162
ko‘p bosqichlariga mos kelar edi. Ta’limning birinchi bosqichi 7
ta fanni o‘z ichiga olgan ikki davradan iborat edi:
1davrada – trivium (grammatika, notiqlik, mantiq);
2davrada – kvadrium (arifmetika, astronomiya, musiqa, ge
ometriya).
Oliy maktablar XIII asrda Boloniya, Monpele, Palermo, Parij,
Oksford, Salerno va boshqa shaharlarda tashkil topdi. Umuman,
ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, XV asrga qadar Yevropa davlatlarida
60 ga yaqin universitet ochilgan.
XIV asrdan qog‘oz ishlab chiqarish imkoniyatlari kengaydi.
Qog‘oz Xitoydan Sharq davlatlari, jumladan, Samarqand orqa
li Yevropaga kirib keldi. Ispaniyada dastlabki qog‘oz ustaxonalari
XII asrdan ishga tushgan. Keyinchalik, XIV asrdan esa bu soha
Italiyada ham rivojlangan. Yevropadagi dastlabki ustaxonalarda
qog‘oz eski lattalardan tayyorlangan.
Germaniyada 1445yilda Iogann Guttenberg tomonidan kitob
bosish dastgohining kashf etilishi Yevropa madaniy hayotining yana
da yuksalishiga sabab bo‘ldi. Xudoni kuylash, Injil asotirlari, avli
yolar hayoti, ruhiyaxloqiy poklanish, gunohdan forig‘ bo‘lish bi
lan bog‘liq aqidalar esa, O‘rta asrlar musiqasidagi asosiy mavzular
bo‘lganini ham eslash mumkin.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, aynan shu davrda Yev
ropa renessansi ham ro‘y berdi. O‘rta asrlar diniy xurofot davri
dangina iborat bo‘lib qolmadi. O‘zidan ajoyib adabiy meros va
arxitektura yodgorliklarini qoldirdi. Bu davr «buyuk o‘zgarishlar
davri», o‘zlarining o‘lmas asarlari bilan kishilik madaniyati rivo
jiga katta hissa qo‘shgan olim va yozuvchilarning yetishib chi
qishiga zamin tayyorlagan davr bo‘lganini ham unutmaslik zarur.
Dostları ilə paylaş: