51
B.B.Xoldkroft mazkur atamani quyidagicha izohlaydi: “Diniylik murakkab
tushuncha bо‘lib, uni kamida ikki sababga kо‘ra aniqlash mushkul. Birinchi sababi
uning ingliz tilidagi noaniq va nomukammal xususiyati bilan bog‘liq. Diniylik
sо‘zining dindorlik(religiousness), ortodoksallik (orthodoxy), iymon (faith),
ishonch (belief), taqvodorlik (piousness), xudojо‘ylik (devotion), muqaddas
(holiness) kabi sinonimlari mavjud. Ikkinchi sabab esa, dindorlik tamoyili bir
necha fanlar kesimidagi tadqiqot mavzusi bо‘lib, ularning har biri mazkur mavzuni
о‘ziga xos talqin qiladi”. Dinshunoslik ensiklopediyasida mazkur atamaningyana
boshqa bir sinonimi quyidagicha ta’riflanadi: “Diniylik atamasi aksariyat hollarda
“sacred” ya’ni muqaddaslashtirish sо‘zi bilan ifodalanadi. Ba’zi manbalarda
mazkur sо‘z etimologik jihatdan xudolar va ularning qudratiga ishonch ma’nosini
angalatuvchi lotin tilidagi “sacrum” sо‘zidan olinganini, keyinroq xudolarni yod
etib insonlarni chо‘qintirish mazmunida qо‘llanilgani ta’kidlanadi. Turli tillarda
diniylikni ifodalovchi sо‘zlar bir necha ma’nodoshlarga ega bо‘lsa ham bu о‘rinda
dunyoviylik atamasiga mazmunan antonim bо‘lgan sо‘zning ta’rifiga murojat
qilish maqsadga muvofiq. Jumladan о‘zbek tilida ham diniy sо‘ziga ma’no jihatdan
yaqin bо‘lgan e’tiqodiy, ilohiy, aqidaviy kabi sо‘zlar mavjud bо‘lsa-da, mazkur
sо‘zlar aynan diniylik sо‘zi qо‘llanilgan о‘rinlarda tо‘liq joriy etish imkonsiz.
Muqaddaslashtirish masalasi haqida shuni aytish mumkinki, u har qanday dinning
muhim elementi bо‘lsa-da, umumiy ma’noda diniylikning tarkibi qismi
hisoblanadi.
“Diniylik” ijtimoiy subyektlarning madaniy-maishiy hayoti, xulq-atvori,
qadriyatli mо‘ljallari, о‘zaro munosabatlari va boshqa xatti-harakatlari
kо‘rinishlari, shuningdek, jamiyat sohasidagi ayrim faoliyat yо‘nalishlarida u yoki
bu din ta’limoti bilan bog‘liq pand-nasihat, yо‘l-yо‘riq va kо‘rsatmalarning
nisbatan barqaror aks etishini anglatuvchi tushunchadir.
Dostları ilə paylaş: