104
jamiyatlar va madaniyatlar ustida tadqiqotlar olib borish orqa
li inson haqiqatini tushunish uchun izlanayotgan antropologi
yada saqlanib kelmoqda. Britaniyalik antropologlar sohaning ij
timoiyilmiy jihatiga urg‘u berib kelgan bo‘lsalar, ayni vaqtda,
amerikaliklar, ayniqsa, oxirgi paytda, madaniyat interpretatsiya
si (talqin, sharh)ga e’tibor qaratmoqdalar. Britaniyaning sotsial
antropologiyasi hamda Amerikaning madaniya antropologiyasi
o‘rtasidagi farq ba’zi antropologlarni o‘z yo‘nalishlarini o‘zgar
tirish olib borayotgan bo‘lishiga qaramay,
antropologiya fani
bir vaqtda jamiyat va madaniyatning dinamik konfiguratsiyasi
(shakl)ni o‘rganish va boshqalarni tushunishda osoyishtalik (ho
lism)ni saqlashga intilib kelmoqda. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar
etnografiya deb atalmoqda.
O‘z o‘rnida aytish mumkinki, «jamiyat» tushunchasini ta’riflash
u qadar muammo tug‘dirmay, uni yagona element atrofida jamlan
gan kishilar jamoasi, deb ta’riflab qo‘yish mumkin, «madaniyat»
tu shunchasini ta’riflashda esa «din» tushunchasi kabi qiyinchilik
tug‘diradi. Antropologlar «madaniyat» tushunchasini «xulqatvor
ning eng oliy namunasiga ega bo‘lish» ma’nosida qo‘llamaydilar,
chunki bu holatda boshqa madaniyatni kamsitish bo‘lib, ular bar
cha jamiyatlar o‘ziga xos madaniyatga ega ekanligini qayd etib o‘ta
dilar. Madaniyat bir ijtimoiy guruhning birgalikda baham ko‘radigan
e’tiqod va faoliyatlari majmuasi hisoblanadi.
Madaniyat ijtimoiy guruhlarning muayyan majburiyatla
rini
bajarishda muhim rol o‘ynaydi, madaniyatning muhim jabhala
riga rioya qilmaganlar esa «begonalar» deb ataladi. Madaniyat
avloddanavlodga o‘tib borib, biror ijtimoiy guruh a’zolari orasi
da «bajarilishi lozim narsalar» sifatida o‘zlashtirilib, chuqur il
diz otib boradi. Shu sababli ham antropologiyada kishi faqat o‘zi
mansub madaniyatni tadqiq etish munosib yo‘l sanalmaydi, balki,
boshqa madaniyatlarni o‘rganish insonning o‘zi
mansub madaniy
xulqatvorida yashirinib yotgan jihatlarni aniqlashga ko‘makla
105
shadi, deb ishoniladi. Masalan, kishi salomlashishi belgisi sifa
tida qarshisidagi insonning qo‘lini silkitishi yoki mazali taom
dan so‘ng kekirishi muayyan madaniyatda normal etiket sifatida
qabul qilinishi, aksincha, boshqasida
bunday holat qoralanishi
mumkin. Aslida, bunday etiket qoidalari jinsi bir rangi turli mar
ker kabi bo‘lib, kimdir tomonidan uning (etiket) oqibatlari arzi
mas tuyuladi, boshqalar esa unday nostandart usuldagi madaniy
ramzlarga qattiq bog‘langan bo‘ladi. Shuning uchun hurmatsiz
likka yo‘g‘rilgan ommaviy harakatlar,
jumladan, siyosiy ramz
larni oyoq osti qilish (Amerika bayrog‘ini yoqib yuborish kabi)
yoki diniy belgilarga hurmatsizlik ko‘rsatish (Rim papasi sur’ati
ni yirtib tashlash, Muhammad payg‘ambarni satirik obrazlarda
tasvirlash, Budda haykali yoki hinduviylik ibodatxonasini vay
ron qilish singari) norozilik kayfiyatini uyg‘otib, hatto, inson
larni zo‘ravonlik aktlari, xususan, qotillikni sodir qilishgacha olib
borishi mumkin. Diniy e’tiqod inson
hayotidagi arzimas omil
bo‘lmaganligi uchun dinshunoslik uning shaxs va jamiyat rivoji
ga ta’sirini o‘rganib keladi.
Dostları ilə paylaş: