Dinshunoslikka


 Din fenomenologiyasining vujud-



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106
Dinshunoslikka kirish

1. Din fenomenologiyasining vujud-
ga kelishi.
Din fenomenologiyasi falsafiy 
fenomeno logiyaga asoslangan holda dinning 
mohiyatini avvalda mavjud ilmiy qarash­
lar, umum qabul qilingan qadriyatlar va tu­
shunchalar ta’siridan xoli tarzda aniqlash­
ga intiladi. «Fenomenologiya» istilohi 
1764­yilda matematik va faylasuf I.G.Lam­
bert (1728–1777) tomonidan muomalaga 
kiritilgan. 
XVIII asr oxirida germaniyalik faylasuf 
Immanuil Kant (1724–1804) «fenomen» va «noumen» orasidagi 
farqni ajratib beruvchi konsepsiyani ilgari surdi. U fenomen de­
ganda har qanday inson to‘liq tushunib yetishi mumkin bo‘lma­
gan holat, noumen deganda diniy tajribaga emas, balki ong tarafi­
dan boshqariluvchi g‘oyalarni nazarda tutgan edi.
Iogann Lambert


115
Dinga fenomenologik yondashuv biror 
diniy an’anani o‘rganish uchun tadqiqotchi 
o‘sha jarayonda shaxsan o‘zi ishtirok etishi­
ni talab etadi. Shu yo‘l bilan dinni o‘rgana­
yotgan kishi o‘sha jarayonda muayyan dinga 
xos bo‘lgan diniy fenomenlarning namoyon 
bo‘lishini shaxsiy tajribasida sinovdan o‘tka­
zadi. Muayyan dinni fenomenologik yo‘l bi­
lan o‘rganishda tadqiqotchi din haqida xolis 
mavqeni egallaydi va mavjud qadriyat bo‘lib qolgan qarashlardan 
uzoqlashadi. Tadqiqotchilar dinni bunday o‘rganishni dinshunos­
likdagi muhim soha deb qaraydilar. Din fenomenologiyasida har 
bir dinda mavjud bo‘lgan «diniy tajriba»ni tan olish asosiy yo‘na­
lishni belgilaydi. 
2. Dunyo dinlarini fenomenologik o‘rganishning mohiyati. 
Din 
fenomenologiyasi dinni o‘rganishning bir turi bo‘lib, unda din­
dorlar dunyoqarashi va nuqtayi nazariga alohida ahamiyat beri­
ladi.
Qiyosiy va tizimli yondashuv
Din fenomenologiyasi xususiyatlari
Empirik yondashuv
Tarixiy yondashuv
Deskriptiv (tavsiflovga oid) yondashuv
Antireduksionizm (ortga surmoq)
Avtonomiya (mustaqillik)
Intensionallik
Fenomenologiya mavhum tushuncha bo‘lib, Edmund Gus­
serl (1859–1938) tomonidan asoslangan zamonaviy falsafiy ha­
rakat sifatida inson ongining voqelik bilan ta’sirini subyektiv taj­
Immanuil Kant


116
riba orqali o‘rganishni maqsad qiladi. Voqelik esa inson tuyg‘usi 
yoki ongi orqali idrok qilinadigan reallikning belgisi hisoblana­
di. Fenomenologik yondashuvdan dinshunoslikda keng miqyos­
da foydalanishdan avval mavzuning kirish qismida ushbu yon­
dashuvning nima uchun psixologik yondashuv bilan bir o‘rinda 
zikr qilinishi hamda oldingi bo‘limda tadqiq qilingan sotsiologik 
va antropologik yondashuvlar bilan bog‘liq jihatlari haqida to‘xta­
lib o‘tsak.
Avvalo, aytish lozimki, bu bo‘lim­
da o‘rganiladigan fenomenologik va 
psixo 
logik yondashuvlar sotsiologik 
hamda antropologik yondashuvlar bi­
lan bir o‘rinda ishlab chiqilgan va 
rivoj lantirilgan. Qolaversa, ushbu to‘rt 
yondashuv bo‘yicha faoliyat olib bor­
gan asosiy namoyondalar va yaratilgan 
asarlarning davri bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Binobarin, ularning har 
biri o‘z uslubiga ko‘ra teologik yondashuvga nisbatan ilmiy deya 
tasvirlanadi va ular bugungi kunga qadar ilmiy yo‘nalish sifatida 
yashab kelmoqda. Bundan tashqari, ushbu yondashuvlar bir­bi­
ri bilan bog‘liq bo‘lib, har vaqt davomli ravishda o‘z ta’min va 
uslublarini oqlab kelgan. Masalan, din fenomenologiyasi vakillari 
antropologlar tomonidan to‘plangan ma’lumotlardan o‘z yo‘na­
lishlarida foydalanadilar, shu asnoda, u ma’lumotlardagi antro­
pologik, psixologik yoki sotsiologik talqinda sezilmagan kamchi­
lik (reduktsiya) bartaraf qilinishi ham mumkin. Reduksionizm 
murakkab hodisa yoki narsani o‘rganish uchun uning sabab va 
tabiatga e’tibor berishni nazarda tutgan ilmiy yo‘nalish sanaladi. 
Shunga ko‘ra, dinni o‘rganishda reduksion antropologik, psixo­
logik va sotsiologik hisobga muvofiq ish ko‘rilsa, dinning kelib 
chiqishi va muayyan vazifalarni bajarishi mos ravishda, madaniy, 
psixologik va sotsial sabablar bilan bog‘liqligi to‘g‘risida xulosa 
kelib chiqadi. O‘z navbatida, fenomenologlar o‘zlarining sotsi­
olog hamkasblariga ularni butun narsaning bir qismiga e’tibor 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin