3. Din antropologiyasidagi qarashlar.
Antropologiya, qolaversa,
din antropologiyasi fanining ilk namoyondalaridan biri Eduard
Burnet Teylor (1832–1917) bo‘lib, u o‘z qarashlarini ikki jildlik
«Ibtidoiy madaniyat» asarida bayon qilgan. Uning nomi ko‘pincha
u tomonidan dinning kelib chiqishi, dinning tadrijiy taraqqiyoti
va madaniyatshunoslik fanining rivojlanishini ochib beradi, deb
hisoblangan animizm tushunchasini tadqiq qilish bilan bog‘liq
108
ravishda yodga olinadi. Teylorning ta’kidlashicha, insoniyatning
dastlabki vakillari atroflarida sodir bo‘layotgan uyqu, tush, be
dorlik, hayot va o‘lim kabi hodisalar borasida hayratga tushib,
ular to‘g‘risida o‘z aql doiralarida mushohada olib borganlar, am
mo ularning tasarrufida aniq dalilga asoslangan ma’lumotlar
ning mavjud emasligi yuqoridagi masalalarning tagiga yetishga
to‘siqlik qilgan. Shu tariqa, ular atroflaridagi narsa va hodisala
rga «jon» ato etganlar, ya’ni, ularning ruhi bor, deb tasavvur qi
la boshlaganlar. Teylorning fikricha, bunday shaklda inson, hay
von yoki tabiatga oid narsa va hodisalarni ilohiylashtirib, ularga
e’tiqod qilinishi diniy tafakkurning eng qadimgi ko‘rinishi hisob
lanadi.
Shu asosda, ruhlar va ularning boshqa jonzotlardan alohida o‘zi
ga xos ravishda yashashi haqidagi tushunchalar shakllanishi ular
ga bo‘lgan e’tiqodni vujudga keltirgan bo‘lsa, keyinroq, muayyan
ruhlarning iloh maqomiga ko‘tarilishi ko‘pXudolik e’tiqodini shakl
lanishiga olib keldi. Yakunda esa, turli Xudolar to‘plamidan «yago
na qudratli kuch sohibi» tushunchasi ajralib chiqib, yakkaXudolik
(monoteizm) g‘oyasi yuzaga kelishiga olib bordi. Bu fikrga mos ra
vishda, Teylor ibtidoiy (ovchilik) va sodda (dehqonchilik, chorvachi
likka asoslangan) hayotdan madaniylashgan turmush tarziga o‘tishni
ifodalovchi «jamiyatlarning madaniy evolutsiyasi» nazariyasini ilgari
suradi. Unga muvofiq, monoteizm faqat sivilizatsiyalashgan jamiyat
larning animizmi sanaladi (ya’ni, monoteizm faqat madaniylashgan
jamiyatlarga xos yoki madaniylashgan jamiyatlar avvaldan mono
teizmga e’tiqod qilib kelganlar).
Teylorning fikriga ko‘ra, zamonaviy «ibtidoiy» ko‘rinishda
gi (kichik ko‘lamli, urbanizatsiyalashmagan, texnologik oddiy)
jami yatlar qadimgi «sodda» jamiyatlarning muqobil variantidir va
ular madaniy hamda diniy rivojlanishning muqarrar bosqichla
rini bosib o‘tadilar. Keyinchalik, zamonaviy «ibtidoiy odam» for
mulasi orqali insoniyatning qadimgi vakillari jamiyatini model
109
lashtirish va ularning fikrlash tarzi hamda faoliyatini tasavvur
qilish uslubi antropologlar orasida oddiy tus oldi. Shu nuqtayi
nazardan aytish mumkinki, inson hayotida dinning paydo bo‘li
shi masalasi din antropologiyasining dastlabki davrida «qaynoq»
mavzuga aylandi.
Teylorning ba’zi g‘oyalari folklorist Endryu Lang (1844–
1912) tomonidan haqli ravishda tanqidga uchradi. Avvalida Tey
lor qarashlariga ergashgan Lang, keyinroq, ibtidoiy jamiyatlar
boshidanoq monoteizm e’tiqod shakliga amal qilganlari va ular
ko‘pXudolik yoki animizmning ilk shakllarini boshdan kechir
maganlarini dalillar asosida keltirib o‘tdi. Katolik ruhoniysi va
antropolog Vilgelm Shmidt (1868–1954) mazkur fikrni quvvat
lab, barcha primitiv jamiyatlar ibtidodan monoteistik ruhiyat
ga ega bo‘lganligi va monoteizm barcha dinlarning asl ko‘rinishi
ekanligini bildiradi. Aslida, Teylor fikrlari bo‘yicha shakllangan
dinning evolutsion rivojlanish nazariyasi ibtidoiy jamiyatlarning
dinlari monoteizmning buzilgan shakli bo‘lganligi to‘g‘risidagi
xristiancha qarashga qaramaqarshi o‘laroq yuzaga chiqqan edi.
O‘z navbatida, dinning kelib chiqishi haqidagi nazariyalar boshqa
soha vakillari, jumladan, sanskrit va hindyevropa tillari bo‘yi
cha mutaxassis Maks Myuller tomonidan ham ilgari surilgan.
Myullerning bildirishicha, insoniyatning ilk vakillari momaqal
diroq, quyosh tutilishi kabi tabiat hodisalaridan hadiksirab, ular
uchun muayyan ibodatlarni bajarganlar. Biroq, ke yinroq, til ning
narsa va hodisalarning to‘liq ochib berish imkoniyati yo‘qligi
va narsalarning xususiyatlarini ko‘pincha bo‘rttirib ko‘rsatishga
moyillikning yuqoriligi natijasida mazkur tabiat hodisalari g‘ay
ritabiiy kuchlar yoki xudolar tomonidan boshqariladi, degan qa
rashni yuzaga keltirgan. Shu bois ham afsonalar «tilning kasal
ligi» deb ataladi. Haqiqatda, tez orada ma’lum bo‘ldiki, dinning
kelib chiqishi xususidagi yuqoridagi kabi nazariyalar antropologi
ya bilan hamjihatlikda «yashab» kelayotgan ilmiy uslublar aso
sida tajribadan o‘tmaganligi sababli noto‘g‘ri, qisman haqiqat ga
yaqin yoki samarasiz deb topildi. Natijada, din antropologiyasida
110
yangi mavzuviy masalalar (new thematic concerns) bo‘y cho‘za
boshladi.
Dostları ilə paylaş: |