Yosh o'zgarishlari. Yoshi bilan, ayniqsa 70 yoshdan oshgan keksa odamlarda diqqatni jamlash funktsiyalari zaiflashadi va uning buzilishi paydo bo'ladi.Ba'zida kuchli hayajon sizning e'tiboringizni qaratishga to'sqinlik qiladi, bu esa beparvolik holatini keltirib chiqaradi.
Kattalardagi e'tibor buzilishining shakllari va belgilari
Mutaxassislar qayd etishadi turli shakllar kattalardagi bu hodisaning xarakterli belgilari bilan birga keladi. Asosiylarini ko'rib chiqamiz:
Diqqatni jamlay olmaslik, diqqatni ma'lum bir vazifaga qaratish: kitob o'qish, muhokama qilish yoki oddiygina gapirish. Biror kishi mavzuga diqqatini jamlashi qiyin, u mavzuning tafsilotlarini «ko'rmaydi», u begona suhbat, tovush, ob'ekt bilan osongina chalg'itadi yoki boshqa ishga o'tadi. Bu holat muzlash yoki e'tiborni sarosimaga solib qo'yish deb ataladi.
Bir narsaga doimiy e'tibor qarating. Masalan, musiqa o'qiyotganda yoki tinglayotganda odam o'z his-tuyg'ulariga shunchalik berilib ketadiki, u atrofida sodir bo'layotgan voqealarga e'tibor bermaydi. Bu kamchilik, albatta, afzallikka aylantirilishi mumkin, masalan, ish maqsadi bilan. Biroq, bir narsaga boshqasiga zarar etkazadigan o'ta barqaror konsentratsiya, shunga qaramay, normaning bir varianti emas va odamning o'zi va uning atrofidagi odamlar uchun juda noqulay bo'lishi mumkin.
O'z-o'zini tashkil etishning etishmasligi, unutuvchanlik. Ushbu qoidabuzarliklar bilan odam doimo biror narsaga kechikadi, zaruriy topshiriqlarni keyinga qoldiradi, narsalarni yo'qotadi, ularni unutadi.Shuningdek, e'tiborning bunday buzilishi o'z vaqtida noto'g'ri yo'naltirilganlik, ma'lum bir vazifani, ishni bajarish uchun taxminiy vaqtni hisoblash qobiliyatining yo'qligi bilan birga keladi.
Impulsivlik – bu diqqat buzilishining yana bir belgisi. Bu suhbatdoshga e'tibor bermaslik, uning so'zlariga hamdardlik, suhbatning alohida qismlaridan «tushib ketish» bilan tavsiflanadi. Ushbu qoidabuzarlikdan aziyat chekadigan odamlar uchun birinchi navbatda biror narsa aytish yoki qilish odatiy holdir va shundan keyingina o'z harakatlarining oqibatlari haqida o'ylashadi
Ko'pincha umidsizlik, g'azab va asabiylashish kuzatiladigan hissiyotlarning kuchayishi (ruhiy buzilishlar bilan birga bo'lishi mumkin). Bunday odamlarga kayfiyatning tez-tez o'zgarishi, o'zini past baho berish, harakatlarni rag'batlantirish qiyinligi, tez-tez asabiy hayajonlanish, diqqatni jamlashda qiyinchilik va boshqalar ajralib turadi.Diqqatni jamlash qobiliyatining etishmasligi bolalikda ayniqsa xavflidir. E'tiborsizlik – o'quv jarayonidagi muammolarning asosiy sabablaridan biri, o'quv faoliyatining yomonlashishi. Agar bu muammo o'z vaqtida bartaraf etilmasa, u ta'sir qilishi mumkin umumiy rivojlanish bolaning kelajagiga salbiy ta'sir qiladi.Shu tufayli diqqat buzilishi a'lomatlarini e'tiborsiz qoldirmaslik,bu jarayonlar sezilgan zahoti mutaxasisiga murojaat qilish kerak.
XULOSA.
Diqqatning psixologik nazariyalari shuni ko'rsatadiki,diqqat bu barcha kognitiv jarayonlarning asosida turuvchi muhim jarayondir.Yuqorida ko’rilgan fikr va mulohazalarda diqqatning inson hayotidagi ahamiyati uning o’rni juda muhimligini ko’rish mumkin. Diqqat jarayoni borasidagi nazariyalarda diqqatning muammolari ularning ilmiy nazariyalarini olimlar va professor psixologlar tomonidan o’rganilganligi uning inson hayotidagi ahamiyati dolzarbligi ko’rish mumkin.
Shu bilan birga, diqqat jarayonni inson hayoti davomida rivojlanib boradi, va hayoti davomida murakkablashib boradi. Diqqatning ilmiy muammollarini o’rganishda turli psixologlar ishtirok etgan. Bulardan: A.R.Luriya, S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontovlar diqqat muammosini o’rganishgan va ularni yoritib bera olishgan.Ularning ilmiy tadqiqotlarida diqqatning har jihatlariga e’tibor berilgan. Ya’ni diqqatning fiziologik,biologik, psixologik tomonlarini o’rganib chiqishgan.Diqqatning sobiq sovet psixologiyasi va xorijiy psixologiya fanida ancha murakkab va ilmiy manbalarga ega hisoblashganligi, shu orqali ular boshqa xorijiy psixologiyasidan farq qilganligini hisoblanadi.
Diqqatning fiziologik asoslarini I.Pavlov va A.A. Uxtomiskiylarning tajriba olib borishgan. Ya’ni ular diqqatning qanday paydo bo’lishi va uni insonlarda qanday namoyon bo’lishini yoritib berishgan. T.Riboning nazariyasida esa diqqatning hissiyotlar bilan bog’liqligini ochib bergan. Va bu nazariya eng ommalashgan va mashhur nazariyalardan biri bo’lgan. P.Ya.Galperin nazariyasida esa diqqatni boshqacha ta’riflab o’tgan. Ya’ni uning nazariyasida obyektning paydo bo’lishi orqali diqqat jarayoni yuzaga kelishini ta’kidlab o’tgan. Bu nazariyada agar obyekt bo’lmasa diqqat jarayoni yuzaga kelmasligi haqida fikr bildirgan.
Xulosa qilib aytganda, diqqat kognitiv jarayonlarining eng muhim jarayonlarida biri ekanligi, inson hayotidagi ahamiyatini ko’rib chiqdim.
Diqqat chuqur mavzu hisoblanadi va haligacha diqqat borasidagi ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda.
Harakat esa diqqatni ob’ektga yanada ko`proq jalb etadi. Shunday qilib, diqqat harakatga qo`shilib va u bilan o`zaro chatishib, ob’ekt bilan mustahkam bog`lanish hosil qiladi”. Diqqatning barqarorligi uning harakatchanlik xususiyatlari bilan uzviy bog`liqdir. Diqqatning ko`chishi sub’ektning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga, bir harakatdan ikkinchi harakatga ataylab o`tishda namoyon bo`ladi. Diqqatni ko`chirishning muvaffakiyati bir qancha shart sharoitlariga bog`liqdir. Ko`chirishi oldingi va keyingi faoliyatning xususiyatlari bilan bog`liq bo`ladi. Diqqatning ko`chirilishi ko`p jihatdan yangi faoliyat maqsadning shaxs uchun ahamiyati, uning aniq ravonligi va soddaligi bilan belgilanadi.
Diqqatning ko`chirilishida anchagina individual farklar mavjuddir. Ba’zi odamlar bir faoliyatini qo`yib, ikkinchisini bajarishga tez va osongina kirishib ketsa, boshqalariga bunday tarzda o`tish uchun uzoq vaqt va anchagina kuch-g`ayrat sarflashga to`g`ri keladi. Hozirgi ko`pgina kasblar aynan diqqatning ko`chuvchanligiga nisbatan yuksak talablar qo`ymoqda. Diqqatning ko`chishi o`quv jarayonida ham katta ahamiyatga egadir, diqqatning ko`chishi bilan bir qatorda uning bo`linishini xam alohida ajratib ko`rsatadilar. Diqqatning bo`linishi deganda uning asosiy faoliyatidan uni muvaffaqiyatli tarzda bajarish uchun ahamiyatsiz ob’ektlarga ixtiyorsiz ko`chirilishi tushuniladi. Diqqatning taqsimlanishi ikkita va undan ko`proq faoliyat turlarining (bir qancha harakatlarining) ayni bir vaqtning o`zida (biriga qo`yib) muvaffaqiyatli bajarishi imkoniyati bilan bog`liq xususiyatdir.
Diqqatning yuksak darajada taqsimlanishi ko`pgina hozirgi zamon mehnat turlari muvaffaqiyatliligining muqarrar shartlaridan biridir. Operatorlar, ko`plab dastgohlarda ishlovchilar, transport haydovchilar va boshqalarning ishi ana shuni talab qiladi. Diqqatning taqsimlanishi mumkinligi bir qancha shart-sharoitlarga bog`liqdir. Faoliyatning birgalikda bajariladigan turlari yoki hal etiladigan vazifalar qanchalik murakkab bulsa, diqqatga aylanishi ham shunchalik qiyin bo`ladi. Diqqatni taqsimlash malakasi o`quv faoliyatini egallab olish jarayonida shakllanadi, u mashq qilish va tegishli ko`nikmalarni orttirish orqali rivojlantirilishi mumkin. Diqqatning xususiyatlari qatoriga ayni bir vaqtning o`zida aniq ravshan idrok etiladigan ob’ektlar soni bilan belgilanadigan ko`lami ham kiradi.
Diqqatning ko`lami idrok etiladigan ob’ektlarning xususiyatlarga bog`liq buladi. Jumladan, anglanilgan matn taqdim etilganda 14 harfli so`zlar osongina ilg`ab olinadi. Kichik yoshdagi o`quvchilar diqqatning ko`lami juda ham cheklangan bo`ladi. Yoshi ulgaygan sari u kengaya boradi. Idrok etilayotgan materialning mazmuniga ko`ra guruhlarga ajrata bilish, sistemaga sola bilish, birlashtira olish malakalarining shakllantirilishi diqqatning ko`lamini kengaytirshning asosiy sharti hisoblanadi. Diqqatning salbiy jihatlardan biri parishonxotirlikdir.
Dostları ilə paylaş: |