Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Din fenomenologiya­
si vakillari antropologlar 
tomonidan to‘plan­
gan ma’lumotlardan o‘z 
yo‘nalishlarida foydala­
nadilar.


117
qaratganliklar yoki din, ritual va afsonalarning diniy sifatga ega 
ekanligini noto‘g‘ri talqin qilganlari yoki o‘tkazib yuborganlari 
uchun e’tiroz bildiradilar. Endi, masalaning mohiyatini ta’rif­
lash va tushuntirishda fenomenologiya va psixologiya o‘rtasida 
farq mavjudligi ularni tenglashtirishga urinishni ajablanarli qilib 
ko‘rsatishi mumkin. Biroq, haqiqatan, ular bir qator masalalar, 
jumladan, diniy ong, diniy tajriba va qarash borasida umumiy 
o‘xshashliklarga ega. Shuningdek, har ikkisi, turli shaklda bo‘lsa­
da, sotsiologik qarashlardan farq qiladi. Psixologlar shaxsning 
hissiy tajribasi, ehtiyoji va fikrlashiga oz e’tibor qaratganligi naza­
ridan sotsiologik nazariyalarni tanqid qilishsa, fenomenogiya so­
hasi vakillari esa dinni tushunishda uning ijtimoiy vazifasidan 
ko‘ra ham jamoa, ham individni qamrab oluvchi dinning tarkibiy 
tuzilishini tadqiq qilish lozimligini uqtiradilar. Odatda, bu so­
halarda muhokama mavzusi – insonning ichki hayoti hamda ri­
tuallar, miflar, muqaddas qadamjolar, ilohiy tasavvur kabi diniy 
fenomenlar hisoblanadi. Mazkur tushunchalar borasida ushbu ik­
ki soha o‘rtasidagi kesishish nuqtasi, psixologlar singari fenome­
nologlar yuqoridagi diniy fenomenlarni inson tomonidan qanday 
tajriba va idrok qilinishiga asosiy e’tibor qaratadilar.
Din psixologiyasi bilan 
fenome nologiyasi 
o‘rtasidagi 
o‘xshashlik yana, ular tomonidan 
qo‘llaniladigan tushunchalar, qa­
rashlar va mos tavsiflarda ko‘zga 
tashlanadi. Ayni paytda, «mos 
tavsif» («sym’athetic descri’tions») 
deganda, dindor tomonidan o‘z 
diniy an’ana to‘g‘risida, hech bir 
tanqidiy tahlilsiz, ma’lumot be­
rish tushuniladi, bunda, voqe­
lik haqida ma’lumot berishdan 
bo‘lak bilimga biror yangilik qo‘shilgan hisoblanmaydi. Qolaver­
sa, «mos tavsif» dindorning his­tuyg‘uga yo‘g‘rilgan qarashlari­
Din fenomenologiyasida 
muhokama mavzusi – inson­
ning ichki hayoti hamda ritu­
allar, miflar, muqaddas qa­
damjolar, ilohiy tasavvur kabi 
diniy fenomenlar hisoblanadi. 
Unda diniy fenomenlarni in­
son tomonidan qanday tajriba 
va idrok qilinishiga asosiy e’ti­
bor qaratadilar.


118
ni tushunishni anglatadi. «Breketing» («Bracketing») esa hakam 
qarorini vaqtincha (vaziyatga to‘g‘ri bahoni belgilash uchun) 
to‘xtatib turishni bildiradi. «Soddalashtirmaslik» («Irreducibili­
ty») zaruriy sifatni yo‘qotish maqsadida obyektning muayyan qis­
mini istamaslik yoki ishonchsizlik bilan qisqartirishni nazarda 
tutadi. Shunday qilib, fenomenologlar reduksion sotsiologik qa­
rashlarni rad etgan holda, dinni tushuntirish yo‘li sifatida faqat 
psixologik yondashuvni qabul qilishni ma’qul ko‘rmaydilar. O‘z 
navbatida, fenomenologlar ilmiylik yoki obyektivlik ta’minlan­
ganligi jihatidan diniy e’tiqod va amaliyotlarning nafaqat, psixo­
logik balki, sotsiologik, siyosiy va boshqa ta’sirlari mavjudligini 
e’tirof etadilar. Fenomenologiya vakillari ushbu – Eliade asarlari­
da «sakrat» («sacred»), Otto nazdida «muqaddas» («numinous» or 
«holy») deb nomlangan (bu nazariyotchilar va ularning qarash­
lari haqida quyida to‘xtalinadi) – farqli diniy jihatni saqlab qolish 
va unga katta urg‘u berishga harakat qilayotgan bo‘lsalar­da, bu 
yondashuv dindorlar tomonidan amalga oshirilgan teologik fikrni 
tasdiq yoki inkor qilgandanda ko‘ra haqiqat haqidagi «brekket» 
fikr uchun eng yaxshi bo‘lib qolmoqda. Fenomenologlarning ishi 
ko‘pincha, dindorning g‘oyasi, tili, afsona, rituallar, e’tiqod va 
amaliyotlarini tushunishga harakat qilishligi jihatidan din bilan 
bog‘liq bo‘lsa­da, ular dindorning tushunchalarini tasdiqlash, rad 
etish, yoki o‘zlari uchun unga nisbatan chegara belgilab olish­
ga haqlari yo‘q hisoblanadi. Psixologik yondashuvlar esa bunday 
to‘xtalish (breket) yoki xayrixohlik (simpatiya)ga bog‘liq emas. 
Din psixologiyasining ba’zi namoyondalari ichki muqaddas kuch­
ning haqiqat ekanligiga to‘xtalib o‘tishlariga qaramay, ulardan 
boshqa guruh din psixologik ehtiyoj, orzularni ro‘yabga chiqishi­
ni qattiq istash, jismoniy zaifdan kelib chiqqan inson tuzilishida­
gi proeksiya, deya fikr bildirib o‘tadilar.
Shuningdek, psixologik yondashuvlarda ichki diniy haqiqat­
ning imkoniyatlarini inkor qilmagan va ularning dindor ma’naviy 
sog‘lomligidagi o‘rnini chetga surib tashlamagan holda diniy 
amaliyotlarni o‘rganish orqali insonning qarashi, tajribasi va hat­


119
to, ong faoliyatiga e’tibor qara­
tiladi. Aslida, dinning bu singari 
ijobiy jihatlari dindorning tushun­
chasi va diniy tajribasi haqida 
psixo logik tushuntirishlarni talab 
qiladi. Fenomenologiya va psixo­
logiya sohasi vakillari, birdek, in­
sonni yanada yaxshiroq tushunish 
maqsadida dinning turli jihatlar, 
diniy tajriba, e’tiqodlar, an’ana­
lar, diniy hayot tarzi, kelib chi­
qishi va funksiyalari ustida tahli­
liy faoliyat olib boradilar. Bundan 
tashqari, ushbu yondashuvlar bir 
guruhga oid kelib chiqish va am­
bitsiyaga ega hisoblanadi. O‘n 
to‘qqizinchi asrning boshlarida, Gegel bilim nuqtayi nazaridan, 
fenomenologiyani ong orqali o‘zlashtiriladigan ilm deb ta’rifla­
di. U o‘zining «Ruh fenomenologiyasi» asarida aytadiki, farqli 
hodisa (fenomen)lar ning puxta o‘rganish turli ko‘rinishlarni bir­
lashtiruvchi va yo‘naltiruvchi asosiy ruhni kashf etishga olib bo­
radi. Shuningdek, u dinshunoslikning rivojlanishidagi asosiy tad­
qiqotlar «din haqidagi ilm» nomi bilan olib borilganligi va bunda 
asosan fenomenologik yondashuvdan foydalanilganligini ta’kid­
laydi. O‘n to‘qqizinchi asrning oxirlarida, Per Daniel Shantepi de 
la Suassaye din haqidagi fan yo‘lida psixologik va fenomenologik 
yondashuvlar bir­birini to‘ldirishini ta’kidlagan holda ularni bir 
o‘rinda zikr qiladi. 
Din psixologiyasi psixologiya fani singari inson, madaniyat
jamiyat va dunyo mohiyatini yaxshiroq anglashni maqsad qilgan 
fanlar shakli kengaygan XIX asrda yuzaga keldi. Karl Yung din­
shunoslik tadqiqotlariga bag‘ishlangan «Psixologiya va din: G‘arb 
va Sharq» asarida bildirishicha, tadqiqotchi «metafizik yoki fal­
safiy mulohazalarni» o‘zlashtirmay turib, «fenomenni kuzatish» 
Fenomenologlarning ishi
dindorning g‘oyasi, tili, afsona,
rituallar, e’tiqod va amaliyotlarini 
tushunishga harakat
qilish hisoblanadi 


120
haqida so‘z ochmasligi lozim. Shuningdek, u o‘z tadqiqotlarida 
real voqea­hodisalar, tajribaga suyanishi sababidan amaliy (em­
pirik) ekanligi, qolaversa, muhokamadan ko‘ra faktlarga asoslan­
ganligi jihatidan fenomenologik yondashuvlardan foydalanishni 
qat’iy ravishda afzal ko‘radi. Ba’zi fan va texnologiya tushuncha­
lari farazlarni tekshirish hamda Yung va undan avvalgi olim­
lar yashagan davr oralig‘ida o‘zgargan «fakt»larni qayta tiklash 
uchun ishlatilgan. Kognitiv (bilim) ilm va «nevroteologik» tahlil 
orqali dinning tadqiq qilishni zamonaviy ko‘rinishi yaqin davrlar 
ichida vujudga kelgan harakat bo‘lib, bilim jarayoni va aql faoli­
yati nuqtayi nazaridan diniy onglilikni o‘rganadi. Bu yondashu­
vlar ilg‘or ilmiy uslublar, til, hissiyot va texnologiyalardan foy­
dalanadi, biroq, din va diniy onglilik haqidagi tushuntirish va 
interpretatsiyalar natijasi har doim ham eskirgan dastlabki bar­
cha yondashuv va uslublarni namoyon qilavermaydi. Biz diniy 
ong, tushuncha va tajribaga katta e’tibor qaratilgan dinni il­
miy o‘rganish doirasidagi ushbu tadqiqotimizda fenomenologik 
va psixologik yondashuvlar orqali yuqoridagi yangi harakatlarni 
ko‘rib chiqamiz
1
.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin