Mavzu o‘quv maqsadi:
Talabalarga din antropologiyasining vu
judga kelishi, uning boshqa dinshunoslik sohalaridan farqi va din
antropologiyasidagi qarashlar haqida tushuncha berish.
1. Din antropologiyasining vujudga kelishi.
XIX asrning 70yil
larida dinshunoslikdagi mifologik yo‘nalishning inqirozi kuzatil
di. U o‘zining barcha diniy e’tiqodlar, folklor, xalq urfodatlari
ni qadimiy astral (mistik) mifologiya asosida tushuntirib berishga
harakat qilgan edi. U bunday befoyda urinishlari bilan boshi berk
ko‘chaga kirib qoldi. Uning o‘rnini antropologik maktab egalladi.
O‘sha asrning 40yillaridayoq Lyudvig Feyerbax (1804–1872)
dinning insoniy (antropologik) asosini topishga uringan edi
(«Сущность религии) Suo‘nostg‘ religii»,
1845). Feyerbaxning fikriga ko‘ra, dinning
asosi inson qiziqishlari va ehtiyojlarining bir
ko‘rinishidir. U: «Xudolar – inson orzulari
ning amalga oshgan, umumiylashgan shakli»,
deb yozgan edi.
Antropologik maktab namoyondalari din
ning kelib chiqish manbayi insondir, degan
fikrni ilgari surdilar. Bu maktabning uslubiy
asosi pozitivizm va evolutsionizm bo‘lib, uni
Lyudvig Freyerbax
98
ko‘pincha «evolutsionistik maktab» nomi bilan yuritiladi. Antro
pologik maktab tarafdorlarining faktologik bazasi bo‘lib o‘sha
davrgacha to‘plangan ulkan etnografik material xizmat qildi.
Mazkur asosda E.Taylor, G.Spenser, Dj. Lebbok (1834–1913) va
boshqa antropologevolutsionistlar dinning qanday paydo bo‘lgani
va taraqqiy topganini ilgari amalga oshirilganidan mukammalroq
tarzda tasvirlab berishga harakat qildilar. Antropologik yo‘nalish
dagi tadqiqotchilarning konsepsiyalari turlicha bo‘lib, birbiriga
o‘xshash edi. Animistik nazariya deb ataladigan Eduard Taylor
ning (1832–1917) nazariyasi ancha mashhur bo‘lib ketdi.
Taylorning fikricha («Перво
бытная культура», 1871), «din
ning boshlang‘ich shakli» bu ruh,
arvoh va shu kabilarga e’tiqod qi
lish bo‘lgan. Bunday e’tiqod ibti
doiy odamni uyqu, hushdan ke
tish, ko‘zga har xil narsalarning
ko‘rinishi, kasalliklar va niho
yat
o‘lim kabi u va uning atrofidagi
kishilarda yuz berayotgan muayyan
holatlar qiziqtirganligi sababli kelib
chiqqan. Bunday hodisalarni to‘g‘ri talqin qilishga qodir bo‘lma
gan «yovvoyi faylasuf» inson tanasida o‘tiradigan, uni vaqtincha
lik yoki butunlay tashlab keta oladigan kichkinagina jufti – ruh
haqidagi tasavvurlarga borgan. Xuddi mana shu e’tiqoddan as
tasekin boshqa, yanada murakkabroq tasavvurlar: hayvonlar,
o‘simliklar, jonsiz narsalar, o‘lganlar ruhi va ularning taqdiri,
ruhning boshqa tanalarga ko‘chib o‘tishi yoki aynan ruhlarning
o‘limdan keyingi hayoti haqidagi qarashlar kelib chiqqan. Ruhlar
astasekin arvohlarga, keyin esa Xudolarga va nihoyat yagona
qudratli Xudoga aylanadi deb tasavvur qilganlar. Shunday qilib,
ibtidoiy animizmdan (lotincha «anima», «ani mus» – ruh, arvoh)
tadrijiy evolutsiya natijasida barcha dinning turli shakllari taraq
qiy topgan.
Antropologik maktab namoyon
dalari dinning kelib
chiqish manbayi insondir
99
Ibtidoiy animistlar vafot etgan
qarindosh urug‘larining ruhlari
ni abadiy, o‘lmas deb ularni e’zo
zlaganlar. «Inson vafotidan so‘ng
qayerda yashaydi», degan savolga
turli xalqlar turlicha javob berish
gan. Ba’zilari ajdodlarning ruhlari
tiriklar yashaydigan joyda ya
shashadi, biroq ularni faqat tushda
ko‘rish va gaplashish mumkin deb
o‘ylaganlar. Boshqalari o‘lganlar
ning ruhlari chaqaloqning tanasiga
o‘tadi, deb hisoblaganlar. Uchinchilari esa, o‘lganlarning ruhlari
maxsus joylar – «o‘liklar mamlakati»da yashaydi, bu mamlakat
yer ostida joylashgan deb hisoblaganlar.
Jon – aniq narsa, uni ushlab sezsa bo‘ladi, u ko‘rish va hatto
sezish mumkin bo‘lgan muayyan narsa deb hisoblangan. Chunon
chi, qutbni tekshirgan yirik olim F.Nansenning aytishiga qara
ganda, eskimoslar jonni nafas olish bilan bog‘liq, deb ishongan
lar. Shuning uchun ham odam kasal bo‘lganda shomonlar kasalga
dam solib, uning jonini davolashga yoki unga yangi jon solish
ga uringanlar. Animistik e’tiqodga ko‘ra, jon bir qadar mustaqil,
bir qancha hollarda esa tanaga bog‘liq emas. Uni yo‘qotib qo‘yish
mumkin, ba’zan uni shomonlar o‘g‘irlab ketishadi. Odam uzoq
joyga sayohatga ketganida uning joni uyda qoladi. Odamzod o‘z
vatanini qo‘msashining sababi ham ana shunda.
Animizmga ko‘ra, tabiatdagi har bir muhimroq hodisaning
o‘z ruhi bor. Masalan, ayrim daraxtlarning ruhi o‘rniga avval
ayrim o‘rmonlar va butazorlarning ruhlari mavjud, keyinchalik
esa umuman o‘rmon ruhi bor, deb hisoblaganlar. Bunday aqida
lar shunday xulosaga olib kelgan: agar ruhlar kishilarga o‘xshab
ov qilsa, o‘ynasa kulsa, ularning ovqatlanishi ham tayin. Demak,
vafot etgan kishining tirik arvohi xususida g‘amxo‘rlik qilish ke
rak. Ularga oziqovqat va boshqa hadyalar atab turish lozim.
Ibtidoiy animistlar vafot etgan
qarindosh urug‘larining
ruhlarini abadiy, o‘lmas deb ularni
e’zozlaganlar
100
Markaziy Osiyoda marhumning jonini arvoh deb atashgan.
Arvohning bir xususiyati shundaki, u o‘likni tashlab uzoqqa ket
maydi, lekin u qabrdan tashqariga chiqadi, deb o‘ylashgan. Shuning
uchun ham qadimgi zamonlarda arvoh uchun go‘rni teshib qo‘ygan
lar yoki mozor oldida arvoh uyi qurganlar. Arvoh turli joyda, xusu
san, daraxtlarda, ariq va daryolarda, hovuz va xarobalarda yuradi.
Shunga ko‘ra, kishilar o‘z boshlariga birorbir mushkul ish tushsa,
o‘sha yerlarga borib sig‘inganlar, pul tashlaganlar, arvohlardan ma
dad so‘raganlar.
Shomonizmda shomon o‘z diniy amallarini ruhlar orqali amal
ga oshiradi. Ularning e’tiqodiga ko‘ra, shomonga ilohiy qudratni
arvohlar baxsh etadi. Shomonlar arvohlar yordamida kasallarni
davolaydi. Ular bemorning ruhoniyatiga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bi
lan turli usullar yordamida gipnoz qiladilar.
Shomonlikni qabul qilishni xohlovchilar g‘orga borib o‘tirgan
lar. Tunda ruh kelib unga o‘z nayzasini sanchadi va uni sehr
gar qilib qo‘yadi, deb ishonganlar. Shomonlar orasida ruhlar bi
lan gaplashadigan alohida kishilar ham bo‘lgan. Dinning bunday
turi avstraliyaliklarda hozirgi davrda ham mavjud. Shomonlar
yomg‘irlar yog‘dirganlar, ammo hamma joyda ham emas.
Ilk diniy tassavur shaklari
101
Volga bo‘yi xalqlarida ham shomonizmning asoratlari qisman
saqlanib qolgan. «Mujan» yoki «mujadish» nomi bilan ma’lum
kishilar g‘ayritabiiy qobiliyatga ega bo‘lib, fol ochish bilan shug‘ul
langanlar. Mujanlar, go‘yoki, yomon ruhlar bilan aloqa o‘rnat
ganlar, kasallik yuborishga yoki uni davolashga qodir bo‘lganlar.
Odamlar ulardan juda qo‘rqqanlar. Udmurtlarda bu vazifani tuno
– tush ko‘rib, fol ochuvchi kishilar bajarganlar. Odamlar ulardan
ko‘pincha, jumladan jretslarni tayinlashda maslahat olganlar. Tuno
Xudolar va ruhlar bilan aloqa o‘rnatib, ko‘pincha ekstaz holatida,
ya’ni shomonlik yo‘li bilan kelajak haqidagi xabarlarni yetkazgan.
70–80yillarda Taylorning animistik nazariyasi turli mam
lakatlarning dinshunoslari orasida tez orada shuhrat qozondi.
U dinshunoslikda ilgariga qarab tashlangan yirik qadamlardan
deb qaraldi. Animistik nazariya naturistik nazariyadan ustun
bo‘lib chiqdi. Keng etnografik material asosiga qurilib, uni sis
temalashtirgan, evolutsiya g‘oyalari ruhidagi bu animistik teo
riya betartib diniy aqida va urfodatlar, shuningdek, xristianlik
kabi murakkab dinlarni tushunishga, ularni eng oddiy element
dan chiqarishga imkon bergandek bo‘ldi. Shuningdek, animistik
nazariya o‘sha davrdagi fanni ilohiyot tizimlarini tanqid qilishi
uchun qurol bilan ta’minladi.
Dostları ilə paylaş: |