132
9-MAVZU. DIN VA HURFIKRLILIK
REJA:
1. Hurfikrlilikning mohiyati.
2. Dinni tanqidiy o‘rganish
masalasi.
3.
O‘zgarmas qonunlar va
o‘zgaruvchan nazariyalar orasini
ajratishning ahamiyati.
Tayanch tushunchalar:
hurfikrlilik,
skeptizm, ateizm, antiklerikalizm,
deizm, panteizm, indifferentizm fe
menizm, Rassel Makkatchen, Dj Z.
Smit, «gegemon kuch».
Mavzu o‘quv maqsadi:
Talabalarda
hurfikrlilik dinshunoslik sohasida din
ni o‘rganish borasida yuzaga kelgan
yondashuvlardan biri ekanligi,
uning
mazmuni va shakllari to‘g‘risida bilim va tasavvurni shakllantirish.
1. Hurfikrlilikning mohiyati.
Hurfikrlilik deganda jamiyat ta
raqqiyoti yo‘lida bildirilgan ilmiy asosli, adolatli so‘zga aytiladi.
Tarixda «hurfikrlilik» so‘ziga turlicha ta’riflar berilgan. Sobiq it
tifoq davrida hurfikrlilik deganda, asosan, ateizm va diniy aqida
larga
qarshi aytilgan fikrlar, qarashlar va harakatlar tushunildi.
Ammo bundan hurfikrlilik faqat ateizmdan iborat ekan degan
fikr kelib chiqmasligi kerak.
Antik davr faylasuflari, o‘rta asr olimlari insoniyat manfaati,
jamiyat taraqqiyoti yo‘lida o‘zlarining jamlagan ilmlari, hayotiy taj
ribalaridan kelib chiqib, hayot falsafasiga oid qonuniyatlarni kashf
qildilar, kelajak avlodlarga qoldirdilar. Mazkur kashf etilgan qonu
niyatlar aksar hollarda jamiyatda shakllanib qolgan g‘ayriilmiy qa
rashlardan farqli yoki to‘g‘ridanto‘g‘ri ularga zid bo‘lar edi. Ba’zan
bu kashfiyotlarni xursandlik bilan kutib olsalar, ba’zan esa, unga
133
qarshi kurash e’lon qilar edilar. Bu kurashda ko‘pincha ba’zi inson
lar tomonidan «diniy qarash va aqidalar uchun kurash» deb e’lon
qilinar edi. Ammo «dinning asl mohiyati ezgulikdan iborat» degan
qonuniyatdan kelib chiqilsa, ushbu ko‘rko‘rona kurash dinning asl
mohiyatiga zid ekani ma’lum bo‘ladi.
Abu Rayhon Beruniy (973–1054) Yerning dumaloqligi haqida
gi nazariyani ilgari surganida o‘z davrining mutaassib dindorlari
tomonidan ta’qib ostiga olindi. Ammo vaqt o‘tishi
bilan Yer ning
chindan ham dumaloq ekanligi barchaga ma’lum bo‘lgan od diy
holatga aylandi. Yerning shakli haqida turli qarashlar ustunlik
qilgan o‘sha davrda zaminning shar shaklida ekanligi nazariya
sining ilgari surilishi o‘ziga xos jasorat va hurfikrlilikning namu
nasi bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: