4. Milliy bayramlar munosabati bilan qutlash;
5. Prezidentlik saylovi yoki referendum munosabati bilan qutlash;
6. Mamlakatda roʼy bergan muhim ijtimoiy- siyosiy voqea munosabati bilan.
Verbal nota - hozirgi vaqtda davlatlararo tashqi aloqalarda keng qoʼllanuvchi
hujjat boʼlib,
tashqi ishlar vazirliklari, elchixonalar, vakolatxonalarni asosiy
yozishmasidir.
Diplomatik hujjatlar shakli va so’z qo’llanishi jihatidan o’ziga xos ko’rinishga
ega. Ulami yozishda hujjatning qay shaklda bo’lishiga e’tibor berish muhimdir.
Ma’lumki, diplomatik yozishmalar bir davlatdagi oddiy korxonalar yoki
tashkilotlar orasida bo’lmaydi. Ular boshqa-boshqa davlatlar o’rtasida bo’lgani uchun
hujjat yuborilayotgan mamlakat an’analari hisobga olinadi. U yoki bu davlatga
hujjatning qaysi turi yuborilayotgan bo’lsa, xuddi shu turi bilan javob
qaytariladi.Diplomatik hujjatlarga bayonot,
rasmiy nota vaxatlar, ilovaxatlar,
yarimrasmiy shaxsiy xatlar, diplomatik protokol - qaydnomalar, memorandumlar va
boshqalar kirishi haqida yuqorida ham aytib o’tilgandi. Diplomatik yozishmalarda
hujjat yuborilayotgan mamlakatning nomlanishida,
shaxsning ismi-sharifi va
lavozimini yozishda, unga qilinayotgan murojaat ifodalarida xatoga yo’l qo’yilishi
mumkin emas. Chunki xatolar bepisandlik, hurmatsizlik sanaladi. Bu hujjatlar tashqi
ko’rinish jihatidan ham nuqsonsiz bo’lishi, fikr aniq, to’g’ri, mantiqiy, izchil, asosli
va ikkinchi tomonning xususiyatlarini hisobga olgan holda bayon etilishi zarur.
Rasmiy stilda fonetik xususiyatlar bo’lmaydi. Chunki unda talaffuzga xos belgilar
uchramaydi, adabiy me’yorga qat’iy rioya qilinadi.
Rasmiy stilning leksik xususiyatlari. Asli rasmiy stilda bo’yoqdor so’zlar
ishlatilmaydi. Lekin diplomatik uozishmalarda bo’yoqdor so’zlar bo’lishi
taqozo
qilinadi. Unda maqtov ifodalari:
hurmatli janob,janobi oliylari, Sizga bo’lgan
hurmatimga ishonch bildirgaysiz, bosh ustiga, boshimiz ko’kka yetdi, eng samimiy
tabrik, ezgu tilaklar ila, Sizga chuqur hurmat bilan, minnatdorlik izhor etaman
kabilar faol ishlatiladi. Rasmiy stilda jargonlar, shevaga oid so’zlar, eskirgan so’z va
birikmalar odatda ishlatilmaydi. 0’rni bilan arxaizm va istorizmlardan foydalaniladi:
shahzoda, shoh, malika, janob, hazrati oliylari kabilar. Yuridik hujjatlardan
Konstitutsiyada ham har bir so’z va jumla fikr-mulohazaning aniq, to’g’ri
ifodalanishiga xizmat qilishi lozim. Unda kasb-korga, yuridik, diplomatik, ma’muriy
va boshqa hujjatlarga oid terminlar mavjud:
akt, guvohnoma, qaror, elchi, nota,
shartnoma, bayonot, deklaratsiya, vfait, kodeks, qonun, modda, poshlina, protest
(shikoyat), kassatsiya kabilar.
Rasmiy stilning grammatik xususiyatlari. Bu stilning ariza, tushuntirish xati,
tilxat, taklifnoma kabi ko’rinishilari jumlalaming qisqaligi va fikrlaming aniqligi
bilan ajralib turadi. Hujjatlardagi nutqiy shtamplar matnga rasmiylik belgisini
kiritadi. Hujjatlarda ot turkumiga oid so’zlar ko’p qo’llaniladi. Hatto fe’l
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
927
islilatilganda, uning otga yaqin shakli - harakat nomidan foydalaniladi. Masalan,
qabul qilishingizni so’rayman, qarorning bajarilishi, stipendiya tayinlash, talabalar
safiga tiklash kabilar. Fe’llar majhul nisbatda va buyruq-istak mayli shaklida
qo’llaniladi:
qaror qilindi, ko’rib chiqildi, eshitildi, bajarilsin, tayinlansin, amalga
oshirilsin kabilar. Yuridik qonun va hujjatlarda jumlalar juda uzun, ba’zan
bir fikr
yarim betlik gap orqali ifodalanadi (Qonunlardan parchalar o’qiladi).
Demak, rasmiy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng avvalo, uzbek
tilining barcha asosiy qonuniyatlari va koidalarini ma’lum darajada tasavvur etish
zarur. Xujjatlar matniga kuyiladigan eng muxim talablardan biri xolislikdir. Ular
rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida
axborotni xolis aks ettirmog’i lozim. Shuning uchun xujjatlar tilida suz va suz
shakllarini kullashda muayyan chegaralanishlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: