116
riba orqali o‘rganishni maqsad qiladi. Voqelik esa inson tuyg‘usi
yoki ongi orqali idrok qilinadigan reallikning belgisi hisoblana
di. Fenomenologik yondashuvdan dinshunoslikda keng miqyos
da foydalanishdan avval mavzuning kirish qismida ushbu yon
dashuvning nima uchun psixologik yondashuv bilan bir o‘rinda
zikr qilinishi hamda oldingi bo‘limda tadqiq qilingan sotsiologik
va antropologik yondashuvlar bilan bog‘liq jihatlari haqida to‘xta
lib o‘tsak.
Avvalo, aytish lozimki, bu bo‘lim
da o‘rganiladigan fenomenologik va
psixo
logik yondashuvlar sotsiologik
hamda antropologik yondashuvlar bi
lan bir o‘rinda ishlab chiqilgan va
rivoj lantirilgan. Qolaversa, ushbu to‘rt
yondashuv bo‘yicha faoliyat olib bor
gan asosiy namoyondalar va yaratilgan
asarlarning davri bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Binobarin, ularning har
biri o‘z uslubiga ko‘ra teologik yondashuvga nisbatan ilmiy deya
tasvirlanadi va ular bugungi kunga qadar ilmiy yo‘nalish sifatida
yashab kelmoqda. Bundan tashqari, ushbu yondashuvlar birbi
ri bilan bog‘liq bo‘lib, har vaqt davomli ravishda o‘z ta’min va
uslublarini oqlab kelgan. Masalan, din fenomenologiyasi vakillari
antropologlar tomonidan to‘plangan ma’lumotlardan o‘z yo‘na
lishlarida foydalanadilar, shu asnoda, u ma’lumotlardagi antro
pologik, psixologik yoki sotsiologik talqinda sezilmagan kamchi
lik (reduktsiya) bartaraf qilinishi ham mumkin. Reduksionizm
murakkab hodisa yoki narsani o‘rganish uchun uning sabab va
tabiatga e’tibor berishni nazarda tutgan ilmiy yo‘nalish sanaladi.
Shunga ko‘ra, dinni o‘rganishda reduksion antropologik, psixo
logik va sotsiologik hisobga muvofiq ish ko‘rilsa, dinning kelib
chiqishi va muayyan vazifalarni bajarishi mos ravishda, madaniy,
psixologik va sotsial sabablar bilan bog‘liqligi to‘g‘risida xulosa
kelib chiqadi. O‘z navbatida, fenomenologlar o‘zlarining sotsi
olog hamkasblariga ularni butun narsaning bir qismiga e’tibor
Dostları ilə paylaş: