84
MANDUB – bajarilishi tark qilinishidan afzal bo‘lgan amal.
MAHSHAR – qiyomat kuni bandalar yig‘iladigan va savol–javob bo‘lib o‘tadigan
joy
MASHHUR – isnod yo‘llarining har birida uchta
va undan ortiq shaxslar
tomonidan rivoyat qilingan va mutavotir darajasiga yetmagan hadislar.
MEDITASIYA – «fikrlash, o‘ylash», shaxsning o‘z ruhiy faoliyatiga chuqur
berilish holati, muroqaba, hikmat va haqiqat haqidagi ilm.
MIRO MOYI (yunoncha, «xushbo‘y moy») – xristianlikning yetti sirli
marosimlaridan birida tanaga suriladigan xushbo‘y moy.
Ushbu moy cherkov
yepiskopi tomonidan oliy navli zaytun moyiga oq uzum vinosi, atirgul
yaproqlari,
binafsha, zanjabil ildizlari, muskat, atirgul, chinnigul va limon
moylari kabi mahsulotlarni qo‘shib qaynatish orqali tayyorlanadi.
MITRA (avesto, do‘stlik, kelishuv) – inson vafotidan so‘ng uning
ruhini himoya
qiluvchi ezgulik yazatlaridan biri.
MONASTIR – xristianlikda ruhoniylar jamiyatdan ajralib, faqat ibodat bilan
shug‘ullanadigan joy, muassasa. Ayollar va erkaklar uchun mo‘ljallangan
monastirlar mavjud.
MUQADDAS RUH – xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri.
Muqaddas
Ruh dunyoning yaralishida ishtirok etgan, Bibi Maryam ham u orqali Isoga
xomilador bo‘lgan.
NAQLIY DALIL – aqliy dalildan farqli ravishda naqliy dalil faqat Qur’on va
sunnatga asoslangan.
NIRVANA – inson
ichki dunyosining mukammalligi, orzu–istaklari, yashash
hissi, qanoat, tarki dunyochilik kabi ruhiy holatni o‘z ichiga olgan oliy intilish.
NOUS – inson vafotidan so‘ng undan qolgan suyaklar saqlanadigan maxsus
quticha bo‘lib, u daxmaga qo‘yilgan.
OQ VA QORA RUHONIYLAR – pravoslav ruhoniylari qatlami. «Oq»
ruhoniylar oila qurish huquqiga ega, «qora» ruhoniylarga esa oila qurishi
mumkin emas.
ORIYLAR – oq tanli qavm hisoblanib, Hazar, ya’ni, hozirgi Kaspiy dengizining
shimoliy, Yevropaning shimoli yoki Turkmaniston
mintaqasida miloddan
avvalgi XVII – XVI asrdan XII asrgacha turli qabila va guruhlar shaklida
yashaganlar.
OTA XUDO – Xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri va asosiysi. Ota
Xudo dunyoni yaratgan bo‘lib, uchlikning qolgan ko‘rinishlari (O‘g‘il Xudo va
Muqaddas Ruh) undan kelib chiqqan.
Dostları ilə paylaş: