O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar
1. Musulmon Sharqida falsafaga qanday munosabat bildiril
gan?
2. «Hayot falsafasi» qanday falsafiy yo‘nalish hisoblanadi?
3. Falsafiy teologiya mazmuni nimadan iborat?
157
4. «Teizm» va «deizm» tushunchalarini izohlang.
5. «Panteizm» va «panenteizm» tushunchalarini izohlab bering.
Adabiyotlar
1. Hillary Rodrigues, John S. Harding. Introduction to the
study of religion. – USA, Routledge, 2009.
2. Dinshunoslik asoslari (o‘quv qo‘llanma) / Mualliflar ja
moasi. – T.: «Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa bir
lashmasi», 2013.
3. Agzamxodjayev S., Rahimjonov D., Muhamedov N., Naj
middinov J. Dunyo dinlari tarixi (O‘quv qo‘llanma). – T.: «Tosh
kent islom universiteti nashriyotmatbaa birlashmasi», 2011.
4. Mo‘minov A., Yo‘ldoshxo‘jayev H., Rahimjonov D. va bosh
qalar. Dinshunoslik: Darslik / mas’ul muharrir N.Ibrohimov. –
T.: Mehnat, 2004.
5. Valiyev B., Rasulov A. Din psixologiyasini o‘qitishning in
novatsion metodlari. – T.: «Yangi asr avlodi», 2013.
6. Achildiyev A., Valiyev B., Kushaev U., Karimov J. Din
falsafasi (O‘quv qo‘llanma). – T.: «Toshkent islom universiteti
nashriyotmatbaa birlashmasi», 2014.
158
11-MAVZU. FAN VA DIN
REJA:
1. Fan va dinning o‘zaro aloqadorligi
ga doir qarashlar.
2. Diniy qarashlarda ma’rifatparvarlik
g‘oyalari.
3. Fan va din uyg‘unligini ta’minlash
ning ma’naviyma’rifiy jihatlari.
Tayanch tushunchalar:
hurfikrlilik, se
kulyar tendensiyalar, Frensis Bekon, Is
lom va ilm, ma’rifatparvarlik g‘oyalari,
kreatsionizm nazariyasi.
Mavzu o‘quv maqsadi: Talabalarda fan
va dinning o‘zaro aloqadorligiga doir qarashlar, diniy mazmun
dagi ma’rifatparvarlik g‘oyalari bo‘yicha bilim va tasavvurni
shakl lantirish.
1. Fan va dinning o‘zaro aloqadorligiga doir qarashlar.
Ma’lumki, fan – dunyo haqidagi obyektiv bilimlar tizimi bo‘lib,
uni ma’lum maqsadlar yo‘lida o‘zgartirishga xizmat qiladigan ta
biat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli hisobla
nadi. Tarixdan to bugungi kunga qadar fan va din munosabatlari,
ularning o‘zaro aloqadorligi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan
bahs munozaralar davom etib kelmoqda.
Ayrim olimlar tomonidan din va fanning birbiriga zid eka
ni, din bor joyda fan, fan bor joyda esa din bo‘lmasligi haqida
gi fikrni ilgari suradilar. Manbalarda qayd etilishicha, bunday
qarashlarning paydo bo‘lishi O‘rta asrlar katolik cherkovining
faoliyati bilan bog‘liqdir. O‘sha davrlarda keng quloch yozgan,
o‘z cho‘qqisiga chiqqan inkvizisiya minglab kishilarning be
gunoh qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Ilmiy izlanishlar cher
kov tomonidan qat’iy ravishda ta’qib ostiga olinib, olimlar
ga «Xudoga osiylik qiluvchilar» tamg‘asi bosilgani, hammaga
ma’lum.
159
Islohotchilik harakatlarining boshlanishi, hurfikrlilik namoy
ondalarining paydo bo‘lishi va Yevropa jamiyatidagi sekulyar ten
densiyalar natijasida fan dinning ta’siri ostidan chiqdi.
Shunday bo‘lsada, fan sohasi vakillariga nisbatan amal
ga oshirilgan adolatsizliklar olimlarning ijodiy faoliyatida o‘z
izini qoldirdi. Zero, o‘sha davr ilmiy muhitida fan va din o‘zaro
bog‘lana olmasligi, bu ikki tushunchani uyg‘unlashtirish mumkin
emasligi to‘g‘risidagi ayrim xulosalar ham ilgari surildi.
Fan va din munosabatlari hamisha munozara ostida bo‘lib kelgan
Ayni paytda, tabiiyilmiy qarashlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan
yana bir guruh olimlar din va fan o‘zaro uyg‘un fenomenlar si
fatida talqin etganlarini ham ta’kidlash joiz. Ularning fikricha,
din fanni, fan esa dinni inkor etmaydi, aksincha, diniy e’tiqod
sohib lari ilmfanni o‘rganishga targ‘ib qiladi, fanni chuqur o‘rga
nish esa Xudoning borligini tasdiqlaydi» deydilar. Jumladan,
Pastor «Diniy e’tiqod taraqqiyotga hech qanday to‘sqinlik qil
maydi. Chunki, har qanday taraqqiyot Xudoning yaratgan nar
salaridagi ajoyibotlar sirini ochib beradi. Agar men bugun ke
chagidan ko‘ra ilmliroq bo‘lsam, Xudoga bo‘lgan ishonchim ham
kechagidan mustahkamroq bo‘ladi» deydi. Sarbonna universiteti
professori Edmon Gerbert ham bu borada: «Ilm dinsizlikka yoki
160
ikkila nishga olib borishi mumkin emas», deb yozgan. Lord Kalli
fan esa: «Agar chuqurroq o‘ylab ko‘rsak, ilm, albatta seni Xudo
ning borligiga ishonishga majbur qiladi» degan fikrni ilgari sura
di. Eynshteyn ham din haqida fikr bildirar ekan: «Xudoga bo‘lgan
e’tiqod ilmiy izlanishlarning eng ulkan samarasidir» deb yozgan
edi.
Ayrimlar tomonidan asossiz ravishda, falsafa fani Xudoning
borligiga skeptik qarashga olib kelishi ta’kidlanadi. Mashhur ing
liz faylasufi Frensis Bekon esa, bu fikrga qarshi shunday yozgan
edi: «Inson falsafadan ozgina xabardor bo‘lsa, dinsizlikka yaqin
lashadi. Ammo falsafani chuqur o‘rgangan kishi, albatta, dinga
qaytib keladi».
Ba’zi adabiyotlarda din va fanning birbiriga qaramaqarshi
ekanligini asoslash uchun «ilm dalil va hujjatlarga, aniqlikka va
aqlga tayanadi, din esa, ko‘rko‘rona ishonch va taqlidga tayana
di» degan fikrni uchratish mumkin. Aslida esa, bu haqiqatga mos
emas.
Zero, din, jumladan, islom dini ham aniq dalil va faktlar, rat
sional asoslarga tayanadi. Buni dinimizning muqaddas manbalari
– Qur’on va hadisni tizimli o‘rganish orqali bilib olishimiz mum
kin. Jumladan, Qur’onning Isro surasida: «O‘zing bilmagan nar
saga ergashma! Albatta, quloq, ko‘z va dil – ana o‘shalar, mas’ul
dirlar» degan oyat mavjud. Shuningdek, Naml surasida hujjat va
dalillarning o‘ta muhimligi borasida: «Yoki avval boshdan yarata
digan, so‘ngra yana qaytadan yaratadigan va sizlarni osmonlaru
yerdan rizqlantiradigan zot yaxshimi? Alloh bilan birga boshqa
iloh bormi!? «Agar rostgo‘y bo‘lsangiz, hujjatlaringizni keltiring»,
degin» shaklidagi oyatni o‘qish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |