Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 4,2 Mb.
səhifə39/42
tarix09.09.2023
ölçüsü4,2 Mb.
#142146
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
dinshunoslik 14

Mustaqil O'zbekistonda vijdon erkinligining Konstitusion kafolatlanishi. 1991 yilda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi yangi Qonunni qabul qilgan edi. Qonun loyihasini tayyorlashda keng jamoatchilik vakillari, xalq deputatlari, olimlar, mutaxassislar, turli millat va din vakillari faol ishtirok etishdi. Bu qonun o'z mazmuni bilan ilgarigi qonunlardan katta farq qilardi.
Qonunda O'zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi qayd etilgan. Buning ma'nosi davlat diniy masalalar bilan shug'ullanmaydi, diniy tashkilot va uyushmalar esa davlat ishlariga aralashmaydi, ya'ni din va diniy tashkilotlar davlat ajratilgan.
1998 yil 1 mayda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o'n birinchi sessiyasida vijdon erkinligi qonunining yangi tahriri qabul qilindi.
Yangi tahrirdagi vijdon erkinligi qonuniga kiritilgan yangiliklar asosan quyidagilardan iborat: birinchidan, yoshlarga diniy ta'lim berish xususidagi huquqlarni muhofaza qilishga e'tibor qaratilgan. Qonunning 3-moddasidagi, 2-qismida bunday deyilgan: «Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o'qitishga yo'l qo'yilmaydi». Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 145-moddasida voyaga yetmagan bolalarni shunday qonunga zid tarzda dinga o'qitish eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari yohud uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishi ko'zda tutilgan.

    • Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi dindan ajratilgan. Uning tizimining o'quv dasturiga diniy predmetlar kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi degan dastur qonunning 7- moddasiga qo'shib qo'yilgan.

    • Uchinchidan, diniy ta'lim maxsus o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Diniy tashkilotlarning Markaziy boshqaruv organlari, ruhoniylar va o'zlariga zarur bo'lgan diniy xodimlar tayyorlash uchun diniy o'quv yurtlari tashkil etishga haqlidir;


    • Yüklə 4,2 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin