Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106
Dinshunoslikka kirish

1. Axloq tushunchasi. 
Axloq – kishilarning bir­birlariga, oila­
ga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xat­
ti­harakatlari, xulq­atvorlari va odoblari majmuyi. Huquqdan 
farqli ravishda axloq talablarini bajarish­bajarmaslik ma’naviy 
ta’sir ko‘rsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, 
qilingan ishni ma’qullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. 
Din e’tiqod, tasalli berish, 
qonunlashtirish funksiyalari­
dan tashqari, sotsiolog­funk­
sionalistlar dinning boshqa­
ruvchilik funksiyasini alohida 
takidlaydilar. Bunday nuqtayi 
nazardan qaraganda din axlo­
qiy qadriyatlar tizimi hamdir. 
Dinning boshqaruvchilik funksiyasi diniy dunyoqarash darajasi­
da ko‘riladi. Har bir diniy tizim muayyan qadriyatlar sistemasi­
ni ishlab chiqadi. Ular e’tiqod qiluvchi tomonidan bu dinni qa­
bul qilishda asta­sekinlik bilan o‘zlashtirib boriladi. Axloq­odob 
normalari o‘ziga xos faoliyatning dasturi va kishilarning o‘zaro 
Din
Axloq


174
muloqot yo‘lidir. Uning turli ko‘rinishlari mavjud. U insonning 
biror­bir obyektga, insonga, hodisaga bo‘lgan munosabatining 
oldindan belgilanishidir. Dinga e’tiqod qiluvchilarning odob­ax­
loq normalari diniy marosimlarda, odamlarning o‘zaro muloqot 
qilishi natijasida o‘zlashtiriladi va kelajak avlodga uzatiladi. 
Bunday axloq normalarini o‘zlashtirish darajasiga qarab inson 
jamiyatda o‘zini qanday tutishi belgilanadi. Insonning axloqi o‘zi 
tushgan turli vaziyatlarda ularning to‘g‘ri baholashga yordam be­
radi. Turli vaziyatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarish insonning aso siy 
maqsadini belgilashda muhim o‘rinni egallaydi. Oxirgi natija – 
eng asosiy maqsad bu insonning g‘oyasini belgilaydi. 
Har bir din o‘zining axloq normalarini e’tiqod xususiyatlaridan 
kelib chiqib belgilaydi. Bu ishni amalga oshirishda diniy qadriyat­
larning o‘ziga xos shkalasi vujudga keladi. Masalan, xristianlikda 
eng asosiy qadriyat sifatida insonning Xudo bilan muloqoti olina­
di. E’tiqod qiluvchi kishi, odatda, Xudoga yaqinlashish, «birinchi 
gunoh» natijasida Xudo bilan inson orasida paydo bo‘lgan ma­
sofani bartaraf etish imkoniyatiga ega. Buning uchun e’tiqod qi­
luvchi ibodatlarni amalga oshirish bilan bir qatorda o‘z axloqini 
yaxshilashni ham amalga oshiradi. Xristian kishi bunday axloq 
jarayonida o‘z oldiga muayyan maqsadlarni qo‘yadi. Masalan, 
diniy marosimlarda qatnashish insonga savob ishlarni keltiradi, 
ular shayton bilan kurashish, Xudoga yaqinlashish uchun kuch 
ato etadi. Uning pirovard maqsadi bunday amallar va axloqlar 
natijasida o‘z urug‘ini qutqarish, Xudoga qo‘shilib ketish va «Ilo­
hiy podshohlik»ni qo‘lga kiritish nazarda tutiladi. «Ilohiy pod­
shohlik» – bu alohida xristianning va umuman barcha xristian­
larning barcha sa’y­harakatlari diniy tashkilotlar orqali amalga 
oshirish uchun yo‘naltirilgan asosiy g‘oyadir. 
Diniy axloq normalari – ijtimoiy norma turlaridan biridir. 
Diniy axloqdagi diniy qadriyatlarni amalga oshirishga yo‘naltiril­
gan talab va qoidalar tizimidir. Ijtimoiy axloq normalarida qadri­
yatlarga nisbatan ko‘proq majburiylik aks etadi. Din sotsiologi­
yasida diniy axloq turlarining har xil sinflari mavjud. Diniy axloq 


175
normalari boshqaruvchilik xarakteri­
ga ko‘ra pozitiv – biron­bir ish hara­
katini amalga oshirishni majburiy 
qilish, yoki negativ – ma’lum amal, 
munosabat va boshqalarni taqiqlovchi 
bo‘lishi mumkin. Diniy axloq nor­
malari o‘z ko‘rinishiga ko‘ra maz­
kur diniy e’tiqodga ergashuvchi bar­
cha kishilarga yoki muayyan jamoa 
(ruhoniylar, avliyolar va b.)ga tegish­
li bo‘lishi mumkin. Masalan, katolit­
sizmdagi turmush qurmaslik faqatgi­
na ruhoniylarga tegishlidir.
Diniy axloq o‘z xarakteriga ko‘ra 
toat­ibodatga oid yoki tashkiliy bo‘lishi mumkin. Toat­ibodat­
ga oid axloq normalari diniy amallarni bajarish vaqtida tartib­
ga solishga xizmat qiladi. Tashkiliy axloq normalari diniy jamoa 
ichidagi, ibodatxona ichidagi va ibodatxonalararo, shuningdek 
diniy oqimlar orasidagi munosabatlarni belgilaydi. Bu normalar 
orasiga diniy tashkilotlar (jamoalar, mazhablar, ibodatxonalar), 
muayyan dinga e’tiqod qiluvchi fuqarolar, diniy birlashmalar, turli 
pog‘onadagi ruhoniylar, tashkilot va uning har xil bo‘limlari ning 
turli rahbarlari orasidagi munosabatlar kiradi. Bunday norma­
lar diniy tashkilotlar haqidagi turli ustav va nizomlarda belgila­
nadi. Ular bu tashkilotlarning strukturasini, tashkilot va uning 
turli bo‘limlariga rahbar saylash tartiblarini hamda rahbarlarning 
faoliyat muddati, huquq va burchlarini belgilaydi.
Diniy faoliyat va munosabatlarni tartibga soluvchi axloq nor­
malariga bunday juda umumiy nazar solish, bu normalar in­
sonning ijtimoiy jihatidan juda keng sohasini o‘z ichiga olishini 
ko‘rsatadi. Tabiiyki, dinshunoslikda bunday nazariyalarning qay­
si biri «sof» diniy va qaysinisi diniy sohaga yuzaki ravishda te­
gishli, degan savol ixtiloflidir. Bu savolga ikkita turli javob taklif 
etilgan: birinchisi, har qanday tartibga soluvchi jihatlar, agar ular 


176
diniy tashkilotlar miqyosida amalga oshirilsa «diniy» deb hisob­
lash. Ikkinchisi, diniy bo‘lmagan ijtimoiy faoliyat va munosabat­
larning diniy tashkilotlar miqyosida amalga oshirilishi faqatgina 
diniy tartibga solishga mansub qilish fikridir. Ikkinchisiga misol 
tariqasida diniy tashkilotlarning missionerlik va xayr­ehson qilish 
faoliyatini olishimiz mumkin.
Islom dinida axloq dinning asosiy maqsadlaridan biri hisobla­
nadi. Payg‘ambar Muhammad (s. a.v.)ning «Men faqat chiroyli 
xulqlarni mukammal qilish uchungina yuborildim» degan so‘zlari 
ana shundan darak beradi. Bu borada Payg‘ambarning har qan­
day vaziyatda ham o‘zlarining chiroyli xulqlari bilan ajralib tu­
rishlari musulmonlar uchun o‘rnak bo‘ladi. Islomda axloq nor­
malari ikkiga bo‘linadi: inson bilan Alloh o‘rtasidagi va inson 
bilan inson o‘rtasidagi munosabatlardagi axloq normalari.
Eng katta axloqsizlik – bu insonning Alloh oldidagi ahdi­
ga vafo qilmaslik. Islom e’tiqodiga ko‘ra, insoniyat yer yuziga 
kelmasidan oldin barcha insonlar Alloh huzurida chin musul­
mon bo‘lishga «qasamyod» («al­misoq») qilganlar. Musulmon 
bo‘lmaslik – bu eng birinchi va eng katta axloqsizlik, vafosizlik 
va noshukurlik hisoblanadi.
Inson va Alloh o‘rtasidagi muloqotda asosiy joy qalb hisobla­
nadi. Insonning ma’naviy go‘zal bo‘lishi Yaratganning oldida ax­
loqli bo‘lishini belgilaydi.
Shariat
Aqida
Axloq
Muomalat
Ibodat
Ijtimoiy faoliyat
Iqtisodiy faoliyat
ISLOM


177
Bu xususda Imom al­G‘azzoliy (1057–1111) bir misolni kelti­
radi: inson uyiga mehmon kelishidan oldin hammayoqni toza­
laydi, ko‘zga xunuk ko‘rinadigan narsalarni yo‘qotib, iloji boricha 
chiroyli ko‘rsatishga harakat qiladi. Inson o‘z Rabbisi huzurida 
turish – ibodat qilishdan oldin ham qalbini shunday toza va chi­
royli qilishga intiladimi?
Islomda axloq yaxshi va yomon xulqlarga bo‘linadi. Cрiroy­
li xulqlarning eng birinchisi qilib rostgo‘ylik qaraladi. Payg‘am­
barning «musulmonda kamchiliklar bo‘lishi mumkin, ammo un­
da yolg‘onchilik bo‘lishi mumkin emas», degan so‘zlari bunga 
dalildir. Yolg‘onchilik Qur’onda ham, hadisda ham eng yomon 
illat, katta gunoh sifatida qoralanadi.
Islom Arabiston yarim orolidan chiqib boshqa mamlakat va 
xalqlar orasida tarqalishi bilan axloq normalarining ham o‘zi­
ga yarasha rivojlanish jarayoni yuz berdi. Islomning asosiy axloq 
normalariga kirmay qolgan jihatlar «mustahab» («ulamolar huzu­
rida yaxshi ko‘rilgan») amallar sifatida «ilova» qilindi.
Turli dinlardagi axloq normalari orasida asosan bir­biriga 
o‘xshash jihatlar ko‘proq bo‘lsa­da, ular orasida ziddiyatli jihat­
lari ham mavjud. Masalan, islomda oila qurmay «bo‘ydoq, be­
va» yurish qoralanib, oilasidan biron sababga ko‘ra ajralgan kishi 
yangi oila qurishga targ‘ib etilsa, xristianlikda ikkinchi oila qu­
rish gunoh hisoblanib, hattoki xiyonat darajasiga ko‘tarilgan.
Nafaqat boshqa­boshqa dinlar orasida, balki bir din ichida­
gi turli oqim va mazhablardagi axloq normalari orasida har xil­
lik borligini ko‘rishimiz mumkin. Bunday har xillikka sabab tur­
li xalqlarning biron dinni qabul qilishlarida o‘z milliy urf­odat, 
qadriyatlar, axloq normalarini diniylashtirishga bo‘lgan intilish­
laridir.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin