Diqqat va uning turlari, xususiyatlari


Diqqatning kuchi va barqarorligi



Yüklə 287 Kb.
səhifə15/22
tarix24.07.2023
ölçüsü287 Kb.
#137310
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA KURS ISHI

Diqqatning kuchi va barqarorligi – diqqat xususiyatlarining muhim qismi hisoblanadi. Chunki diqqatning kuchi turli darajada bo’lishi mumkin ya’ni diqqat kuchli va kuchsiz tarzda namoyon bo’ladi. Diqqatning kuchli bo’lishi bu bizning diqqat obyektimiz qanchalik kuchli bo’lsa tashqi ta’sirlarga kamroq chalg’iymiz, keraksiz narsalar haqida o’ylashimizni ham kamaytirad.
Masalan : talaba diqqati kuchini faqat dars qilishga qaratsa, unga tashqi ta’sirlar ta’sir qilmaydi va u dars qilish jarayonidan ham chalg’imaydi. Ya’ni turli shovqinlarga, mashina ovozlariga, hattoki yonidagi insonlar suhbatlashyotgani ham uni chalg’itmaydi. Chunki talaba butun diqqat kuchini dars qilish jarayoniga qaratgan. Bu esa diqqat kuchining qanchalik barqaror ekanligini ko’rsatadi.Ammo hamma vaqtda ham diqqat barqaror bo’lavermaydi. Ya’ni kuchsiz diqqat , bu tarqoq va parishon diqqat hisoblanadi. Umumiy aytganda esa parishonlik deyiladi.
Parishonlik – inson diqqatini jamlay olmasligi , diqqati bir narsadan boshqa narsalarga o’tib turishi, xayol surishlariga parishonlik holati deyiladi. Parishonlik asosan yosh bolalarda ko’proq namoyon bo’ladi. Ya’ni ularda qo’zg’aluvchanlik yuqori bo’lganligi sababli bolalar diqqatini bir joyga jamlashi qiyin. Ya’ni ular diqqatini hech bir narsa ustida tutib turolmaydi. Bunday parishonlikni bolalarda tuzatsa bo’ladi , chunki xozirgi kunda bolalar uchun diqqatni rivojlantirish borasida turli xil o’yinlar va bolalar uchun yaratilgan metodikalar bisyor.Parishonlik faqatgina bolalarda emas, balki yoshi katta insonlarda ham uchraydi. Masalan: charchaganda , nerv kasaliligiga duchor bo’lganda yokida nerv sistemasi toliqganda parishonxotirlik vujudga keladi. Parishonlik odamning hech bir narsaga diqqat qila olmasligidir deyish ham notog’ri. Chunki inson hamisha diqqatini to’play olish qobiliyatiga egadir.
Diqqatning barqarorligi - diqqat ma’lum bir darajada barqaror va beqaror bo’lishi mumkin. Barqaror diqqat bu uzoq vaqt mobaynida bir narsaga diqqatini qarata tura olishi barqaror diqqat hisoblanadi. Beqaror diqqat esa barqaror diqqatning aksi hisoblanadi. Barqaror diqqatga misol qilib: maktab o’quvchisi dars jarayonini eshitishga , hech narsaga chalg’imasligi barqaror diqqatdir. Beqaror diqqatda esa dars jarayonida boshida quloq solib hech narsaga chalg’imaydi, ammo 10 -15 daqiqadan so’ng boshqa ish bilan shug’ullanadi, boshqa narsalar haqida xayol suradi yokida kitob o’qiyotgan bo’lsa uning mazmuni tushunmaydi bu esa beqaror diqqat hisoblanadi.
Diqqatning xususiyatlar inson hayotida juda katta rol o’ynaydi. Chunki bizning barcha faoliyatlarimiz xoh u o’qish faoliyati, xoh ish faoliyati bo’lsin barchasini diqqat xususiyatlari orqali boshqariladi. Shu sababli kognitiv jarayonlarining biri hisoblangan diqqatning ahamiyati katta. Chunki diqqat jarayonimiz orqali bilimga ega bo’lamiz , kasbiy faoliyatni egallaymiz. Diqqat jarayoni orqali o’rgangan bilimlarimiz yorqin va aniq aks ettirishimzda uni idrok qilishimizda ma’lumotlarni eslab qolishimizda diqqatning ahamiyati katta.Faqat odam hamma vaqt ham diqqatini to’plash darajasi bir xil bo’lavermaydi.



Yüklə 287 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin