bo'lishi uchun uni tuzgan, kamida un kishidan iborat 18 yoshga to'lgan fuqarolar Adliya Vazirligining shu diniy tashkilot faoliyat ko'rsatish nazarda tutilgan hududdagi idorasiga Nizomni ilova qilib ariza topshiradilar, deb ko'rsatilgan edi.

    Yangi tahrirdagi qonunga binoan esa diniy tashkilot O'zR ning 18 yoshga to'lgan va respublika hududida doimiy yashayotgan yuz nafardan kam bo'lmagan fuqorolar tashabbusi bilangina to'ziladi.

      • yettinchidan, diniy tashkilotlar O'zR si Adliya Vazirligida yoki uning joylardagi organlarida ro'yxatdan o'tkazilganidan so'ng yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o'z faoliyatini amalga oshiradi (8-moddaning 5-qismi).

    Diniy tashkilot Nizomi davlat qonunlariga zid bo'lmasligi kerak. Agar diniy tashkilot Nizomi qonuniy hujjatlariga zid bulsa, diniy tashkilotning ushbu Nizomi ro'yxatga olinmaydi va o'zining faoliyati ta'kidlanib, tarqatiladi.
    Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov «biz bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy, ahloqiy va ma'naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz»,- deb ta'kidladi.
    Yurtboshimizning bu ulug'vor fikrlari barcha fuqarolar uchun dasturulamal bo'lishi lozim. Mustaqil O'zbekistonda din va e'tiqod erkinligi konstitusion kafolatlanganligini doimo yodda tutishimiz kerak. Din, e'tiqod erkinligi va ilmiy dunyoqarash. Yangi tahrirdagi Qonun vijdoniy e'tiqodga, uning dunyoviy va diniy shakllariga erk beradi, ularni mustaqil, teng mavjudligini va nizosiz ish olib borishlarini ta'minlaydi; ularni qullab-quvvatladi; g'ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qiladi. Bundayn tashqari har qanday ekstremistik harakatlar qoralanadi va bu ishlarning tashkilotchilari qonunning tegishli moddasi bilan jazolanadilar.
    Mamlakatimizda din va e'tiqod erkinligining ta'minlanishini ahamiyati shundaki, u xalqimizning ma'naviyati va psixikasiga hayotbaxsh ta'sir etib, insonning poklanishi, jamiyatni ma'naviy-ahloqiy jihatlardan sog'lomlashtirishda muhim o'rin tutadi.
    Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 16 diniy konfessiya faoliyat ko'rsatmoqda. Ular bilan davlat idoralari o'rtasida deiokratik tamoyillarga asoslangan huquqiy munosabatlar shakllandi. Din va e'tiqod erkinligini ta'minlash asosida mamlakatda fuqarolar hamjihatligi va milliy totuvliq tinchlik va barqarorlik vujudga kelmoqda.
    O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari milliy Markazi o'tkazgan sosiologik tadqiqotlar natijasida barcha so'ralgan aholidan 79,2 foizi dinga ishonishini aytgan.
    Shulardan, o'zbeklar 87,2 foiz, boshqa millat vakillari 71,3 foizni tashkil etgan. Shunisi diqqatga molikki, o'zlarini dindor hisoblagan aholining aksariyat ko'pchiligi dinga bo'lgan munosabatini belgilashda besh vaqt namoz o'qishni, masjit-madrasaga yoki cherkovga borishni shart deb bilmaydi. Inson uchun xos bulgan dunyoqarashlar turlicha (ilmiy, diniy, falsafiy, g'ayriilmiy va b.) bo'ladi. Biz, diniy dunyoqarash haqida yuqorida bayon etganmiz.
    Ilmiy haqiqatlar atrofida shakllangan ilmiy dunyoqarashga ega bulgan shaxslarning asosiy ideali (yuksak orzusi), hayotning ma'nosi shu ob'yektiv olamda chinakam insoniy munosabatlar, umumiy farovonlik va adolatni qaror toptirish uchun kurashda baxtiyorlikka, el-yurtning izzat-ikromiga sazovor bo'lib, hayotida o'zidan yaxshi nom qoldirib, avlodlar qalbida umrini davom ettirish, ya'ni ijtimoiy abadiylikka musharraf bo'lishdir.
    Bunday dunyoqarashga erishish uchun yoshlar maktablardan boshlab fan asoslarini puxta o'rganishlari tabiat, jamiyat va insoniyat haqidagi ob'yektiv qonuniyatlarini ilmiy asosda tahlil qila olish qobiliyatiga ega bo'lishlari lozim. Ayni vaqtda ilm-fan, madaniyat va ma'rifat bilan chambarchasligi doimo yodda tutiladi.
    Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda ma'naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz, o'zligimizni anglashimizning o'rni beqiyosdir.
    Respublikamiz mustaqilligi sharofati bilan din va e'tiqod erkinligining ta'minlanishi O'zbekiston fuqarolari uchun o'z tarixi, tajribasi, ma'naviy merosi, dini, qadriyatlarini o'rganish va tiklash uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Endilikda ular ma'naviyatimizning yuksalishiga salmoqli hissa qushmoqda. Yoshlar ana shu ma'naviy merosdan bahramand bo'lib, o'z-o'zini anglay boshlasa, hozirgi zamon fan-texnika yutuqlarini chuqur o'zlashtirsa, uning fikrlash doirasi kengayadi, ilmiy dunyoqarashi shakllanadi.
    Ilmiy dunyoqarash maqsadlarini amalga oshirishda islomiy ta'limotdagi ezgulik da'vatlaridan foydalanish mumkin. Har bir inson muayyan dunyoqarashga ega bo'ladi va ana shu orqali o'zining jamiyatga, tabiatga, tashqi olamga munosabatini belgilaydi.



    Yüklə 4,2 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin