102
soblanadi. Aslida, antropologiya («anthropos» – «inson», «logos»
– «fan») insonni o‘rganuvchi fan sohasi sanaladi. Fanning ushbu
nomda atalishi tarixi XV asrda boshlangan buyuk geografik kashfi
yotlar va mustamlakachilik harakatlari bilan bog‘liq.
Yevropaliklar Yangi dunyo madaniyati, ayniqsa,
Afrika va
Sharq dunyosi jamiyatlari bilan tanishishlar natijasida ular
ning tashqi ko‘rinishi, xulqatvori va o‘ziga xos jihatlari yev
ropaliklarning e’tiborini torta boshladi. 1858yilda Charles
Darvinning «Turlarning kelib chiqishi» asari chop etilishi bilan
dastlabki antropologlar o‘z izlanishlarini «inson kelib chiqishi
ni tushu nish» sifatida baholay boshladilar.
Jumladan, Gerbert
Spenser (1820–1903) turlarning kelib chiqishi (evolutsiyasi) naz
ariyasini jamiyatlarning vujudga kelishi (ba’zida «sotsial Darv
inizm» ham deb ataladi) mavzusiga ekstrapoliyatsiya qildi (ek
strapolyatsiya – narsa va hodisaning bir qismini
kuzatish asosida
olingan xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tatbiq
etish).
Natijada, «yevrotsentrizm» qarashlari bosh ko‘tarib, yev
ropa jamiyatlari evolutsion jarayonning eng cho‘qqisini, yevropa
lik bo‘lmagan jamiyat va xalqlar mazkur jarayonning quyi qis
mini ifodalashi haqidagi fikrlar keng yoyildi. Hatto, ko‘plab ilk
antropologlar o‘z qarashlarini isbotlash uchun hozirgi kungacha
saqlanib qolgan ibtidoiy hayot tarzida yashovchi qabila a’zolari
ning bosh suyak lari yoki boshqa tana a’zolarini
eng qadimgi
odamning arxeologik qoldiqlari bilan solishtirishga kirishdilar.
Bu orqali tabiatga bog‘liq ravishda (ovchilik, dehqonchilik orqa
li) ibtidoiy jamiyatlarda yashagan insonlar jismoniy, ruhiy, ijti
moiy va diniy jihatdan neandertal kabi dastlab inson ko‘rinishiga
yaqin ekanligi ko‘rsatilishga harakat qilindi. Biroq, keyinchalik
bunday turdagi antropologiyadan insonning biologik evolutsiya
si bilan shug‘ullanish jismoniy antropologlar (‘hysical anthro‘olo
gists), arxeologlar va biologlar «qo‘li»ga o‘tgach voz kechildi.
XIX
asrning oxirlariga kelib, antropologiya inson madaniyati bi
lan shug‘ullanishga urg‘u bera boshladi va bugun bu jihat uning
103
xususiyatiga aylandi. Ijtimoiy va madaniy evolutsiya tushuncha
si hanuz turli shakllarda qo‘llanib
kelinayotganligiga qaramay, u
evolutsiya chegarasining zaruriy belgisini ifodalovchi yuqori tex
nologiyalar va ulkan shaharlarning tasavvuriy yo‘lida joylashma
gan va o‘ziga xos tarixiy va atrofmuhit sharoitiga ko‘ra rivojlan
gan deb hisoblanuvchi muayyan jamiyat va madaniyatlarga oid
keng tarqalgan nazariyalarga zid keladi.
Frans Boas (1858–1952) Amerika madaniy antropologiyasi ota
si sifatida tilga olinadi. Olim va geograf sifatida (fizika fani dok
tori) faoliyat olib borgan Boas hech qachon madaniyatshunoslikning
Dostları ilə paylaş: