156
olamdagi jarayonlarda bevosita ishtirok etishi haqidagi tamoyil bi
lan ajralib turadi.
Falsafiy teologiya Xudoni anglashda sof ontologik usullardan
foydalanadi. Shu sababdan ham, Yevropa muhitida «ontoteolgi
ya» atamasi ko‘p uchrashini kuzatishimiz mumkin.
Bevosita ontologiya haqida gap ketar ekan, mazkur atama ilk
bor XVII asrda Goklenius (1613), I.Klauberg (1656) va Xristian
Volflar tomonidan fanga kiritilganini qayd etish lozim. Umuman
olganda esa, ontologiya deganda borliq haqidagi falsafiy tadqiqot
va ta’limotlar nazarda tutiladi. Demak, falsafiy teologiyadagi
Xudo haqidagi har qanday ta’limot, bu – ontoteologik konsep
tuallikdan boshqa narsa emas. Ontoteologiya Xudo haqida fikr
yuritar ekan, «Xudo – borliqning aynan o‘zidir (I’sum esse)» de
gan xulosani beradi.
Falsafiy teologiyaning Xudoni anglashga bo‘lgan urinishlari
an’anaviy teologiya vakillari – diniy ulamolarining keskin e’tiroz
lariga sabab bo‘lib kelgan. Dindorlar falsafiy teologiyani Xudo
ning mavjudligini isbotlashga urinish yo‘lida Uni falsafa obyek
tiga aylantirib qo‘yganlikda ayblaydilar. Ayni damda, teologlar
falsafiy teologiya tomonidan Xudoni anglash uchun zarur bo‘lgan
ong, tajriba va ilohiy xushxabar uchligidagi so‘nggi kriteriyni
tan olmaslikni qoralaydilar. Shunga qaramay, Xudoni anglash
ga doir falsafiy bahslar davom etib, bugungi kunda ikki yo‘na
lish «noan’anaviylik» va «novatorlik» ajratiladi. «Noan’anaviylik»
deganda Xudoni anglashda klassik teizmga alternativ yo‘nalish
larni topish tushunilsa, «novatorlik» ostida Yaratganni anglash
ning noteistik yo‘llaridan foydalanish nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: