Dinshunoslikka


«Diniy tajriba» va «diniy jamoa» psixologiyasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106
Dinshunoslikka kirish

3. «Diniy tajriba» va «diniy jamoa» psixologiyasi.
Din psixo­
logiyasi dinshunoslik fani rivojiga amerikalik olim Uillem Jeyms 
(1842–1910) va avstriyalik olim Z.Freydlar (1856–1939) kat­
ta hissa qo‘shdilar. Din psixologiyasining asosiy o‘ziga xos jihati 
shundaki, unda din manbayi insonni o‘rab turgan dunyoda emas, 
balki insonning o‘zida, uning ichki dunyosida deb tushuntiriladi. 
Shu bilan birga din asosi insonning aqliy emas, balki hissiy­ruhiy 
dunyosidadir deya ta’kidlanadi.
Uilyam Jeyms konsepsiyasi dinning vujudga kelishini o‘rga­
nish uchun «diniy tajriba»ni tadqiq qilish g‘oyasini ilgari sur­
di. Uning fikricha, diniy tajriba muayyan shaxsning ichki ru­
hiy olamida joylashgan. Insonlarning millati, diniy e’tiqodlaridan 
qat’i na zar, ularning barchasida o‘z diniy tajribalari bor. Am­
mo bu tajriba insonlarda turli darajalarda mavjud. Ulardan ba’zi­
lari o‘z ruhiyatlarida ilohiyotga juda moyil bo‘ladilar. Ular ru­


94
han ilohiyot bilan uyg‘unlashib ketishga ko‘proq qobiliyatlidirlar. 
Masalan, xristianlik, islom dinlaridagi avliyolar, buddaviylikda­
gi bothisatvalar bunga yaqqol misol bo‘la oladilar. Boshqalari od­
diy dindorlar hisoblanib, yuqoridagi qobiliyatdan kamroq bahra­
mand bo‘lgan barcha insonlar. Yana bir toifadagilar esa o‘zlarida 
umuman ilohiy chaqiriqni his qilmaydiganlar, ya’ni, e’tiqodsiz 
kishilardir.
U.Jeymsning aytishicha, 
diniy tajriba barcha dinlar­
dagi e’tiqod qiluvchilarda – 
buddaviy, xristian, musul mon 
bo‘lishidan qat’i nazar bir xil­
da kechadi. U holda diniy 
aqidalar, oqim va mazhablar 
qanday kelib chiqdi, degan 
savol paydo bo‘ladi. U.Jeyms 
mana shu joyda ijtimoiy voqe­
likning ta’siriga murojaat eta­
di. Uning fikricha, kishilar 
muayyan ijtimoiy yashash 
sharoitlari ­ tug‘ilgan joyi, tarbiya beruvchilari va boshqalarga 
bog‘liq ravishda buddaviy yoki katolik va yo musulmon bo‘ladilar. 
Ammo ijtimoiy ta’sirlar, Jeymsning fikricha, shaxsning diniy 
hayoti uchun ikkinchi darajali va kam e’tiborga loyiqdir. Hal qi­
luvchi o‘rinni bevosita va bilvosita hissiyot va ichki kechinmalar 
o‘ynaydi. Xuddi mana shu fikrdan U.Jeyms ilgari surgan dinning 
davolash funksiyasi haqidagi konsepsiya kelib chiqadi. Din o‘zida 
inson uchun foydali ta’sirlari bo‘lgan muayyan psixologik mexa­
nizmlarni mujassam etgan. Dinda insonni chidab bo‘lmas dara­
jada azob berish yoki hech kim hadya etolmaydigan mustahkam, 
haqiqiy baxt ato etish kabi mo‘jizakor kuch bor. 
U.Jeyms diniy e’tiqodlarning ichki – hissiy tabiatiga e’ti­
bor berib, ochiq bo‘lmasa­da, bunday tuyg‘ularning g‘ayrita­
biiy manbayi – ilohiy kuch mavjudligini shart qilib qo‘yadi. 
Psixologlar fikricha, inson «diniy 
tajribasi»da hal qiluvchi o‘rinni
hissiyot va ichki kechinmalar o‘ynaydi


95
Masalan, U.Jeyms nazariyasiga asosan subyektiv progmativ qa­
rashlar uning asarlarida o‘z o‘rnini topgan. Masalan, «Diniy 
malakaning ko‘p xilligi» asarida batafsil bayon qilib o‘tganligi 
unga yaqqol da lil bo‘la oladi. Uning fikricha, individning din­
ga ishonuvchanligi uning psixik xususiyatlaridan kelib chiqa­
di. Ushbu fikrlarimizga uning quyidagi so‘zlari dalil bo‘la oladi:
«....din deganda alohida shaxsning hissiyoti ta’siri va malaka­
larini umumlashmasi sifatida tushuntirishni kelishib olamiz, 
qaysiki ularning mohiyatida Xudoga bo‘lgan munosabatning 
asosi yotadi». Boshqacha qilib aytganda, insondagi emotsio­
nal kechinmalarga din paydo bo‘lishining asosi sifatida qaraydi. 
Shu ningdek, Jeyms «diniy malaka» tushunchasini ham ishlab 
chiqdi. Bu ning asosida u diniy fenomenlarning turli shaklla­
rini ya’ni, mistik ko‘rinish, ekstaz holati, xayolot holati, gallyut­
sinatsiya va boshqa holatlarni asoslab berdi. O‘z nazariyasida 
diniy hissiyotni ilmiy tahlil qilib berdi. «Ilohiy sevgi, ilohiy 
qo‘rquv, diniy ulug‘vorlik hissi, diniy xursandchilik va boshqa 
shularga o‘xshash hissiyotlar mavjudligini isbotlab berdi. Ilohiy 
sevgi bu ilohiy obyektlarga qaratilgan sevgidir, ilohiy qo‘rquv esa 
insonning oliy ilohdan ojizligi tufayli vujudga keladigan qo‘rqish 
hissiyotida namoyon bo‘ladi. Ilohiy ulug‘vorlik hissi bu qaltirash­
ga o‘xshash bo‘lib, xuddi qorong‘u o‘rmonda yoki tog‘li daradagi 
holatlar bilan so lishtirishimiz mumkin». Umuman olganda, U.
Jeyms turli insonlar bir dinga e’tiqod qilsalarda, ularning diniy 
amaliyoti, taj riba va dunyoqarashlari turlicha shakllanishi bilan 
ajralib turadi, deb ta’kidlaydi
1
.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin