153
kiyning zamonaviy katoliklik aqidasining
asoschisi sanalishi ham
yuqoridagi fikrimizning isboti bo‘la oladi.
Islom olamida falsafaga nisbatan ikki xil munosabat mavjud
bo‘lgan, mo‘taziliylar, jabariylar, jahmiylar, ismoiliylar kabi ilohi
yot maktablarining faoliyati natijasida bir guruh olimlar falsafa bilan
shug‘ullanishni umuman inkor etishsa, Imom G‘azzoliy kabi bosh
qa bir turdagi olimlar falsafa va kalomni yarashtirishga urinishgan.
Keyinchalik Yevropa va Sharq olamida hurfikrlilik harakatlari
ning rivojlanishi teologiyaning falsafa fani tarkibidagi bir bo‘lim
ga aylanishiga olib keldi. Yevropa muhitida Nitsshe, Freyd, Spi
noza, Yum kabi faylasuflar teologiyaga tanqidiy yondashuvlari
asosida
falsafiy teologiya, ya’ni diniy falsafa yuzaga keldi.
Falsafiy teologiyaning asosiy vazifasi borliqning diniyfalsafiy
asoslari va undan kelib chiqadigan ixtiyor erkinligi, tasodifiylik
va zaruriylik, Xudoning sifatlari bahsi kabi masalalar hisoblana
di. Umuman olganda, falsafiy teologiya Xudoning barcha sifat
lari bilan birga mavjudligini falsafiy jihatdan asoslashga urinadi.
Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun birinchidan, Xudo
ning
mavjudligini isbotlab berish, ikkinchidan, imkon qadar Xu
doning tabiatini aniqlash va uchinchidan, Xudo – olam va Xu
do – inson munosabatlarini ochib berish masalalarini hal qilish
lozim bo‘ladi.
Mutafakkirlar din va hayot falsafasi mushohadasi ustida
154
Falsafiy teologiya ayni damda «tabiiy teologiya», «diniy fal
safa», «diniy metafizika», «ratsional teologiya» kabi nomlar bi
lan ham ataladi.
Insoniyat yaralibdiki, doimo borliqning ilohiy yaratuvchisi
– Xudo haqida ko‘proq bilishga, unga yaqinlashishga urina
di.
Mavjud barcha dinlarda, oz yoki ko‘p miqdorda, Xudo ha
qidagi ta’limotning mavjudligi, mazkur mavzudagi bahslar antik
davrdan to bugungi kunga qadar faylasuflarning asosiy mavzu
laridan biri ekani yuqoridagi fikrlarimizga isbot bo‘lib xizmat
qiladi. Mazkur masalalarni hal qilishga urinishlar natijasida fal
safiy teologiya tez sur’atlarda rivojlandi,
uning bahs mavzulari
ko‘paydi. Oqibatda, bu bir necha falsafiy teologik maktablarning
shakllanishiga olib keldi. Mazkur oqimlardan eng yiriklari sifa
tida teizm, deizm, panteizm, panenteizm kabi oqimlarni sanash
mumkin.
Teizm va deizm diniyfalsafiy ta’limotlarining asosiy xu
susiyatlari. Ma’lumki, teizm (yunoncha
Θε
ό
ς
— Xudo) – keng
ma’noda Xudo yoki Xudolarga ishonish, tor ma’noda esa mono
teistik xarakterga ega bo‘lgan Xudoning mavjudligi va uning bu
tun dunyoda o‘z hukmini o‘tkazishi haqidagi diniy falsafiy ta’li
mot. Mazkur atama ilk bor Ralf Kedvort tomonidan «Borliqning
asl intellektual tizimi» nomli asarida amalga kiritilgan. Bugungi
kunda monoteistik mohiyatga ega bo‘lgan barcha diniy ta’limot
lar (yahudiylik,
xristianlik, islom kabi) teizmga kiritiladi.
Teizmga ko‘ra Xudo dunyoning yaratuvchisigina bo‘lib qol
may, uni boshqarishda ham bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi.
Mutaxassislar, mazkur ta’limot shakllanishi va rivojlanishining
asosiy sababi sifatida Gegel va Shellinglarning panteistik nazari
yalarining qoniqarli bo‘lmaganini keltirishadi.
Teizmning eng yirik namoyondalari sifatida kichik Fixte,
Ulritsi, Virt, Veyse, Xalibeus, Shvarts, Karrg‘er va Seyzing ka
bi faylasuflarni qayd etish mumkin. Falsafada teizmga nisbatan
«bexabarlik» mavqeida turish – agnostitsizm, bunday e’tiqodning
yo‘q bo‘lishi – ateizm, teizmni inkor etish esa – antiteizm deb
155
ataladi.
Hind falsafasida esa, teistik ta’limot – astika, uning zid
di esa (ya’ni ateizm) – nastika deb atalgan.
Dostları ilə paylaş: