Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Jeyms Jorj Frezer (1854–1941) mohir yozuvchi va «antropologlar 
silsilasi»ning mumtoz namoyondasidir. Aytilishicha, u oltmish yil da­
vomida har kuni o‘n ikki soatni ilm bilan shug‘ullanishga sarfla­
gan va uning shaxsiy kutubxonasida 30.000 dan ziyod kitob saqlan­
gan. Keng mutolaasi va o‘ta bilimdonligi evaziga Frezer insonlarni 
dinning mohiyatini tushunishlari, ayniqsa, o‘zining muhtasham asa­
ri «Oltin novda» (Golden Bough) orqali mif va rituallarni anglash­
lariga katta hissa qo‘shdi. Bu asar Frezerning istagi bo‘yicha tur­
li madaniyatlarga xos e’tiqod, amaliyot va institutlar asosida qiyosiy 
etnografik ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan yuqori qiziqish bilan o‘qila­
digan entsiklopedik tadqiqot hisoblanadi. Masalan, Frezer ikki aso­
siy turiga e’tiborini qaratgan sehrgarlik marosimlari uchun foydali 
kategoriyadan foydalanishni taklif qiladi.
Gomeopatik (juda oz miqdor) yoki yasama magiya bir xil 
uslub, ya’ni yomg‘ir chaqirish uchun do‘mbira chalib momaqal­
diroq hosil qilish amaliyotiga asoslanadi. Yuqumli kasallikni 
ketkazish sehri bog‘lanish qoidasiga asoslanib, unga ko‘ra sehr­
gar kasallikni aritish uchun kesilgan tirnoq va yondirilgan kiyim 
bo‘laklaridan foydalanadi. Frezerning qayd etishicha, bu ikki 
kate goriya ko‘pincha birlashtirilib yuboriladi, shuning uchun u 
ikki sehr turi ham narsalar o‘zaro yashirin munosabatlar orqa­
li bir­biri bilan aloqaga kirishadi, degan e’tiqodga asoslangan­
ligidan kelib chiqib, ularga nisbatan «simpatik (o‘xshash) sehr» 
tushuncha sini ishlatishga odatlangan.
Shuningdek, Frezer sehrgarlik, ilm va din o‘rtasida o‘ziga xos 
farqlar mavjudligi to‘g‘risidagi Teylorning qarashini e’tirof eta­
di, ammo, ularni evolutsion ketma­ketlikda joylashtiradi. Uning 
fikricha, magiya eng sodda narsadir, chunki u muayyan g‘oya­
lar (insonni ifodalash uchun vudu (mahalliy Afrika dinlari­
ga xos) qo‘g‘irchog‘idan foydalanganlik kabi) o‘rtasidagi od diy 


111
o‘xshashlikni namoyon qiladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, 
magiya olamning tabiiy qoidalarini noto‘g‘ri tushunishga asos­
langan g‘ayriilmiy tur sanaladi. Din esa jamiyatning intellek­
tual evolutsiyasini ifodalovchi, fikrlashning yuqori nuqtasini 
aks ettiruv chidir, lekin, u o‘ta madaniylashib taraqqiy etgan ja­
miyatlarda asta­sekin o‘zib ketayotgan ilm­fan qarshisida od­
diy fenomen bo‘lib qoldi. Bi 
roq, bunday g‘oyalar antropolog 
va sotsiologlar ning dala­tadqiqotlarida noto‘g‘ri ekanligi ilgari 
suril 
gan bo‘lishiga qaramay, hanuz bugun ham keng tarqal­
ganicha qolmoqda. Frezerning qiyosiy ishi universal model­
larni topish uchun amalga oshirgan izlanishlari 
dan xabardor 
antropologlar tomonidan «u muayyan madaniy xarakterning 
o‘ziga xos jihatlariga yetarlicha e’tibor qaratmagan» qabilida­
gi fikr asosida tanqid ostiga olindi. Shuningdek, Frezer, Tey­
lor va boshqalar tarafidan sehrgarlik va din o‘rtasida keskin farq 
mavjudligi xususida bildirilgan fikrlar ham savollarni keltirib 
chiqardi. Tadqiqotlar esa magiya yoki yanada salbiyroq «xuro­
fot» deb nomlangan amaliyot va xatti­hara katlar asosiy dinlar­
ning ko‘pchiligida ham keng tarqalganligini ko‘rsatdi. Qolaver­
sa, yanada mantiqsizlikka tayanib qilingan ishlardan biri magiya 
va dinni alohida turkumlarga ajratilib ko‘rsatilishidir.
Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, zamonaviy ilmdan farq­
li o‘laroq, dinshunoslik fani nuqtayi nazaridan, din aniq bel­
gilangan va kelishilgan munosabat va amaliyotlarning yago­
na majmuasi hisoblanadi. Odamlar (jumladan, olimlar) din va 
ilmni o‘zaro qiyoslagan yoki ikkisini bir­biriga qarama­qarshi 
qo‘ygan paytda, ular yanglish ravishda, imon haqida biror nar­
sa qabul qilmagan ilmdagi qat’iy talablarga zid diniy an’analarga 
tayangan imon borasida qiyos olib borayotgan bo‘ladilar. Chun­
ki, din deganda ko‘p holatda xristianlik yoki islom tushunila­
di, lekin unday emas. Aslida, ilm va dinni solishtirish sigirdan 
sog‘ib olingan sut mahsulotlari, aytaylik, pishloqning turli nav­
larini solishtirishga o‘xshaydi. O‘xshashlik va farqlarni solishti­
rish, bizga turli ta’rif, tushuncha va munosabatlardan ma’lumki, 


112
masalaning mohiyatini oydinlashtirishga ko‘maklashadi, ammo, 
boshqa tarafdan, bu yo‘l o‘zgalar ustidan ustunlik yoki o‘zaro 
tenglikni qaror toptirishga mo‘ljallangan ba’zi rejalarga asoslan­
gan bo‘lishi mumkin.
Dinshunoslik fani uchun yana bir muhim jihat, tadqiqot da­
lillari ko‘rsatishicha, ilmiy metodlar ilk bor joriy qilina bosh­
langan asrlarda ularning ta’sirchan tushuntirish qobiliyatiga qa­
ramay, keng miqyosli texnologik o‘zgarishlarni insonning diniy 
impulsi (turtki) ro‘yobga chiqargan deb ishonilgan. Shunday 
qilib, madaniy taraqqiy topgan jamiyatlarda dinning o‘rni o‘zga­
rishi to‘g‘risidagi ilk nazariyotchilarning evolutsion sxemasi to‘liq 
o‘zini oqlamadi. Aksincha, ilm­fan yutuqlari asosida rivojlan­
gan sun’iy yo‘ldosh kanallari, internet va zamonaviy texnologi­
yalardan foydalanadigan dindorlar istiqomat qiladigan dunyo­
ning turli nuqtalarida diniy fundamentalizm g‘oyasi yuzaga keldi. 
Qolaversa, an’anaviy diniy amaliyotlar, xususan, xristianlar to­
monidan cherkov marosimlarida ommaviy ishtirok etish holati 
kamayib borgan bo‘lishiga qaramay, boshqa tomondan, din va 
axloq masalalariga nisbatan yangicha yondashuvlar shakllanib, 
ular orqali «nyu eydj» yoki «yangi diniy harakatlar» tug‘ilishiga 
olib keldi
1
.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin