Dinshunoslikka


Dunyo dinlarini tarixiy-xronologik o‘rganish usullari



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106
Dinshunoslikka kirish

2. Dunyo dinlarini tarixiy-xronologik o‘rganish usullari. 
Tari­
xiylik bir necha xil ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin. Shaja­
raviy yondashuv boshlang‘ich davridan taraqqiyotning keyingi 
bosqichlarini chiqarib olish imkoniyatini beradi. Bu jarayonda 
taraqqiyot zanjirining oraliq bo‘g‘inlarini to‘g‘ri aniqlash muhim 
o‘rin tutadi. Boshqa tarafdan, tadqiqotchi o‘tmishga qanchalik 
chuqurroq kirib borgani sari uning ixtiyoridagi aniq ma’lumot­
lar miqdori kamayib boradi. Bunday holatda tarixiylik dolzarblik 
shaklida namoyon bo‘ladi: har qanday ko‘rinishning zamonaviy 


130
holati taraqqiyotning natijasidir, mavjud holatni o‘rganish naza­
riy tuzilishni keltirib chiqarish imkonini beradi. Bu esa mazkur 
ko‘rinishning avvalgi, jumladan, boshlang‘ich bosqichda qanday 
bo‘lganligini tavsiflab berishga yordam berishi mumkin.
Qiyosiy­tarixiy tadqiqot usuli bir dinning turli bosqichlarini tur­
li davrlardagi holatini, shuningdek, bir vaqtda mavjud bo‘lgan bosh­
qa­boshqa dinlarning turli bosqichlarini qiyoslaydi. Turli dinlardagi 
shaxslarni (masalan, Budda va Iso Masihni) qiyoslash usuli alohi­
da ahamiyatga ega. Qiyosiy tahlil asosida tadqiqotning maxsus so­
hasi – qiyosiy dinshunoslik yuzaga kelgan.
Tipologik uslub (turkumlarga ajratish uslubi) o‘rganilayotgan 
obyektlarni qismlarga ajratish va qandaydir jihatlariga ko‘ra alohi­
da guruhlarga jamlash bilan bog‘liq bir qator jarayonlarni o‘z ichi­
ga oladi. Turkumlashtirish natijasida alomatlarning statistik muqim 
bo‘lgan guruhlari kelib chiqadi va ular muayyan obyekt, ko‘rinish­
ning yagona guruhga mansub umumiylik andozasini beradi.
Qandaydir obyekt alomatlarining o‘zgarmasligi uni o‘ziga mos 
guruhga qo‘shish imkonini beradi. Biror turga jamlangan obyekt­
lar alomatlari orasidagi farq tasodifiy ahamiyatga ega bo‘lib, bu 
farqlar turli obyektlarga xos xususiyatlar orasidagi farqlarga nis­
batan sezilmas darajadadir. Alohida turlarga jamlash orqali din­
larning tarixiy turlariga xos xususiyatlar, hurfikrlilik turlari 
aniqlangan.
Fenomenologik uslub kishilarning diniy amallarni birgalikda, 
mushtarak holda bajarishning ahamiyati va mohiyatini aniqlash­
ga qaratilgan amallar majmuasini o‘z ichiga olib, amalda faol 
bo‘lgan shaxslarning qiziqishlari, tasavvurlari, g‘oyalari, maqsad­
larini qiyoslaydi. Shu yo‘l bilan ularning axloqi orasidagi ma’naviy 
aloqani, o‘zaro muloqotlarning shakliy tuzilishini, ijtimoiy mu­
nosabatlarning subyektiv omillarini tushunib yetishga erishadi. 
Fenomenologik tahlil uslubini qo‘llash dinshunoslikning alohi­


131
da sohasi bo‘lgan din fenomenologiyasining ajralib chiqishiga sa­
bab bo‘ldi. Strukturaviy­funksional tahlil tizimdan iborat obyekt­
lar bilan aloqador bo‘lib, ularning tuzilish va faoliyat ko‘rsatish 
amaliyotini ochib berishga qaratilgan.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin