Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Tayanch tushunchalar:
umumfalsafiy, ijti­
moiy­falsafiy, maxsus, umumilmiy, naza riy 
va empirik usullar, dialektika, tizimli yon­
dashuv, tahlil, uyg‘unlashtirish, abstrakt­
lashtirish, umumlashtirish, modellashtirish, 
analogiya, gipoteza, induksiya, deduksiya
kuzatish, eksperiment.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Talabalarda din­
shunoslik tadqiqot sohasida falsafiy usullarning tatbiq etilishi, 
dunyo dinlarini tarixiy­xronologik o‘rganish usullari va dinlarni 
o‘rganishda teologik yondashuv bo‘yicha bilim va tasavvurni 
shakllantirish.
1. Dinshunoslikka falsafiy usullarning tatbiq etilishi. 
Bir qa­
tor fanlar majmuyini o‘z ichiga olgan dinshunoslik uni bilishning 
turli usullarini qo‘llaydi. Boshqa fanlar kabi unga ham umumfal­
safiy, ijtimoiy­falsafiy, maxsus, umumilmiy, nazariy va empirik 
usullar qo‘llaniladi. Ular dialektika, tizimli yondashuv, tahlil 
(analiz), uyg‘unlashtirish (sintez), abstraktlashtirish, umumlash­
tirish, modellashtirish, analogiya (o‘xshatish), gipoteza, induksiya 
(juz’iy hodisalardan umumiy natija chiqarish), deduksiya (umu­
miy holatdan xususiy xulosalarga kelish), kuzatish, eksperiment 
(tajriba o‘tkazish) va h.k.lardan iborat. Bulardan tashqari din­
shunoslikda o‘ziga xos bo‘lgan uslublardan ham foydalaniladi. 
Jumladan, din sotsiologiyasida ijtimoiy faktlarni aniqlash uslubi 


129
samarali natija beradi: hujjatlarni o‘rganish, turli xildagi so‘rov­
lar o‘tkazish – intervyu olish, anketa to‘ldirish va h.k. Olingan 
ma’lumotlarni birlamchi qayta ishlash: guruhlarga ajratish, tab­
aqalashtirish, statistik jadvallarni tuzish va h.k. Din psixologiyasi­
da tarjimai hollarni tahlil qilish, loyihaviy test o‘tkazish, kishilar 
shaxsiy hayotiga oid so‘rovlar o‘tkazish, shaxsning kelib chiqishi 
va egallagan mavqe­maqomini tadqiq etish, ijtimoiy o‘lchov ka­
bi uslublar ishlatiladi.
Dinni tadqiq etishda shunday yondashuvlar ishlab chiqilganki
unda qator xususiy uslublarni uyg‘unlashtirilgan. Ular bir necha 
o‘n yillar mobaynida qo‘llanib kelinayotgan bo‘lib, hozirda ham 
samarali natijalarni bermoqda. Sababiy tahlil deganda sabab­oqi­
bat munosabatlarini o‘rganish, turli diniy ko‘rinishlarning yuzaga 
kelish sabablari va taraqqiyot bosqichlarini aniqlash ko‘zda tutila­
di. Bunday tahlil tamoyillariga ko‘ra, «nima uchun?» degan savol 
birinchi o‘rinda turadi, chunki din o‘z­o‘zidan tushunilishi mum­
kin emas, zero din o‘zining sababchisi o‘zi emas. Aynan sababiy 
tushuntirish avvalambor, insonlar hayotiy faoliyatidagi amaldagi 
munosabatlardan turli diniy va nodiniy shakllarni ajratib olishga 
yordam beradi. Tarixiylik va mantiqiylikning yagonaligidan ke­
lib chiqib tarixiy jarayonlarni mantiqan anglash mumkin bo‘la­
di. Bu esa obyektning hozirgi kundagi holatini tushunish imkoni­
yatini beradi. Shuningdek, tarixiylik­mantiqiylik o‘tmishda bo‘lib 
o‘tgan voqea­hodisalarni anglash uchun yo‘riqnoma bo‘lib xiz­
mat qiladi. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin