130
holati taraqqiyotning natijasidir, mavjud holatni o‘rganish naza
riy tuzilishni keltirib chiqarish imkonini beradi.
Bu esa mazkur
ko‘rinishning avvalgi, jumladan, boshlang‘ich
bosqichda qanday
bo‘lganligini tavsiflab berishga yordam berishi mumkin.
Qiyosiytarixiy tadqiqot usuli bir dinning turli bosqichlarini tur
li davrlardagi holatini, shuningdek, bir vaqtda mavjud bo‘lgan bosh
qaboshqa dinlarning turli bosqichlarini qiyoslaydi. Turli dinlardagi
shaxslarni (masalan, Budda va Iso Masihni) qiyoslash usuli alohi
da ahamiyatga ega. Qiyosiy tahlil asosida tadqiqotning maxsus so
hasi – qiyosiy dinshunoslik yuzaga kelgan.
Tipologik uslub (turkumlarga ajratish uslubi) o‘rganilayotgan
obyektlarni qismlarga ajratish va qandaydir jihatlariga ko‘ra alohi
da guruhlarga jamlash bilan bog‘liq bir qator jarayonlarni o‘z ichi
ga oladi. Turkumlashtirish natijasida alomatlarning statistik muqim
bo‘lgan guruhlari kelib chiqadi va ular muayyan obyekt, ko‘rinish
ning yagona guruhga mansub umumiylik andozasini beradi.
Qandaydir obyekt alomatlarining o‘zgarmasligi uni o‘ziga mos
guruhga qo‘shish imkonini beradi. Biror turga jamlangan obyekt
lar alomatlari orasidagi farq tasodifiy ahamiyatga ega bo‘lib, bu
farqlar turli obyektlarga xos xususiyatlar orasidagi farqlarga nis
batan sezilmas darajadadir. Alohida turlarga jamlash orqali din
larning tarixiy turlariga xos xususiyatlar,
hurfikrlilik turlari
aniqlangan.
Fenomenologik uslub kishilarning diniy amallarni birgalikda,
mushtarak holda bajarishning ahamiyati va mohiyatini aniqlash
ga qaratilgan amallar majmuasini o‘z ichiga olib,
amalda faol
bo‘lgan shaxslarning qiziqishlari, tasavvurlari, g‘oyalari, maqsad
larini qiyoslaydi. Shu yo‘l bilan ularning axloqi orasidagi ma’naviy
aloqani, o‘zaro muloqotlarning shakliy tuzilishini, ijtimoiy mu
nosabatlarning subyektiv omillarini tushunib yetishga erishadi.
Fenomenologik tahlil uslubini qo‘llash dinshunoslikning alohi
131
da sohasi bo‘lgan din fenomenologiyasining ajralib chiqishiga sa
bab bo‘ldi. Strukturaviyfunksional tahlil tizimdan iborat obyekt
lar bilan aloqador bo‘lib, ularning tuzilish va faoliyat ko‘rsatish
amaliyotini ochib berishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: