3. Hurfikrlilik ko‘rinishlari.
Ateizm (yunon: a – inkor yuk
lamasi, theos – Xudo) – Xudo va g‘ayritabiiy kuchlarning mav
judligini inkor etuvchi falsafiy va ilmiy qarashlar tizimidir. Bu
tushunchaning mohiyati tarix jarayonida o‘zgacha tus olib, diniy
ta’limotning xususiyati bilan ham, ateizmning o‘z rivoji bi
lan ham chambarchas bog‘landi. Ateizm dinning tarixiy, fal
safiy va tabiiyilmiy tanqididan farq qiladi. Unga xos xususi
yatlar quyidagicha: voqelikning diniy aksini va borlig‘ini ifoda
etadi; diniy ta’limotning yuzaga kelish sabablari va manbalarini
moddiyuncha tushuntiradi; dinning ijtimoiy tabiatini, uni jami
1
Hillary Rodrigues, John S. Harding . Introduction to the study of religion. –
USA, Routledge, 2009. – P. 104106.
137
yat hayotidan chiqarib tashlash yo‘lidagi shartsharoit va usul
larni o‘rganadi; materialistik dunyoqarashning muhim bir jihati
ni o‘zida aks ettiradi; materializm tayanadigan ayni tabiiyilmiy
asosga tayanadi.
Ateizm skeptizm, antiklerikalizm, deizm, panteizm, indiffe
rentizm kabi diniy hurfikrlik (diniy aqida, ibodat va marosimlarni
tanqid qiluvchi plyuralistik falsafiy qarashlar majmuyi) tizimlari
dan qisman farqlanadi. Ma’naviy madaniyatni nazariy va amaliy
anglash nuqtayi nazaridan dinga qarshi yoki uning tasavvurlari
dan xoli bo‘lgan quyidagi ikki xil sohaga ajratish mumkin:
– materializm va uning turli shakllari (ochiq materializm,
yopiqpanteizm va deizm);
– diniy skeptitsizm va falsafiy ratsionalizm.
Bu kabi Xudoga qarshi g‘oyalar dinga bo‘lgan ilk qarshilik
kayfiyatining shakllari bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti tarixida folklor
(xalq og‘zaki ijodi)da, xalqlarning badiiy va diniy ruhdagi adabi
yotida ham o‘z ifodasini topgan. Xudoga qarshi chiqish g‘oyalari
yuzaga kelishining sabablari quyidagicha:
– ijtimoiy adolatsizlik;
– turmush tarzidan norozilik kayfiyati;
– kutilmagan baxtsiz hodisa va qayg‘udan kelib chiqqan
afsusnadomat;
– Xudoga shunchaki e’tiroz.
3. Skeptitsizm (yunon: ske’ticos – muhokama, izlanish. Diniy
aqidalarga shubha bilan qarash) din yoki uning aqidalariga nis
batan shubha bildirgan, jamiyat madaniy taraqqiyotida va tur
li tarixiy davrlardagi hurfikrlik rivojida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan.
Ayniqsa, ateizmdan ko‘ra ancha rivojlangan dinni tanqid qilish
shakli hali paydo bo‘lmagan yoki tugal rivojlanmagan va tarqal
magan paytda uning ahamiyati muhim bo‘lgan.
Xususan, o‘rta asrlarda dinshunoslik sifatida skeptizm hurfikr
likning nisbatan kengroq tarqalgan shakli bo‘lib, o‘zida she’riyat,
folklor, falsafa va xalq mafkurasini aks ettirgan. Skeptizm na
faqat Bibliyadagi nomutanosibliklarga, umuman har qanday diniy
138
ta’limotga shubha bildiradi va cherkov nufuziga qarshi kayfiyat
ni ifoda etadi.
Shunga qaramay, hozirda turli diniy holatlarning chinligi
ga shubha bilan qarash Sharq va G‘arbning zamonaviy ma’naviy
madaniyatiga xos jihat bo‘lib qolmoqda.
4. Antiklerikalizm (yunon: anti – qarshi, zid; clericalis –
cherkovga oid) cherkovga va uning jamiyatni o‘z tarkibiga kiritib
boshqarishga bo‘lgan da’vosiga qarshi kayfiyatdagi g‘oyaviy va ij
timoiy jamoat tashkiloti sifatidagi harakatni ifoda etadi. Uni ijti
moiy belgilariga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin:
– mavjud adolatsiz ijtimoiy turg‘urnliklarning himoyachisi si
fatida cherkovga qarshi qaratilgan demokratik antiklerikalizm;
– cherkovni siyosiy dushman deb qarab, unga qarshi kurashuv
chi, jamiyatning hukmron qatlamlariga xos reaksion antikleri
kalizm.
5. Deizm (lotin: deus – Xudo) – Xudoni olamning avval
gi sababchisi va undan tashqarida, jamiyat va tabiat jarayonlari
ga aralashmaydi, deb hisoblaydigan diniyfalsafiy ta’limot. Uning
ildizlari o‘rta asrlar G‘arb falsafasiga borib taqaladi. Cherkovning
g‘oyaviy tazyiqi davrida deizm ta’limoti tabiatning Xudo iro
dasidan mustaqilligi, inson faolligi va uning dunyoni anglashi
dagi imkoniyatlari cheksizligi haqidagi g‘oyalarni ilgari surgan.
Uning asoschisi ingliz mutafakkiri Eduard Gerbert Cherberi
(1583–1648) hisoblanadi. U deizmning quyidagi asosiy tamo
yillarini ishlab chiqqan: «Inson hayoti dunyoni boshqaruvchi Xu
do bilan kelishuv (ahd) asosida belgilanadi. Xudo har doim ham
bu kelishuvga binoan ne’mat ato etavermaydi. Chunki inson bu
ne’matlarga loyiq emas va ulardan qat’i nazar kelishilgan ahdga
rioya qilishga intilishi lozim».
6. Panteizm (yunon: ran – barcha, theos – Xudo) – Xudo bilan
tabiatni yagona birlik, deb talqin qiluvchi diniyfalsafiy ta’limot.
Uning konsepsiyalarida Xudoni tabiatga singib ketgan, degan natu
ralistik yondashuvlar ham yopiq shaklda uchrab turadi. Bu hukm
ron teologik diniy dunyoqarashga qarshi bo‘lgan ta’limotni ifoda
139
etuvchi materializmga olib boradi. Ba’zan panteizmga Xudo va ta
biatning mujassamligi haqidagi diniy asotir g‘oyalari ham aralashib
ketgan. Panteizm g‘oyalari ayrim islom yo‘nalishlarida (Ibn Arabiy
«Vahdat alvujud», Mansur Halloj «An alHaq», Mo‘tazila, antro
pomorfik qarashlarda), qadimgi Hindistonda asosan Brahmanlik,
Hinduiylik va boshqa Veda dinlarida, qadimgi Xitoyda Dao ta’li
motida va qadimgi yunon falsafalari tarkibida uchraydi.
Yangi Platonchilik falsafasidan kelib chiqqan bu panteizm
tabiatning o‘zida yashirin mavjud bo‘lib, biror ko‘rinishga ega
bo‘lmagan umumjahon ruh haqidagi ta’limotni o‘rta asrlarda il
gari surgan. Bu esa Xudoni tabiat va inson ustidan mutlaq hukm
ron, deb teologik talqin etuvchi Yahudiylik, Xristianlik va Islom
dinlariga zid edi.
Panteizm Ioann Skot Eriugen tizimida yorqin namoyon
bo‘lgan. Panteizmning ilk materialistik shakllaridan birini David
Dinonskiy taqdim etgan bo‘lib, u materiya, ong va Xudo – yago
na birlik, deb ta’kidlagan
1
.
7. Indifferentizm (lotin: indifferens – befarq) dinga nisba tan
betaraf munosabatni ifoda etuvchi hurfikrlilik shakllaridan bi
ri bo‘lib, bu haqida Gegel quyidagicha yozgan edi: «Dinga lo
qayd shunday insonlar ham borki, ular na dinni azaldan ato etil
gan deb, uni tanqid qilmaydiganlardan, va na dinni unga qarshi
kurashish lozim bo‘lgan narsa deb hisoblaydiganlardan».
Manbalarda indifferentizm turli ma’nolarda talqin etilgan:
Tarixiy ateistik adabiyotlarda din borasidagi hurfikrlilikning
faol tarixiy shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Diniy arboblar esa
e’tiqodiy masalalardagi beparvolikni jiddiy qoralaydi. Masalan:
Qadimgi Rimda Xudolarga bag‘ishlangan marosimlarda ishtirok
etmaslik jinoyat hisoblangan.
Protestantlik o‘zining mohiyatiga ko‘ra diniy masalalarga
bo‘lgan beparvolikka murosasizligi sababli katoliklardan bo‘lgan
1
П.И.Костюкович «Религияведение» учебное пособия, Минск, 2001 г.,
4 – 8с.
140
hurfikrlilik tarafdorlarini aybladilar. Pravoslav ilohiyotchilari va
dunyoviy dindorlar indifferentizmni itoatsizlik va betartiblik, u
«jamiyat dushmani» deb atadilar.
Hozirda diniy ulamolar indifferentizmni materiyalizm va
ateizmga aylanib ketish ehtimoli bor, deb hisoblab, uni keng om
malashuvini to‘xtatishga intilmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |